Vatan içida safar – vatandan çiqmaysan, lekin safarda bölasan. Bir ma’nosi şuki, inson ruhining vatani –…
Vatan içida safar – vatandan çiqmaysan, lekin safarda bölasan. Bir ma’nosi şuki, inson ruhining vatani – uning jismidir. Şu jismdan çiqmay turib safarda bölmoq. Ruh göyo tananing içida, lekin u yillar davomida juda köp manzillarni köradi. Bu manzillarning ayrimlari quvonç, ayrimlari ğam deb ataladi. Ba’zi inson özini aylana içida yurgandek his qiladi: keça körganlari bugun yana qaytib keladi. Keça tuşgan manzilidan çiqqan edi, ammo yana öşa manzil qarşisidan çiqadi. Lekin buni anglaş uçun ham teran qalb va aql kerak. Bu turğunlikdir, lekin çinakam safar ruhning tuproqdan osmonga qilgan safaridir. Bu safar ham tana içida ekan, yuz beradi. Keça qilgan gunohni qilgan bugun ham öşa gunohga uçraydi. Uning uçun kunlar faqat gunoh va isyonlar iborat şaklda keçadi. Gunoh daryoning girdobi kabidir – oqmaysan, qutulmaysan, bir joyda gir aylanasan, balki daryo tubiga çökasan – halokatga uçraysan. Bu girdobdan istiğfor arqonini uşlab, tavba kemasiga çiqiş bilan najot topasan. Gunohdan xoli holda yaxşiliklar ila band bölarkan, odam endi yuksalişni boşlaydi. Unga boşqalar körmayotgan haqiqatlar kaşf etib beriladi, boşqalarga nasib etmagan manzillar oçiladi. Mana şu rasmana safar. Jamiyat turli tabaqalardan iborat. Oddiy işçi va kitob öqib, ilm qilayotgan odamning farqi bor. Işçi doimiy ravişda mehnat bilan maşğul bölgani sababli ilmning hikmatlaridan xabarsiz qolsa, ilm ahli hikmat va peşvolikka sohib çiqadi. Bugun oliy ma’lumot olib, yozuvçi, şoir, jurnalist, öqituvçi, olim sifatida faoliyat qilayotganlarni ziyoli, oydin deb ataş rasm. Jamiyatni tuşkunlik girdobidan yuksakka olib çiqiş şu tabaqaning zimmasida. Inson ruhining safari jism içida sodir bölarkan, jamiyat ruhining ham kökka safari bor. Aytadilarki, jahannam yetti qavat yer ostida, jannat yetti qavat osmon ustida. Jism – tuproqdan, ruh – osmondan. Jismning istaklariga ergaşiş tuproqqa tuşiş, oqibatda, jahannamga yiqiliş; ruhning istaklariga erişiş – kökka kötariliş, natijada, jannatni makon tutişdir. Ziyoliman degan şaxsiyatlar ana şu teran maqsad sari yaşaşlari va jamiyatni şu tomonga yetaklaşlari kerak. Katta hayot sari qadam qöyib kelayotgan yoş yigitlar şuni bilişlari yaxşi bölardiki, u kelajakda jamiyat içidagi biror tabaqaga, albatta, mansub böladi. Bugun qilayotgan işlari uni mana şu işlar bilan maşğul bölganlar içiga kiritadi. Agar yaxşi iş qilsa, yaxşilar safiga qöşiladi; yomon iş qilsa, yomonlarga aralaşib ketadi. Aytmoqçi bölganimiz şuki, qaysi joyda bölsa ham, inson boşqalarga manfaat yetkaziş yölida bölmoği kerak. Yaxşilik qiliş amallarning eng gözalidir. Ibodat va toatni özing uçun qilasan, lekin odamlarga manfaat yetkaziş bu çinakam mardlikdir. Yaxşilik degani öz nomingni öçirib, boşqalarning şa’ni uçun kuraşmoq. Özing oç qolib, boşqani töydirmoq. Boşqaning huzuri uçun haq talab qilmagan holda öz huzuringdan voz keçmoq. Amin bölmoq kerakki, xolis yaxşilik, albatta, yomonlik ila jazolanadi. Muhabbat nafrat ila, şafqat zulm ila, sadoqat xiyonat ila, poklik nopoklik ila, albatta, sinaladi. Bu sinovdan ikki maqsad bor – pişiriş, kuçli qiliş va loyiq ekaningni tekşiriş. Insonlarga non berib, oçlikdan; suv berib çanqoqdan qutqariş mumkin, lekin yolğonga asir bölganlarni haqiqat nuri ila zulmatdan yoruğlikka boşlaş eng qiyinidir. Közlari nur körmagan söqirlar yoruğlikdan qörqib seni öldirib qöyişlari heç gap emas. Eng katta yaxşilik – insoniyat haqiqatni aks ettirgan ilm va hikmat közgusini tutqazişdir. Ammo tayyor böl: közguni sindirib, siniği bilan özingni söyişlari ehtimoli kattadir. Bundan qörqma, bu qatl seni mangulikka eriştiradi. Ilm yölini tutajak yoşlar hazir bölişlari kerakki, bugun olimman deganlar orasida hasadçilari juda köp; ilm ahliman deganlar içida ölimni böyinga olganlari bisyor. Hasadçi deganimiz özidan ilmi köpayganni köra olmaydi, zotan, u ilmni obrö uçun örgangan edi, endi boşqaning ilmi köpaysa, özini obrösi tortib olingandek his etadi.
Ölimni böyinga olgan olim – öqişdan töxtagan, ilm tarqatişni bas qilgan, faqat tirikçilik uçun yaşayotgan, mansab va kursi uçun ilm yölidan taşqari çiqqan odamdir. Uning uçun yoşlarning izlanişi, kaşfiyotlari, yutuqlari zavq bermaydi; bezraygan davr muammolari uçun yangi ğoyalar bilan yeçim istamaydi; şavq ölgan, bir-birini qöllab-quvvatlamaydi; haqiqatlarni bayon qilmaydi; tepsa tebranmas holga kelib, it yotiş, mirza turişga köngan. U olimni tirik deb böladimi? U ölgan, öz ixtiyori bilan ölimni tanlagan, holbuki, olim degani har kuni tinimsiz zaxmat çekuvçi, tunni tongga, tongni tunga ulab mehnat qilguvçi, ilmini tarqatuvçi zotdir. Millatning ruhi – ilmdir. Ilm majlislari köpaysa, ilm majlislari gavjum bölsa, xalq qorin taşvişidan biroz yuksalib, qalb va ruh taşvişini öylay boşlasa, u xalqdir, eldir, ulusdir. Aks holda, ongsiz mavjudotlar tödasidan qanday farqi bor?! Vatanda turib safar qila olmaganlar safarni faqat vatandan çiqqanda qiliş mumkin deb biladi. Ular insonlarning gunoh botqoqlaridan tavba toğlari tomon safar qilişi mumkinligini bilmaydilar. Ular nafs qoziğiga boğlangan, yer mening atrofimda aylanadi deb öylaydigan beçoralardir. Darvoqe, ilm bu rad etiş emas, hissiyotlar bötqasi emas, çiroyli sözlar tizmasi emas, uzoq vaqt oğriqlar ila hosil etiladigan, tanaga singib, amalga aylanadigan yoruğ bir haqiqatdir. Şunday yoruğki, zulmning zulmatida ham, baxtning davlatida ham yölni yöqotişga izn bermaydi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.