Mumtoz oila
TÖQQIZINÇI BOB
TÖQQIZINÇI BOB
Uçinçi fasl
Ulğayiş poğonalari
Ikki yoşdan keyin bolaning ulğayişi tezlaşadi – tugamaydigan savollar, çaqnab turgan közlar, öyinqaroqlik. Bola öz nomi bilan bol! Bol-a?! Ya’ni asal-a degan sözga öxşaydi bola sözi. Ammo uning tarbiyasiga sinçkovlik, ziyraklik bilan yondaşmoq lozim, bolaning bol ekanligi kişini aldab qöymasin. Ya’ni bolaga mehr körsatiş va şafqat qilişda haddan oşib ketiş istalmagan oqibatlarga olib keladi. Aniqlikka erişiş uçun ayrim muhim deb bilganimiz tavsiyalarni raqamlar bilan sanab havola etsak: 1. Bolaga çuçuk tilda emas, tölaqonli kattalar tilida gapiriladi. 2. Bolani wunderkind qilib tarbiyalayman deyilmaydi, unga bir qariçligidan öqiş-yozişni va boşqa narsalarni örgataman deya bolaligini, şöxligini öğirlab qöymangiz. 3. Eng muhim va nozik masala: kattalar, xususan, ota-onalar kelişa olmay qolsalar, masalani bolalarning közidan çetda, alohida hal qilingiz. Heç qaçon gödakkinalarning köz öngida şovqin-suron, adabsizlik qilmangiz.
4. Bola yiqilişi, şöxlik qilişi tabiiy, lekin ota-ona özini şunday tutişi kerakki, bola erkatoylik çegarasi borligini özi tuşunsin. Ammo bu çegara baqiriş yoki döqlaş, bolaning yuragini tuşiriş bilan bölmaydi. 5. Bolani temir-tersak – gaptaşir va dilbuzardan uzoq tutmoq şart. Bola uç yoşdan keyin ertak va hikoyatlarni yaxşi körib qoladi. Unga turli öyinçoqlar, rangli rasmli kitoblar olib beriladi. Keyin kitoblardan bolalarga qiziqarli ohanglarda turli hikoya va ertaklar öqib beriş lozim. Bu narsalar bolaga takrorlanmas olam tuhfa qiladi – bola bu ertak va afsonalar olamini xayolida tiklaydi, ertak eşitişni sevadi, şu sababli eng toza tasvirlar, toza sözlar va manzaralardan foydalaniladi, ertaklarning oqibati faqat yaxşilik bilan tugaşi, qörqmaslik va jasorat unda madh etilişi şart. 6. Bolaning öyin soatlari, öyin maydonlari va örtoqlari bölişi kerak va buni ota-ona nazorat qiladi. Öğil yoki qizni kindikka boğlab oliş kerak emas, undan kattaroq esli akalari bölsa, juda yaxşi, yöqsa, bolaning yozilib öynaşi uçun şaroit qiliş kerak. 7. Bolaga oz-ozdan iş buyuriş va eng kiçik işini ham maqtaş lozim. Heç qaçon bolaning könglini öksitmangiz, u mehr buloğining suviga hamişa qonsin. Bolangizni mehrga taşna qoldirmangiz. 8. Bola öz istaklarini bayon qilarkan, ularni bajaring, lekin darhol emas, keçiktirib, muhlat qöyib, kiçik gödagingiz ham hamma narsa vaqti yetganda sodir bölişini, sabr kerakligini şu tariqa his etib borsin. 9. Beş yoş – olti yoşdan boşlab har kuni yarim soat, bir soat harf tanitiş, sonlarni yodlatiş uçun vaqt ajratgan ma’qul. Bola olti yoşda öqişn va sanaşni, hatto oson hisob-kitoblarni, ranglarni ajratiş, öyinçoqlarni yoyiş va yiğişni bilsa, yaxşi. 10. Bola yetti yoşga yetganda muomala jiddiy tus oladi – erkalaşlarni töxtatiş va bolaga mas’uliyatli şaxs kabi qaraş bosqiçini boşlanadi. Endi uning öyin soatlari kamayadi, dars soatlari, oilaga yordam soatlari köpayadi. Unga jiddiy nigoh bilan qaraladi. Xato qilsa, biroz qovoq solinadi, unday qilmagin-da deyiladi. Yetti yoşdan ön yetti yoşgaça bolani quldek tutiş haqidagi hikmat bejiz emas. Bola yetti yoşgaça taxtda ötirsin, keyin taxtdan tuşiriladi. Dastlabki yetti yil uning ham jisman, ham ruhan ulğayiş yillari edi, keyin ham unga şikast yetkazilmaydi, faqat tartib va aniqlikka, mas’uliyat va intizomga odatlantiriş harakati boşlanadi. 11. Bolaga topşiriqlar, bajariş böyiş tuşuntirişlar va muayyan vaqt beriladi. Berilgan topşiriq ijrosi, albatta, tekşiriladi. Bunga hovlini çopib qöy, uyni tozala, falon narsani eltib ber kabi topşiriqlar kiradi. Bola çala iş bajarişiga qöyilmaydi. 