Til

Mumtoz oila

ÖNINÇI BOB

ÖNINÇI BOB — rasm

ÖNINÇI BOB OILA IQTISODI

Har bir oila öz moliyasini özi hal qilişi kerak. Bu olamda halol mehnat orqali rizq topişdek halovat yöq. Rizq bilan boğliq ikki masalani hal qilib olişga zarurat bor: 1) rizq Xudodan bölib, heç qanday sabablarsiz ham U bandalar rizqini yetkazişga qodir Zotdir. Lekin olam sababiyat ustida turgani uçun inson rizq sabablarini uşlaşi Haq taoloning olamga örnatgan qoidalariga itoat va ehtirom körsatmoği hisoblanadi. Kişi rizq uning uçun belgilab qöyilganligini çuqur his qilgan holda sabablariga yuzlanadi. Agar rizqi keng bölsa, oz sababiyat bilan katta natijalar böladi. Agar rizq tor bölsa, keça-kunduz yugurib-yelgani bilan kişi heç narsani qölga kiritmaydi. Heç qaçon birovdan tekin non tama qilmangiz. Bu juda ham uyatli holdir. Heç qaçon özganing haqqini harom yöl bilan olmangiz. Rizq haqidagi bu e’tiqod insonga şu narsani örgatadiki, eng avvalo, rizq ğami bilan bağringni qon qilma. Rizqing senga har qayerdan yetib kelişiga işon va şubhalanma. Ikkinçidan, rizq topaman deb özingni ötga, çöğga, Alining tiğiga urma. Imkoning doirasida harakat qil. Eskilardan qolgan naqllarga köra, kuningdan, oşib ketsa, sakkiz soatini rizq topiş uçun mehnatga sarfla. Qolganini esa oilangga, ilmga, ibodatga ajrat. Kunning eng barakali qismi bu – tong. Quyoş çiqişidan bir soat avval ibodatga tayyorlan, keyin ibodat qil, söng tilovat va zikr bilan maşğul böl, eng asosiy işlarni şu soatlarda bitir. Kuç-quvvat yetarli böladi. Agar imkon bölsa, soat 10:00dan 11:00gaça uxlab oliş lozim. Söng yana kerakli işlar bilan maşğul bölinadi. Har kuni bir vaqtda belgilangan soatlarda uxlaş va belgilangan soatlarda işlaş maqsadga muvofiq. Qölimizda dajjolning közi deya sifatlangan gaptaşir bor. Ana şu narsani tiyib olsak, olam guliston. Bu yaramasni har kuni soat 08.00dan keçki soat 20.00gaça işlatib, söng undan uzilsak, qaniydi! Köproq törni (internet) nazarda tutmoqdamiz. Sakkiz soat. Tamom. Bir soat ham qöşmaslik kerak. Bir daqiqa ham. Lekin şu sakkiz soatda çin dildan işlaş lozim. Şunda hammasi joyida böladi, nasib. Şunday qilib, iş soatlari va rizq haqida bilib oldik. Endi oila moliyasini oqilona hal qilişning ikkinçi asosi maslahatga boğliq. Bu oila a’zolarining hamyoni bitta bölişi degani. Modomiki, oilada bitta qozon qaynar ekan, hamyon bitta bölsin. Hamma topgan pulini otaga topşirişi kerak.

