Mumtoz oila
ÖN BIRINÇI BOB
ÖN BIRINÇI BOB
OILADA TAOMLANIŞ, SALOMATLIK VA TOZALIK
Salomatlik va poklik hamişa yonma-yon. Oilada poklik va salomatlikni saqlaş bir-biriga uzviy boğliqdir. Tabiiyki, salomatlikning yana bir asosi – taomdir. Poklik va taom talab etilganidek bölsa, butun oila soğ va salomat böladi, Xudo xohlasa. Taomlanişda halollik va poklik qoidasiga – tamoyillariga suyanmoq kerak. Halollik der ekanmiz, halqumga tuşib, oşqozonga boradigan va quvvatga aylanib, tanaga söriladigan, söng ortiqça qismi taşqariga çiqib ketadigan yemakning peşona teridan topilgan pulga tayyorlaş haqida gapiryapmiz. Ovqat uçun yoğ, un, piyoz, kartoşka, sabzi va hokazo sabzavot va mahsulotlarni pulga sotib olamiz, ana şu pul özimizning ona sutidek halol, işlab topgan pulimiz bölsin. Birovni qon qaqşatib, qarğişiga uçrab, pora sifatida yoki öğirlab, aldab undirilgan pulga non olmaylik. Unday pul harom deyiladi. Inson davlat işida işlaydi. Davlat unga işlagani uçun oylik beradi, lekin kişi bu maoşga qanoat qilmaydi, balki öziga muhtoj odamlardan qöşimça pul talab qiladi, bu pulning nomi rişva yoki pora deyiladi, uni oliş – harom. Bunga şubha yöq. Işi bitişi lozim bölgan har qanday beçora va mazlum hatto sadaqa deb ham şu pulni beradi. Lekin pul bermagani uçun odamlarni davolamaydigan döxtir, ilmiy işni tasdiqlamaydigan vallomat, hujjatlarni imzolamay ayb topadigan korçolon, aybsizni aybdor deb hukm qiladigan, hatto tuhmat uyuştiradigan mirşab va qozilar, umuman, mana şu işni qiladigan barça odamlar harom luqma yemoqdalar va ular ustidan odamlarning qarğişi yoğilib turibdi. Inson davlatning işiga kirdimi, u oylikka qanoat qilaman deb kirdi, qanoat qilmasa, borsin va boşqa iş qilsin, lekin davlat nomidan ham xalqning, ham davlatning haqqini yemasin. Özi yesa ham, mayli, bola-çaqaga yedirişiga nima deysiz?
Şunday qilib, yemak uçun halol pul sarflaş kerakligini esladik, endi kartoşka, piyoz-u sabzini arçib, ovqatga solişdan avval ularning har birini uç marta ustida suv oqizib işqalab yuvmoq kerak. Ha, şunday: sabzavotga suv quyasiz, işqab yuvasiz, suvni uzasiz, yana şu şaklda uni yuvasiz. Tuxumga jiddiy qaraş kerak. Tuxum tovuqning axlat çiqadigan joyidan çiqadi va uning qattiq yuzasi tovuqning şilimşiq va şaffof axlati bilan qoplanadi, uni kamida kul yoki maxsus gel bilan yuvmasangiz, ketmaydi, uni çaqib tovaga solar ekansiz, öşa şilimşiq erib, birgalikda ovqatga, ovqat orqali sizning qimmatli tanangizga kirib boradi, şu sababli tuxumni kullab yoki gellab uç martalab yuvmoq lozim va lobuddir. Idişlarni ham axlat yoki nopoklikdan tozalaş kifoya emas, ularni yana uç marta alohida suv oqizib yuvib oliş talab etiladi. Qöl yuvişga ham juda e’tiborli böling: xojatxonadan çiqqaç, albatta, sovunlab yuving. Yuvganda ham butun panjangizni va qölingizning böğimlarigaça, barmoqlar orasini ham uç martadan alohida yuving. Ovqatga kirli suvlar tomçilamasligiga diqqat qilingiz. Bunday işlarga e’tiborsizlik natijasida taomingizga ifloslik, kir aralaşadi. Bu narsalar