12. Bola pul bilan muomala qilişni bilişi kerak. Unga yetti yoşdan boşlab aniq hisob asosida pul beriladi va sarf-xarajati tuşuntiriladi, hatto şu yoşdan boşlab bolaning muayyan jismoniy (!) mehnati uçun pul beriş mumkin, agar ijodkorligi bölsa, ijodiy işi uçun ham. Dars va boşqa şu kabi işlarga emas, malaka hamda aql, jismoniy kuç hamda vaqt talab etadigan aniq işlar uçun haq beriş lozim. Topgan pulini birga sanab, hamyon yoki uning pulsandiğiga joylab, muayyan qismini ehsonga ajratişni örgatiş kerak. Ehson der ekanmiz, eng avval, bobo-buvilariga pul hadya qilişni örgansin. Söng kamçiqim amma-xolalariga. Söng qöni-qöşnilar içidan muhtojlarga. Şunday moliyaviy tizim qiliş lozimki, bolaning özi yiqqan pulga öziga maktab kiyim va öquv qurollarini birgalikda xarid etiş lozim. Şunda sakkiz yoşli bola kiyimlarini ehtiyot qilişini, daftarlarini avaylaşini, özini kattalardek jiddiy tutişini körasiz. Uning köz öngida jismoniy mehnat va vaqt pulga – qiymatga aylanadi. Bu uni östirib yuboradi – bolaning miyasida bekorçilikka joy qolmaydi. Bolaga uqyu, dars vaqtlarini aniq belgilaş kerak. 13. Bolani ön yoşida hunarmandga topşiriş kerak. Hunarmand ustaning pokiza, halol va oilali, şafqatli, xulqi toza ekanligini qattiq tekşiringiz. Bola har kuni uç soat hunar örgansin. Bunda yillarni taqsimlaş mumkin kosiblik, duradgorlik, elektriklik, santexnika, ğişt teriş, suvoq, hatto tikuvçilik. Har yili bittadan ustaga şogird böladi. To ön yetti yoşgaça bola önta hunarni eplay olsa, nur ustiga nur. Şu yoşida çilangar-payvandçilik (svarka)ni, arava ustaçiligini (maşina tuzatiş, velik tuzatiş) örgansa, endi gap bölişi mumkin emas! 14. Maktab hamma narsani bermaydi, bugungi sa’viyadagi maktab eng avvalo öqiş, yoziş, hisob-kitob, jöğrofiya, tarix kabi fanlarni öqitsa, qöşimçasiga fizika, kimyo kabi ilmlarning tamal ma’lumotlarini bera olsa ham katta gap. Bugungi sa’viyadagi maktab bola tarbiyasi va fitratiga zarba bermasa, uni buzmasa, buyuk iş sanalur edi. Şu ma’noda bolani xususiy maktab deb atalgan sun’iy jannat issiqxonasida emas, ota boşçiligida oila bağrida köproq tarbiyalaş va hayotga tayyorlaş bugun dolzarbdir. Şu ma’noda bolani soat 12.00 gaça uşlab ötirib, keyin uyiga qöyib yuboradigan rasmiy maktabga beriş maqsadga muvofiq kelmoqda. Çunki ham tekin, ham bolaning teng yarim kuni öz ixtiyorida, ota-ona ixtiyorida qolmoqda. Bolaning yarim kunini ozod holda ötkazişga izn bergan maktabga taşakkur aytib, bolaga vaqt ajratiş ota-ona hayotiga ham mazmun bağişlaydi, ham ota-ona sifatidagi vazifasini töğri bajariş imkonini taqdim etadi. Ota-ona bolani faqat hunar yoki savdoga taşlamaydi emas, balki uning kitob öqiş va mustaqil ilm oliş könikmasi uçun ham yordamlaşadi. Ota-onalarga tavsiya şulki, mumtoz va zamonaviy şoirlar ijodidan turli hikmatlarni bolangizga haftada 30 qatordan yodlatib borsangiz, yaxşi bölardi. Yillar davomida bu yodlagan hikmatlar bola tafakkurini qurib, dunyoga nisbatan qaraşini töğri şakl olmoği uçun hissa qöşar edi. 15. Bolaga kiyim tanlaşni – qimmat bölsa, sifatli va rangi yaraşadigan, ölçamlari mos libos tanlaşni, şuningdek, halol va pokiza taomlarni tanlab yeyişni örgatmoq lozim. Bolaning ongiga faqatgina özi işlab topgan pul evaziga pişirilgan ovqatni bemalol yeyiş mumkinligini quyib qöymoq şart. Xulosa qilib aytadigan bölsak, bolani odam qilib tarbiyalaylik. U neçtadir tilda bidirlamasin, zamonaviy yigit yoki qiz bölmasin, lekin irodali, matonatli, sadoqatli, mehnatkaş, tadbirli, insofli, hunarli, jasoratli, oilaparvar va hokazo insoniy xalqlar kasb etib ulğaysin.
Bizning şaxsiy (aslida, tarixdan kelgan tajriba) tavsiya şulki, bolangizga ajdodlarimiz örgangan eski turkiy alifboni örgating, keyin oz-ozdan ikki-uç yil vaqt içida “Sabotul ojizin” kitobini yodlatib qöying, söng ön uç yoşidan boşlab Sayfi Saroyi hazratlari yozgan (asli şayx Sa’diy hazratlariga tegişli bölgan) “Turkiy guliston” kitobini öqiting. Şu asnoda Alixontöra Soğuniy hazratlari qalamiga mansub “Tarixi Muhammadiy”, “Turkiston qayğusi” kabi kitoblarni ham mutolaa qilib borgani yaxşi. Natijada, köziga dunyo yarqirab namoyon böladi. Bolangizni töğri fikrlaşga, qat’iyatga örgatsangiz, bas, undan xavotir olişga hojat yöq: heç kim uni yölda ura olmaydi, özligini yöqotib, endilikda çet elda yaşab, vaqillab yurtidagilarga aql bölayotgan johillarga ham öralaşib yurmaydi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.