Til

Mumtoz oila

Töqqizinçi bob

Töqqizinçi bob — rasm

Töqqizinçi bob

YUKLI BÖLMOQ, BOLA PARVARIŞI VA TARBIYASI

Ikkinçi fasl

Çaqaloq

Çaqaloqning tuğilişi – katta baxt. Bu örinda yoş onani hamma qöllab-quvvatlaşi lozim: köproq qaynona bu örinda mas’uliyatni zimmasiga oladi. Kelinning tuğruqqa tayyorgarligi, tuğruqxonadan çiqişi, doya va şifokor ayollar bilan gaplaşiş, kelinning himoyaçisi sifatida tuğruq jarayonlaridagi mas’uliyatni ta’minlaş işlariga qaynona boş bölgani yaxşi. Agar qaynona bu örinda kelinni taşlab qöysa, özingni özing epla desa, kelin tajribasizlikdan qiynaladi: tuğruqxonada hozir köpçilik doya va şifokorlar hammaning qöliga qarab qolişgan; pul bermaganlarga çap köz bilan qaraşadi, e’tibor berişmaydi, qöpol muomala qilişadi, mehribon, samimiy, tama qilmaydigan döxtirlar juda kam, aksari pul bermasang, odam sifatida körmaydi. Qaynona öşa tamagirlarga hadya beradi, ularni rozi qiladi, ham döxtirlarning işga jiddiy qaraşlariga öz vajohati bilan sabab böladi. Ona va çaqaloqni şifoxonadan isrofsiz, lekin tantana, xursandçilik va bayramona holatda çiqarib oliş yaxşi urflarda hisoblanadi. Yangi mehmonni yaxşi niyat, duo va ehsonlar bilan kutib olinadi. Agar bola juda kiçik tuğilgan bölsa, sal katta bölişi kutiladi; agar yaxşi, polvongina bölsa, beşikka belagan ma’qul. Ayrimlar bugun beşikka toş otişyapti. Bu xato. Beşikning heç qanday illati mavjud emas. Har bir çaqaloqni beşikka belaş kerak. Bu uni pampers deb atalgan narsa azobidan qutqaradi, siydigi va najasi tanasiga yopişib yotişidan xalos qiladi, şuningdek, uşbu yaxşi tomonlarini sanaş mumkin:

1. Bola beşik içida yaxşi uxlaydi, çunki beşik yopinçiği buni ta’minlaydi – qoronğuda osuda maskanda gödak xotirjam orom oladi. 2. Çaqaloq, odatda, köp çöçiydi. Oyoq va qöllari mahkam va me’yorida boğlangani uçun çöçib, seskanib hadeb bezovta bölavermaydi. 3. Yangi tuğilgan bola uç sabab bilan yiğlaydi – qorni oçganda; qorni dam bölganda; quloğiga sovuq şamol kirganida. Bola yiğlasa, qorni töydirilgan bölsa, qornini silab köriş lozim, agar tarang bölsa, demak, dam bölgan; quloğini şahodat barmoq bilan ehtiyotlab bosiladi, bola çirillab qolsa, demak, quloqqa şamol tekkan. Beşik yopinçiği va yörgak bolani ana şunday sovuq şamoldan himoyalaydi. 4. Bola hali çaqaloq ekan, sal ovozi çiqişi hamon ovutiş şart, agar qorni oçgan bölsa, emiziş; qorni dam bölgan bölsa, dazmol bilan ozgina isitilgan soçiqni qorniga qöyib silaş; quloği oğrigan bölsa, döxtir bilan bamaslahat çorasini köriş kerak; toki bola uzoq vaqt yiğlab qolmasin va yiğloqi bölmasin. Bola çaqaloq ekan, dastlabki uç oy davomida bir kunda 14 – 18 soat uxlaşi lozim. Bu uyqu uning yaxşi rivojlanişi, suyaklari ösişi va hissiy jihatdan barqaror bölişi uçun şart. Agar beşikka belanmasa, bola bunday uyquni topa olmaydi. Beşikda sal ovozi çiqişi bilan ehtiyotlab tebratiladi, bolaning uzluksiz sifatli uyqusi ta’min etiladi. Heç kim çaqaloqning miyasi çayqaladigan darajada beşikni tebratmaydi, albatta, bunga hammaning aqli yetadi. Beşikka belanmasa, bola yetarliça uxlay olmaslik ehtimoli katta. Ayrim yoş ota-onalar bolam uxlasin deb sun’iy suyuqliklar içirişlari mumkin. Bular töğri emas. Demak, beşik kerak, beşikka bolalarni belamoq şart. Beşikka til tegizayotganlar özlari bilib-bilmay bizni sinalgan yöldan çiqarmoqçi bölayotganlarning tegirmoniga suv quymoqdalar, afsus. Bolani ilk çömiltiriş işi bola bir haftalik bölganda böladi. Bunda ham yoş onani yolğiz qoldiriş mumkin emas, kelinning öz onasi yoki qaynona bu işda boş bölişlari, özlari bolani yuvintirişlari, çömiltirişlari kerak. Şuningdek, bu onalar özlari nevaralarini beşikka belaşlari, beşikka belaş ilmini yoş onaga örgatişlari talab etiladi. Qaynona kelinning qirqi (çillasi) çiqqunça ehtiyot qilişi, çaqaloqli uyga begonalarni kiritmasligi, isiriq tutatişi, doimiy duolar öqişi kerak. Kelin 5 – 10 kun obdon yotib, quvvatini tiklaşi lozim, söng holatiga qarab rözğorga, boşqa işlarga qarayveradi. Qaynona bu onlarda kelinga yanada yumşaşi, şafqatli bölişi, nevaraning holatini öz nazoratida saqlaşi kerak. Yoş ona yordamga eng muhtoj bölgan davr şu davr sanaladi. Qaynona yiğlagan bolani ovutiş, qorin damini ketkazişga yordam berişi, kelinning töğri ovqatlanişini erinmay özi boşqarişi lozim. Taxminan olti oy davomida bolaning oşqozoni ovqat hazm qiliş işini örganadi. Onasi yegan ovqat sut aylanadi, ovqat tarkibidagi moddalarni çaqaloq me’dasi sut şaklida qabul qilib, uni hazm qilişga moslaşgunça maşaqqat çekadi. Şu sababli qorni dam böladi, bu maşaqqatni ozaytiriş uçun ona tanlab-tanlab ovqatlangani yaxşi. Bunda qaynona yordam bermasa, yoş ona e’tiborsiz bölişi, baribir, ovqatlarni aralaştirib yeb qöyişi tabiiy. Bola keçalari yiğlaydi. Tagliklarini tozalaş, almaştiriş kerak. Asosiysi, har qanday ona qasd qilsinki, albatta, bolamni emizaman deya. Buni oliy qadriyat deb bilmoq kerak. Ona suti bilan bola jismiga mehr, quvvat kiradi. Bola ikki yoşgaça töliq ona sutini emar ekan, ham jisman, ham ruhan soğlom ösadi. Yoş onalar ham, otalar ham bola yiğlasa, jahl qilmasin. Sabr qilsin. Çunki özlarini bu yiğiga çiday olmaydigandek his etişlari mumkin. Çaqaloqning yiğisiga haqiqatan çidaş qiyin, ammo u yiği Allohning rahmati ekanligini unutmaslik lozim. Heç qaçon gödakka ğazab etmang. U Allohing rahmatini opkeladi, ğazabini tösadi, baraka eşiklari oçilmoğiga sabab böladi. Bizlarning gunohlarimiz juda köp, bola esa bizga qalqondir.

