Til

Mumtoz oila

Töqqizinçi bob

Töqqizinçi bob — rasm

Töqqizinçi bob

YUKLI BÖLMOQ, BOLA PARVARIŞI VA TARBIYASI

Birinçi fasl

Dujon

Özbeklar bolajon xalq. Bolajon bölmaslik mumkinmi? Mumkin ekan. Bolali bölişni istamaslik, bola örniga itvaçça boqişni afzal köriş mumkin eman. Hatto bola körmaslik yaxşi iş deb hisoblaş ham mumkin ekan. Ha, inson fitrati buzilgaç, bundan ham oğirroq gaplar ham tarqalar ekan. Farzand — hayotning mazmuni. Umrning mağzi. Undan yuz ögiriş xudbinlik, badbinlik va ğayriinsoniylikdir. Keling, avval luğat haqida gaplaşaylik. “Boşqoronğu böldi” — yukli ayolning köngli nimadir tusab qolsa, şunday deyiladi. “Yukli böldi”, “Ikkiqat böldi”, “Oğiroyoq ekan”, “Homilador böldi”, “Kötardi” — bu söz birikmalari farzand kutayotgan ayolga nisbatan qöllanadi. “Dujon” (ikki jonli), “Yukli”, “Homilador”, “Oğiroyoq” — farzand kutayotgan ayolga qöyiladigan nomlar. “Gumona” — ayol qornidagi homilaning nomi. Homiladorlikning ilk alomati köngil aynişi bilan namoyon bölarkan, bu davr ayollarda har xil şaklda keçadi. Bu oson va yengil jarayon emas. Lekin ayollar çekiga tuşgan eng buyuk şaraf. Agar ayol uni kötara olmasa edi, insoniyat nasl qoldiriş va kamol topiş ne’matidan mahrum qolar edi. Yukli bölmoq va farzand dunyoga keltirmoq ayol zoti qiladigan işlar içida eng betakror va eng buyuk vazifadir. Öz-özidan bu vazifani bajarmoq uçun ayoldan buyuk matonat va axloq talab qiladi. Yukli ayol butun boşli insonni dunyoga keltirmoqda. Tuğilajak farzand, Xudo umr bersa, sulolaning davomçisi, xalqning xizmatçisi, yaxşi va insofli inson bölişi mumkin. Ikkinçidan, ayol öz jonini xatar ostiga qöyib, ongli ravişda özi xohlab, orzu qilib oğir maşaqqatni zimmasiga olyapti. Ham onaning, ham bolaning sihati uçun, eson-omon tuğiliş kunlariga yetib olmoq uçun butun oila yordamçi böladi. Bu borada har kimning öz vazifasi bor. Avvalo, birinçi bor onalik işi yelkasiga tuşgan ayol bilan ikkinçi va undan keyingi bolalarini kötarayotgan ayolning biroz farqi bor. Ilk onalik ayolning yoşroq vaqtida, deylik, ön töqqiz va unday keyingi yaqin yillarda bölsa, yaxşi, çunki yoş vujud baquvvat va tiklanuvçandir; ikkinçidan, yoşlikda xavf-xatar nima qörqiş kuçli keçmaydi, odam qarigani, ulğaygani sari köproq qörquvçi, köproq ehtiyotkor bölib boradi. Şu sababli ayol yoşroq vaqtida ona bölsa, jarayon yengil keçadi. Yukli ekanligi ma’lum bölgaç, bölajak onaning ilk işi Xudoga şukur qiliş va Unga hamd aytiş uçun bölsin. Befarzandlik aççiği oğir, Xudo unga farzand ne’matini berayotgani uçun şodlansin. Söng ruhiyati, aqli va qalbini kuçli saqlasin: heç qanday xavotir va qörquvga özini asir qilib topşirmasin. Keyin esa hayoni mahkam tutiş kerak. Ikkiqat böldim deb özini körsatmasin, bu illat hozir urçib ketgan, bunday qiliş uyat böladi, yukli ayolning uy içida, hovlida bölişi hayo jihatidan yaxşiroqdir. Köngil aynişi, boş aylanişi, holsizlaniş, ayrim hollarda yuzda doğlar zohir bölişini, kayfiyatidagi özgarişlarni sabot bilan qabul qilmoq kerak. Köngli tusagan narsalarni xöjayiniga aytişi va özini imkon qadar tik tutişi ma’qul. Yukli bölgan ayol ikki masalada özini qat’iy nazoratda tutadi: öz vaqtida ovqatlaniş, oç qolmaslik kerak. Ikkinçidan, me’yordagi jismoniy faollikka, albatta, rioya qilmoq şart.

