HAQIQATDAN ÇALĞIMA
Hayotda eng töğri yölni tanlaşga intiliş insonga xosdir. Qilayotgan işlarining qaysidir jihati xato va nuqsonli ekanligini his qilib yaşaş oğir. Aslida, öz amallarini taftiş qiliş, ularni aql tarozisi ila ölçab, qalb közgusiga solib, mantiq quvvati ila tekşirib, şunga yaraşa iş tutmoq insonlar içidan juda kamçilikka nasib etadi. Aksar odamlar qilayotgan işim va yaşaş tarzim töğrimi deb savol berişdan mahrumdirlar. Odamöğillari şunday savollar bilan birga umr keçiradi. Gohida savoliga aniq javob topa olmasa ham, ravşan bir yeçimni idrok eta olmasa ham, qalbining tubidan bir nido: “Xato qilyapsan! Xato qilyapsan! Xato qilyapsan!” – deya saslanib turadi. Kişi öz işlariga nazar soladi, lekin nima xatoligini anglamaydi, qalbi esa tinçlanmaydi, xotirjamlik his etmaydi. Ana şu holda odambolasi haqiqatni izlaşi kerak, nima uçun bu azob-u iztirob deya izlanmoği kerak. Izlagan, albatta, javobini topadi, asosiysi, yolğonga rozi bölmaslik şart. Deylik, endi kişi öz yölini topdi. Bir haqiqatni kaşf qildiki, bu haqiqat unga xotirjamlik berdi. Bu haqiqat iymonni kufrdan afzal köradi, insoniylikni vahşiylikdan ustun biladi, rahmatni adolatdan uluğ deb işonadi, adolatning zulmdan buyukligiga amin, afvni jazolaşdan gözalligini aniq va ravşan, oçiq va oydin anglaydi, hikmatning ilmdan nurli ekanligiga guvohdir, şafqat va qahr uyğunligini kaşf etgandir. Haqiqat deyilgan narsa kufrga oid bölsa; insoniylik va vahşiylikni aralaştirsa; adolat deya rahmatni poymol qilsa; adolat va zulmni farqlamasa; jazolaş deya afvni unutsa; ilmga urinib, hikmatni anglamasa; şafqat va qahr orasidagi uyğunlikni tuşunmasa; aqldan farosat avval yurmasa, u haqiqat emas, balki noaniq bir tuşunçalar aralaşmasidir. Şunday haqiqatni kaşf etmoq qasdi yigitlik davridan boşlab, inson himmatining markazidan turmoği kerak. Nafaqat himmatning markazida tursin, balki barça harakatlari şu himmatning turtkisi bilan ilgari yursin, şunda maqsad hosil bölmoğiga umid qilmoq mumkin. Inson bu haqiqatni kaşf etganligini ba’zan anglamasligi ehtimol, çunki haqiqat öz tasdiğini körsatmoği uçun vaqt ham lozim bölişi mumkin. Başarti, şunday haqiqatga uçragan odam bu haqiqatga sodiq qolişi şartdir. Haqiqat uni gunoh va ma’siyatdan, xato va nuqsondan qutqarmaydi, balki bu narsalardan nur va yoruğlikka borişi uçun yöllaydi. Zulmat va zimistondan qutqarib, asl maqsadga çorlayveradi. Başarti, şu haqiqat ahli bölib köringanlardan sodir bölgan kamçiliklarga qarab haqiqatdan yuz ögirilmaydi. Balki şu haqiqatga sodiq holda yaşaladi. Seni haqiqat ahli deb bilsak, sen bunçalar ham xatokor va gunohkorsan, sening sözing va yöling nima bölardi demasin, çunki bunday deyiş körlar va avom kişilarning xususiyatidir; ikkinçidan, senga zuhur qilgan narsaning haqiqati Haqqa ayondir. Sen bandalik közi bilan körgan narsangni Haq Öz basiyr sifati ila muttasil körib turibdi. Sen ul banda işini Haqqa topşir, ammo Özing haqiqat ustida tur. Haqdan va haqiqat talab qilgan işlardan yuz burma.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.