taom ta’mini buzmasa ham, vujudingizga kirib, qoningizga quvvat ölaroq aralaşib, ta’bingiz xira bölişiga, bezbet, surbet, qalbi qattiq, aqli falaj odam bölişingizga yetaklaydi. Qöl yuvmay nopok idişlarda çap qölda ovqat yeydigan odamlar, albatta, kir qalblidir, albatta, ularning aqli kaltadir. Demak, taomni eng pokiza mahsulotlarni pok bölgunça yuvgaç, işlatişga kelişib oldik. Pokiza mahsulot der ekanmiz, biz uçun halol sanalgan göşt va narsalarni nazarda tutyapmiz. Bismillohsiz söyilgan et, çöçqaning göşti, itning göşti va umuman harom narsalarni umuman yemaymiz, zotan, ularni yuvsangiz ham poklab bölmaydi. Taomlar fasl va ob-havoga köra suyuq va quyuq hamda quvvatbaxş bölişi ahamiyatli. Xamirturuşli xamirdan bölgan nonni yeyiş kerak. Imkon qadar şkalat, peçeniye, umuman, köçadan pişirilgan har qanday turdagi pişiriqlardan çetlangan yaxşi, sababi avvalo poklik tamoyillariga qançalik rioya etilganligi bizga qoronğu, ikkinçidan, ularning tarkibiga aynişga qarşi qöşiladigan kimyoviy sun’iy moddalarni kamina sekin ta’sir etuvçi zahar deb biladi. Şu sababli har bir oila yeydigan hamma narsasini özi qölda tayyorlagani eng maqbul işdir. Hatto işxonada qilinadigan tuşlikni ham uydan olib ketiş yaxşi odat. Qolaversa, uyda tayyorlangan ovqat köçada pişgan şubhali ovqatdan bir qança marta arzonga tuşadi. Dasturxonda rangli har qanday içimlik, rangli har qanday şirinlik turmasligi kerak. Balki turşak, qoqi, mayiz, yonğoq, xandon pista, novot, asal, sariyoğ va uyda tayyorlangan narsalar bilan dasturxonimiz tölişi gözal va oqilona bölur edi. Oilada tört mahal taomlaniş tavsiya etiladi. Ertalab nonuşta, tuşlik, asrdan avvalgi kiçik taomlaniş (buni ayrim hududlarda alvon deyişadi), söng keçkilik. Eng muhim qoida şulki, taom vaqtida uyda bölgan hamma majburiy-ixtiyoriy dasturxonga kelsin. Heç kim xafaman, vaqtim yöq, bandman deya çetda qolmasin. Albatta, hamma bir vaqtda dasturxonga kelsin, bir vaqtda ovqatlanişni boşlasin, tabiiy, oilaning kattalari ovqatni boşlab beradilar; hamma bir vaqtda ovqatdan tursin, heç kim bor ne’matlardan çetda qolmasin, hamma Alloh bergan rizqdan bahramand bölsin, baraka degani şudir. Yana muhimi şuki, bir vaqtda ovqatlanganda hammaning qorni töysin, şunda bevaqt ovqat izlaşga hojat qolmaydi, tartibli taomlaniş bilan semiriş yoki oşqozon kasali ham bölmaydi. Kamina öz oilamiz tajribasidan kelib çiqib aytsam, amaki-ammalarim orasida oşqozon kasali yöq, çunki u xonadonda hamişa hamma bir vaqtda belgilangan soatda yaxşi va çiroyli ovqatlanadi. Qorin yaxşi töysa, odamning xayoli çalğimaydi va yaxşi işlaydi, yaxşi ilm oladi, yaxşi ibodat qiladi. Çimdib ovqatlanib, keyin har yarim soatda töyiş bilmay timirskilaniş axloq jihatdan ham, soğlik talabi jihatdan ham töğri emas. Ovqatlaniş haqidagi umumiy va muhim gaplarni aytdik. Ovqatlanganda şoşmaslik, çapillatmaslik, kekirmaslik, öz oldidan oliş, şoşmay çaynaş va şu kabi odoblar har kimga ma’lum bölsa kerak, albatta. Yana muhim qoida şuki, ovqatni yetarli tayyorlaş kerak – ortib yoki yetmay qolmasin, ortgan ovqatni muzlatib, isitib yeyişdan qoçiş, balki doim yangi ovqat tayyorlaşga intiliş kerak. Bu masalada dangasalik qilmaslik kerak, har safar yangi ovqat tayyorlaş kamida ovqatdan zaharlanişning oldini oladi. Bu oila salomatligi uçun zarur bölgan taomlaniş odobi haqidagi sözlar edi, endi esa hovli, uy, kiyimlarning tozaligi haqida biroz töxtalamiz. Oilada kunda ikki mahal tozalaş işlari bölişi tavsiya qilinadi. Ya’ni uy bekalari, qizlar erinmay işni aniq taqsimlagan holda hovli va xonalarni ertalab va keçga yaqin tozalab çiqişlari şart, bu supuriş, pol va çanglarni artiş degani. Bu iş yil ön ikki oy, haftadan yetti kun odatiy bölmoği kerak. Tozalik tabni sof va pokiza tutadi, insonni soğlom va xuşçaqçaq kayfiyatda bölişini ta’minlaydi, bunday oila bolalari ham pokiza zotlar bölib ulğayadilar. Tozalikka örgangan odam ozgina kirlikka çiday olmaydi. Toza-ku deb tozalaşdan qoçiş oqibatda isqirtlikka örganib, ifloslikni odatiy deb qabul qilişga yetaklab boradi. Pokizalarga şaraflar bölsin! Uyda kir kiyim uyulib yotmasin, kir bölgan kiyimlarni tezda yuviş, ayniqsa, iç kiyimlar pokligi birlamçi nazoratda bölişi şart. Issiq kunlarda iç kiyimlar har kuni poklansa, maqsadga muvofiq. Jismning pokligiga har bir kişi juda qattiq qaraşi, ota-onalar bolalarning toza yurişiga juda e’tiborli bölişlari kerak. Ayollarning va erkaklarning iç kiyimlari begonalar tugul, hatto oila a’zolarining köziga tuşmasligi kerak. Hovli va xonalar xuşböy turişi uçun rayhon va atirgullar hamda boşqa turdagi gullar ekilişi lozim. Xonalarga har kuni yangi uzilgan gullardan suv solingan guldonlarga solib qöyiş tavsiya etiladi. Oila bu işlardan erinmasligi kerak. Har kuni bu işlarni qilişi lozim. Tozalik işlaridan keyin çiroyli guldor dasturxon ustida issiqqina çoy va qahva içiş qanday ham ajoyib, şunday emasmi? Masalan, paşmak, holva, şaftoli yoki örik yoki nokdan tayyorlangan murabbo yoki xurmo bilan? Zör-a? Bunday halovatni faqat pokizalikni sevganlar biladi va ular bunga munosibdirlar! Darvoqe, tozalaş bu faqat ayollar işi degani emas, erkaklar ham eşik taglarini, uy içlarini supur-sidir qilişda, artib-surtişda imkoniyatlariga qarab yordam bersalar, fazl böladi. Mabodo köçani tozalaş kerak bölsa, bu iş faqat erkakning zimmasidadir. Erkak öz mahram ayollarini köça tozalaşga çiqarib qöymaydi. Şunday qilib, sözimini yakunlasak: öz vaqtida şunday halol, pokiza taomlanadigan, pokiza yaşaydigan, içmaydigan, çekmaydigan, asabiylaşmaydigan, heç baqirmaydigan, zulm qilmaydigan xonadonda biror kişi kasal bölişi mumkinmi? Axir, aql va farosat bilan kasalliklar eşigini yopiş mumkin ekan-ku! Kutilmagan musibatlar va balolar-çi deysizmi? Birovning burini qonatmasangiz, halol yaşasangiz, balolar sizdan yiroq turadi, qolaversa, har kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan kelayotgan duolarni öqib yursangiz, sizga heç qanday kutilmagan biror musibat şikast bermaydi Xudoning izni ila.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.