Agar gödaklar, qariyalar, beçoralar, nogiron va kasallar oramizda bölmasa, bizga ilohiy şafqat yoğilmay qoladi, töxtaydi, balki osmondan toşlar yoğadi. Va umuman gödakka ğazab etmoq hayvonning ham işi emas. Çaqaloq katta bölib, qölga ilinadigan, közga tuşadigan bölib borgani sayin, taşvişlar biroz kamayadi, hammaning quvonçi köpayib boradi. Çaqaloq sal kasaldek körinsa, tanasini igna bilan teşiş, tanasiga har xil dorilarni kiritib uni zaharlamaslik kerak. Imkon qadar kattalar, tajribali döxtirlar bilan maslahat qilinsa, ular zararsiz va yengil yöllarini aytadilar. Xususiy döxtirxonalar köpayib, döxtirlardan ham insof qoçib, bolani kasal deb oborsangiz, qoplab dori yozib berişdan tap tortmaydigan bezbet va vijdonsizlar, insofsiz va yolğonçilar juda köp. Alloh tavfiq bersin. Çaqaloq asta-sekin kulişni, ovoz çiqarişni, öz hislarini ifodalaşni boşlaydi. Keyin har xil harflarni ham aytadi. Asta emaklaydi. Ötirişni örganadi. Örnida turişga urinadi. Bularning hammasi öz vaqtida böladi. Qizlar ertaroq gapiradi, ertaroq ovqat yeydi, ertaroq emaklaydi, ertaroq yuradi va ötiradi. Öğil bolalarda bu biroz keç böladi. Şoşmaslik, xavotir olmaslik, bu borada qaynonaning sözlariga quloq soliş kerak. Bola iliq suv içadi, uç oylikdan e’tiboran juda kam miqdorda sutdan boşqa, masalan, uy tovuğining qaynatilgan tuxumi oqidan moşdek miqdorini bir kunda yeyişi mumkin. Oydan oyga bu köpaytirib borilsa, tajribali döxtirlarning aytişiça, kalsiyni ta’minlab beradi. Bolani hadeb örantirmaslik, ob-havoni his etişiga yöl beriş kerak. Qişda salqinni, yozda issiqni me’yorida tanasi sezsin, ayniqsa, bola terisi quyoşning tonggi nurlariga töyişi kerak. Şaharda yaşaydiganlar har kuni bolani toza havoda aylantiriş soatini belgilaşlari kerak. Bunda bolaning şamollab qolmasligi çorasini körmoq lozim. Bolani faslga qarab muayyan oraliqlarda çömiltiriladi. Mutlaqo sintetika kiyişi mumkin emas, faqat yuz foiz paxtali yumşoq kiyimlar kiyişi şart. Bir yoşga tölgan bola uyda qozonda pişgan ovqatlarni bemalol yeya oladi. Me’yorda maydalab, yumşoq qilib beriladi. Bolaga quvvat böladigan narsalar me’yorda yediriş kerak. Ham ona suti, ham ovqat uning baquvvat bölib ösişiga sabab böladi. Bola kundan kun şirin böladi, öyinçoqqa qiziqadi, erkalik nimaligini biladi; boladan mehr va şafqat ayamaslik lozim. Albatta, öz vaqtida uxlatiş şartdir. Şunday qilib, bola ikki yoşga kiradi. Uning çaqaloq davri tugaydi, endi savol beriş va fikrlaş davriga navbat yetadi.

Akrom MALIK

1 930marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Töqqizinçi bob

    YUKLI BÖLMOQ, BOLA PARVARIŞI VA TARBIYASI Birinçi fasl Dujon Özbeklar bolajon xalq. Bolajon bölmaslik mumkinmi? Mumkin ekan. Bolali bölişni istamaslik, bola örniga itvaçça boqişni…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.