Mumtoz oila
ÖN IKKINÇI BOB
ÖN IKKINÇI BOB OILADA TA’LlM VA ILM
Ilm haqiqatlarni bizga anglatguvçi vositadir. Ilm bölmasa, ilm bilan maşğul bölmasak, har birimiz jaholat botqoğiga botamiz. Tasavvur qiling: har bir oila kitobxon, har bir oila ilmning qiymatini çuqur anglaydi; ilmiga ixlos bilan amal qiladi. Ilm maqsadi hamda vazifasiga köra turliçadir. Eng avval ilm foydali va foydasiz ilmga ajraladi. Foydali ilm muşkilotingizni oson qilib, qalbni va aqlni zulmatdan yoruğlikka olib çiqib, ruhingizga osoyiştalik bağişlaydi. Foydasiz ilm sizni yanada muşkilotga mubtalo qilib, qalb va aqlingizni yoruğlikdan zulmatga taşlab, ruhingizni xavotir hamda vasvasaga mubtalo etadi. Foydali ilm amaliy ilmdir. Amaliy ilm ikki qismga ajraladi: hayotiy muomala va ruhiy halovat uçun zarur bölgan ilm hamda kasb va hunarga oid ilm. Hayotiy muomala uçun insonga adab ilmi kerak. Adab – har kimga va har narsaga kerak bölgan muomaladir. Adab ilmi farosat va aqlni rivojlantiruvçidir. Adab ilmi insonning botini va zohiri uçun kerak. Zohiriy adab sözlaş, söz tanlaş, yon-atrofdagi har bir insonga mos şaklda yuzlanmoqdir. Zohiriy adabning eng birinçisi bu sözni kamaytirişdir, köp gapiriş orqali barça balo keladi. Gapirganda faqat yaxşi sözni sözlaş ikkinçi qoidadir. Ibodatlar haqidagi ilm foydali ilm hisoblanib, bu haqda “Oilada ibodatlar” bölimida töxtalamiz. Botiniy adab qalbni va xayolni yomon xayollardan poklaş ilmidir. Insonlar haqida yomon gumon qiliş, şahvoniy va hayvoniy öylar suriş kabilardan xalos böliş uçun bu ilm zarur hisoblanadi. Kasb va hunarga oid ilmlar şundan iboratki, inson qaysi kasb yoki hunar bilan maşğul bölsa, şu sohaning ilmini çuqur va atrofliça bilişi şart, şuningdek, bu bobda öz mahorati va ma’lumotlarini kengaytirişdan aslo töxtamasligi lozim. Işlab çiqariş, xizmat körsatiş va boşqa qanday soha bölmasin, kişi uning ilmlarini puxta özlaştirib, amaliyotga joriy qilsinki, bu uning uçun majburiydir. Kasb va hunarga oid ilmlar insonning moddiy tirikligi uçun zarurdir, şu sababli aksar insonlar bu masalada juda jiddiy maşaqqatlarga uçramaydilar, lekin qalb va içki dunyoni pokiza va halovatli holda saqlab turiş, aqlni doimiy foydali tafakkur bilan band qiliş köpçilik odamlar uçun juda katta qiyinçilik tuğdiradi. Odamzod har kuni taom va suvga, şuningdek, jismoniy poklanişga ehtiyojmand bölgani kabi ruhini ham oziqlantirişga muhtojligi bor. Ruhning muhtojligi ilm va ma’rifat bilan qondiriladi. Şuning uçun odamzod doimiy ravişda insoniylik va ezgulikka çorlaydigan, vahşiylik va yovuzlikdan qaytaradigan ilmlarga, kitoblarga, mutolaa va suhbatlarga yuzlanib turmoği lozim. Har kuni kamida uç marta taomga, ikki marta yuvinişga zarurat bor ekan, ilm oliş va ma’rifat suhbatlariga ham bundan kam bölmagan darajada tavajjuh körsatmoği kerak. Tananing quvvati va rohati uçun pokiza va halol taom, şirin va zilol suv tutqazamiz, agar nopok va iflos yemakni jismimizga kiritsak, albatta, kasallikka çalinamiz. Eng qiziği, insonning vujudidan u yegan narsalarning hidi çiqadi. Çöçqa yesa, çöçqaning hidi, it yesa, itning hidi; aroq içsa, aroqning hidi; gulob içsa, gulobning hidi çiqadi. Qöyning asl hidi xuşböydir, faqat uning taglari tozalanmasa, axlat köpayib, axlat ustida yotaverib, tirik qöyning göşti hidlanib qoladi. Şu sababdan qöy göştini yegan odamning terisidan ham yaxşi hidlar taraladi. Ilm va ma’rifat, kitob va mutolaa, suhbat va diydor qalbning ozuqasi ekan, bu ozuqaning ham pok va halolligi e’tiborlidir. Taom oğizdan tomoqqa, tomoqdan böğizga, böğizdan içkariga tuşar ekan, ilm va ma’rifat köz va quloq orqali qalbga yöl oladi. Oğizga har narsani tiqaveriş mumkin emas, köz va quloqdan ham har narsani quyaveriş yaxşi emas. Nopok taom oşqozonga tuşişi bilan inson tanasini oğir va lohas ahvolga solgani singari nopok söz va nopok tasvirlar qalbni ana şunday qiynoqqa taşlaydi.