katta va kiçik xarajat deb atalgan narsalar bor. Kiçik xarajatlarni ona ham idora qiladi, lekin katta xarajatlarni ota hal qilmoği şart. Agar oila yoş bölsa, er-xotin ötirib, bizga hayotda eng keragi nima degan savolni örtaga qöyişlari kerak. Oziq-ovqat, kiyimlar, temir-tersaklar yetarli ekanligi ma’lum bölgaç, ortiqça narsa olmaslikka kelişib olişlari kerak. Şahar dökonlaridagi qöğirçoqlarning çiroyli qilib kiyintirilganiga sölak oqib qarab, yangi lattalar sotib olişdan, har xil köça ovqatlari va oşxonalaridan odam özini tiyişi ma’qul. Şu tariqa pulni jamlaş işlarini boşlaş, umumiy jamğarmadan ehtiyotkorlik ila reja bilan xarakat qilmoq kerak. Katta qop içidagi donni kiçik teşik tökib taşlay olgani kabi mayda xarajatlarga juda jiddiy qaraş lozim, keraksiz mayda xarajatlarga yöl qöymaslik şart. Keraksiz holda yoqiq qolgan çiroq, oqib qolgan suv, e’tiborsizlik ila sindirilgan uskuna, yirtilgan mato, qalin arçilgan kartoşka, qozonga keragidan köp solingan yoğ, tökilgan quruq çoy, ortib va açiydigan ovqatlar, qotib qoladigan va taşlab yuboriladigan non, oxirigaça işlatilmaydigan tiş pastalari – bularning hammasi isrof deyiladi va bu işlar qaşşoqlik poydevoridir. Kim bularga e’tiborsiz qara, uning nomi ahmoqdir. Johildir. Oilada ayolning orzu-havasi köp. Köçada yurgan boşqa bir xotinning tillasi va qimmat kiyimi unga botadi. Şu sababdan oqila xotin eriga itoat qilgan holda şayton va nafsning bunday vasvasalariga aldanmaydi. Pulni tejab-tergaydi. Agar ayol pulni tejamasa, rözğorda baraka bölmaydi. Nimagadir pul sarflaşdan avval u kerakmi degan savolga aniq javob topmoq şart. Barakaning asosi – poklik. Uyni pok tutiş baraka va farovonlikka eşik oçadi. Şunday qilib, pulni jamlaş va tejaş haqida gaplaşib oldik, tejalgan va jamlangan pulni pulsandiqda (seyf) saqlangiz. Oila boşliği er mavjud pul miqdori haqida heç kimga sir bermagani ma’qul. Xotin ham boylik bilan maqtanadigan ahmoqlar toifasiga kirmaslikka jidd-u jahd etsin. Puli köpaygan sababli özini ustunlik his etadigan odam, qaysi jinsga mansub bölsa ham, ahmoqdan boşqa sifat unga yaraşmaydi. Pulni nimaga sarflaş kerak? 1. Ilm oliş uçun pulga muhtojmiz. Çunki ilm kitobdan olinadi – kitob sotib olasiz; ustozdan örganasiz, albatta, ustoz söramasa ham, unga haq berişni vijdonli odam öziga vojib deb biladi. Öta qaşşoq va insofsizlar ilmni tekin olaman deb öylaydi. 2. Uyingiz bölmasa, uy, aniqroği hovli olişga yönaltirmoq töğri iş. Aslida, inson yaşaşi uçun hovlidek yaxşi makon topilmaydi. 3. Arava, ya’ni maşina. Uzoqni yaqin qiladi, zarurat tuğilsa, “boqadi”. 4. Farzandlar kelajagi uçun sarmoya. Bolani öqitiş, uning xarajatlari uçun pul kerak. 5. Ota-onaga xizmat, ularni turli hadyalar bilan xursand qiliş uçun ham pul zarur. 6. Muhtoj va beçoralarga yordam berişda pul juda yaxşi yordamçi. Pulni köpaytiriş faqat uni yiğiş bilan emas, balki sadaqa va ehson bilan hamdir. Pul miqdori nisobga yetsa, zakotni sevina-sevina beriş şart. Pulni dam olişga sarflaş masalasi ham bor. Hozir çet elga borib dam oliş urfga kirgan. Şunga tarğib etadiganlar ham bor. Har kimning tanlovi öziniki. Lekin har qanday safarning aniq maqsadi bölmasa, unga şunçaki pul sarflaş ham aqldan taşqari iş. Sayr-u sayohatning şunday sabablari bölişi mumkin: 1. Ilm, ya’ni ilm talabida uzoq yurtlarga safarga boriladi. 