Quvvat böladigan, bolani rivojlantiradigan yeguliklarni yeyişga uriniş lozim. Maxsus tartib asosida har kuni muayyan jismoniy maşqlarni qilişi darkor. Ovqatlar hazm bölsin, ayolning jismiga singsin, çunki bola onaning jismidan quvvat oladi, göşt oladi, pay va suyak, qon va suvini oladi. Bölajak ona, albatta, şifokorning belgilangan köriklariga muntazam qatnaşi, aytilgan tavsiyalarga amal qilişi bugun kerak. Lekin şifokor sözlari va tavsiyalarini onasi, opasi va boşqa yaqin tajribali qarindoş ayollar bilan muhokama qilib borgani ma’qul. Tuğruq vaqti yaqinlaşganda darhol tuğruqxonaga yugurmaslik, balki ayni bola dunyoga kelişi uçun böladigan asosiy belgilarni örganib, öşalar zohir bölişigaça sabr qilmoq lozim. Imkon qadar kuçini saqlaşi, xotirjam va sokin holda turişi kerak. Bölajak ota yangilikdan hovliqmasligi, özini boşqarişi, hissiyotlarini köça-köyga oşkor qilmasligi yaxşi. Xotinining ham jismoniy, ham ruhiy holatini kuzatişi, zarur örinlarda dalda berişi, har qanday holda özini aslo yöqotmasligi, içki sirlar haqida begonalar bilan örtoqlaşmasligi kerak. Xotinining köngli sust ketgan narsalarni öz vaqtida me’yorda hozirlaş uning vazifasidir. Ayoli ba’zan injiqlik qilsa, çidaş kerak. Yukli ayolning siqilişiga, qayğulanişiga, jismonan haddan taşqari işlarga urinişiga yöl qöymaslik kerak. Bu holatlar, albatta, ona qornida şakl olib kelayotgan çaqaloqning ham ruhiy, ham aqliy, ham jismoniy xususiyatlariga ta’sir ötkazadi. Qaynona ikkiqat kelinni avaylaşi, ayni paytda taltaytirib yubormasligi lozim. Yaxşi yeb-içişiga, jismoniy harakatlariga e’tiborli bölib, nazoratda uşlaş şart. Kelinning onasi qizi holidan xabardor bölib, ruhiy dalda bölib, bu juda oson va yengil ötişini aytib turgani ma’qul. Tuğruqxonaga borişdan avval ayollar, tabiiyki, bölajak ona uçun barça kerakli narsalarni jamlab beradilar va tuğruq jarayonlari haqida aytib berişadi. Heç kim bölajak onani xavotirga solişga haqqi yöq. Balki hammasi oson va tez bölişi haqida işoralar berib, haddan taşqari masalaga e’tibor berib yubormaslik maqbul. Xuddi oddiy jarayondek qabul qilinsa, iş şunça silliq keçadi. Bölajak ona ikkiqatlikni oddiy, doimiy jarayon deb bilib, öz işlari va vazifasi bilan maşğul bölaversin, heç kimdan ortiqça e’tibor kutmasin. Tabiiyki, kelin ham, kuyov ham, ota-ona-yu qaynota-qaynonalar ham – barça ona eson-omon qutulib olişi, bolaning soğlom holda dunyo yuzini körişi uçun uzluksiz duolar qilişlari şart.

Akrom MALIK

2 100marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.