Taomlarni aralaştirib yeb bölmagani kabi bir-biriga ma’nosi zid bölgan narsalarni öqiş, eşitiş va köriş ham qalb va xayolni çalğitib yuborişi tabiiydir. Tanamiz jism bölgani sababli undagi zahar tezda özini körsatadi, lekin qalbimiz latif va közga körinmas bölgani uçun zaharli ilm va foydasiz ma’lumot bizga daf’atan sezilmaydi, lekin şubha yöqki, bu narsalarning xuruji özini köp kuttirmaydi: tuşkunlik, sababsiz ğam, hasad, vasvasa, xavotir, dangasalik, zehnning pastligi, xayolni jamlay olmaslik, parişonxotirlik va bir qança ma’naviy illatlar aynan ana şu oğularning natijasidir. Hatto bu oğular vujudga ta’sir körsatadi, çunki ruh vujudning har bir yerida joylaşgan, ruhga tuşgan zahar butun vujudni ezib yuboradi. Ruh bu zahardan qutula olmay, qafasdagi quş özini panjaraga urgani kabi har tarafga uradi, şu çoğda, inson tuşkunlik va kayfiyatsizlikka mubtalo böladi. Bundan kelib çiqadiki, bizning qalbimiz va aqlimiz uçun zaharli bölgan har qanday söz va tasvirlardan parhez qilmoğimiz şart. Bu sözlarimizning hammasi ilmning ahamiyati va uning mohiyati, inson hayotidagi örni haqida böldi, endi oilada qanday qilib ilmni yölga qöyiş haqida gaplaşamiz. Ilm ahllari jamiyatning umumiy miqdoriga nisbatan öta kamdir. Afsuski, odamlar ilm ahllarini heç qaçon munosib qadrlamagan, aksinça, ularga ozor va aziyat yetkazişadi. Şu sababli oilaning birinçi işi – ilm ahllarini qadrlaş va hurmatlaşdir. Ikkinçi iş, masalan, oyda bir marta işonçli va amali gözal ilm ahlini uyga çaqirib, farzandlar bilan birgalikda undan ilm olişdir. Ustozdan bizning tarbiyamiz, aql-u farosatimiz uçun zarur, adab va insoniylikni örgatadigan ilmlardan ulaşing deb söraladi, ustoz uyga çaqiriladi, mehmon va ikrom qilinadi, söng ota va farzandlar jamlanib ötiradilar, ustoz ularga biror soat kitob öqib beradi va savol-javoblar qiladi. Bu xizmati uçun ustozga yaxşigina hadya beriş va yaxş sözlar bilan könglini xursand qiliş kerak böladi. Uçinçi iş şuki, albatta, uyda kutubxona bölişi lozim. Yaxşi va yangi kitoblardan sotib oliş, öqiş va hamda ustoz huzurida uni muhokama qilib, ma’nosini çaqiş kerak. Albatta, farzandlarning öqişlari, maktab darslariga ham qarab turiladi, muşkullari bölsa, oson qilinadi. Bolani repititor yoki öquv markaziga beriş bilan iş bitmaydi, şu sababli biz berayotgan tavsiya, inşaAlloh, amaliy hosila beradigan puxta tavsiyadir. Bundan taşqari şaharda böladigan yaxşi ilmiy tadbir va suhbatlarga boriş kerak. Qayerda ilmdan sözlansa, albatta, bahramand bölmoq lozim. Şubhasiz, bu yerda foydali ilmlar haqida gapiryapmiz. Agar şunday iş tutilsa, har bir oila bunga odatlansa, albatta, ilm insonlarni aziz qiladi, axloqlini gözallaştiradi va insof-diyonatli, sabr-u matonatli bölişlari uçun xizmat qiladi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.