2. Tijorat, ya’ni öz yurtiga kerakli mol-tovarlarni olib kelib sotiş uçun sayohatga çiqiladi. 3. Sihhat-salomatlik, ya’ni xasta odam tuzaliş maqsadida davo izlab safarga otlanadi. 4. Ibodat, ya’ni haj yoki umra uçun safarga boriladi. 5. Ziyorat, ya’ni uluğlarning duosini oliş uçun va ötganlarni yöqlaş uçun maqbara, turba va qamdajolarga boriladi. 6. Ta’qib, ya’ni inson joniga zulm va haqsizlik, xatar va xavf yetsa, safarga çiqiladi. 7. Xizmat, ya’ni işxona yoki uluğlarning muayyan topşiriqlarini bajariş uçun safar qilinadi. Bu röyxatga biz işni kiritmadik, holbuki, hozir aksar odamlar iş izlab çet elga ketişadi. Rizq topişning mutlaqo iloji yöq bölsa, ehtimol, safar mumkindir, lekin sabr ila rizqqa qanoat qilib vatanda yaşaşni afzal deb öylaymiz. Uzoq muddatga işlayman deb xotinni, bolalarni yolğiz taşlab ketiş insoniy hayotga mos bölmasa kerak. Çunki bu muammo ham ma’naviy, ham jismoniy aççiq oqibatlarga olib keladi. Er va xotin bir oila bölsa-yu, sargardon yaşaşi, bolalarning tarbiyadan çetda qolişi çiroyli emas. Agar boy böliş, puldor böliş, töq yaşaş peşona bölsa, şu yerda ham rizq kişini topib keladi. Unday bölmasa, yot yurtlarga borib, avvalo, iymon, taqvo, tarbiya, soğlik va xotirjamlik xatarga qöyiladi. Çunki halol va haromni farqlaş zehniyatida bölmagan ellarda çöçqa göştimi, it göştimi, ovqat qilib berilaveradiki, bu kabi narsalardan halqumni salqaş juda katta muammo. Keyinçalik ham kelgindilik tamğasi odamga izzat topiş eşigini yopadi. Baribir, yot yurtda böyin qisib yaşaşga majbursan. Xalqqa özing qançalik boy-u badavlat, tökin-u tökis körsatma, yot ulusda boşing egik, böyning qisiq, daming içingda ekanligini özing bilasan. Begona davlatning nonini yeb, suvini içgaç, hamma narsasiga çidaysan. Şu sababli öz yurting va öz mahallangdan qöymasin. Qarz masalasi ham bor – imkon qadar qarzdan saqlanmoq joiz. Qarz insonni qul qiladi. Qarz berganning oldida egilişga majburmiz. Xudo hamma qarzdorlarga najot bersin! Eng katta ogohlantiriş – bir qatra ham haromni uyga kiritmangiz! Bir tiyin ham harom pulni sarflamangiz! Harom ikki dunyomizni xarob qiladi. Sözimiz söngida eng birinçi gapga qaytamiz – rizq taşvişiga qul bölmagan, isrof qilmagan, tamadan, qarzdan saqlangan, reja bilan sarflagan, kerak bölsa, xarajat daftari tutgan, ehson va sadaqani, qanoat va şukurni lozim tutgan oila boy böladi, heç kimga qaram bölmaydi.

Akrom MALIK

1 930marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    TÖQQIZINÇI BOB

    Uçinçi fasl Ulğayiş poğonalari Ikki yoşdan keyin bolaning ulğayişi tezlaşadi – tugamaydigan savollar, çaqnab turgan közlar, öyinqaroqlik. Bola öz nomi bilan bol! Bol-a?! Ya’ni…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Töqqizinçi bob

    YUKLI BÖLMOQ, BOLA PARVARIŞI VA TARBIYASI Ikkinçi fasl Çaqaloq Çaqaloqning tuğilişi – katta baxt. Bu örinda yoş onani hamma qöllab-quvvatlaşi lozim: köproq qaynona bu örinda…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Töqqizinçi bob

    YUKLI BÖLMOQ, BOLA PARVARIŞI VA TARBIYASI Birinçi fasl Dujon Özbeklar bolajon xalq. Bolajon bölmaslik mumkinmi? Mumkin ekan. Bolali bölişni istamaslik, bola örniga itvaçça boqişni…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.