Til

Insonlarning aksari özlari xohlagan narsalarga işonadilar. Özlari haq deb bilgan narsa uçun dalil izlaydilar.…

Insonlarning aksari özlari xohlagan narsalarga işonadilar. Özlari haq deb bilgan narsa uçun dalil izlaydilar.… — rasm

Insonlarning aksari özlari xohlagan narsalarga işonadilar. Özlari haq deb bilgan narsa uçun dalil izlaydilar. Qalbida mavjud şubhani haqiqat deb tasdiqlaydigan isbotni axtaradilar. Şul sabab, köringan narsa va hodisalarni qalblaridagi gumonning tasdiqi deb qabul qilib, ergaşadilar. Aslida, inson öz öyi, ra’yi va istaklarini bir çetga yiğiştirib qöyib, haqiqatning özini topiş va uni anglaşga ğayrat qilmoği lozim. Haqiqat insonning nafsi, aqli va qalbidagi narsalarga ters bölişi ehtimoli katta. Köringan narsa köringandek bölmasligi, eşitilgan narsa eşitilganidek bölmasligi mumkin. Yaşil yaproqqa örangan va salqinlik baxş etayotgan daraxtning bağrida olov bor desa, aql qabul etadimi? Holbuki, har bir daraxtning tanasida olov yaşaydi. Buning ikki isboti bor: daraxt suv içmasa, quriydi, uni quritgan narsa içidagi olovdir. Ikkinçi isbot şulki, quruq daraxt şoxlari işqalansa, undan öt çiqadi. Zohiran daraxt olovdan uzoq tuyulsa-da, botinan u olovning qarorgohidir. Bu kabi misollarni yana keltirsa böladi: olamdagi barça yaratiqlar içidan olov-u, havo-yu, suvni topsa böladi va hokazo. Aytilmoqçi gap şulki, har narsaning zohiri u haqidagi haqiqatni anglatmasligi tabiiydir. Maqsadga qaytsak. Maqsad – insonlarning aksari haqiqatni izlamasliklari va nafslariga yoqqan narsani haqiqat tasbit etib, unga atrof-javonibdan dalil axtarib topişlari haqida bayon qilmoq edi. Odam gohida tilida diliga zid sözni aytadi. Sababi – jamiyat nimani yaxşi deb bilsa, şuni yaxşi; yomon deb bilsa, şuni yomon deb aytiş, ya’ni taqlid tabiatidir. Odam köpinça ommaga ergaşadi; buni özi anglamaydi, holbuki, u ommatan yoğdirilayotgan yolğon va hiyla yomğiridan qonib içib, şu içganlarini qusayotgan böladi, xolos. Masalan, minbarga çiqib olganlar biz çökyapmiz deb hayqirsa, pastdagilar ham jör bölib şunday hayqirişadi. Biz najot topyapmiz deyilsa ham, yana takrorlaşadi. Aqllari buni tasdiqlagandek tuyuladi. Holbuki, u aql minbardagi odamning taqdim etgan dalillar va tahlillariga suyanib turibdi, xolos. Özi heç narsani topgani, anglagani yöq. Söz uzaymoqda, maqsad çetda qolyapti. Maqsad – odamlar nafslari istagan narsani haqiqat deb bilişlari haqida aytiş edi. Eng qiziği, odamlar nafslari istagan narsani qançalik yaşirmasinlar, ular bu narsani ikki nuqtada yuzaga çiqaradilar, bu ularning ixtiyori bilan bölmaydi. Birinçi zuhur ularning işlaridir. Inson dilidagina yaşirib, özini har qança pokdomon tutmasin, amallari uning nafsidagi istak va haqiqatni körsatadi. Ikkinçi zuhur ularga bölgan munosabatdir. Köp holatlarda odamlarga ular istagan narsa taqdiri orqali keladi. Agar uning gumoni yaxşilikka bölsa, yaxşi narsalar; yomonlikka bölsa, yomon narsalar; gunoh bölsa, gunohlar; savob bölsa, savoblar keladi. Şunday qilib, inson nima uçun men bunçalik aziyat çekyapman demasin, şunçaki, uning içidagilar qarşisidan çiqib kelyapti, xolos. Ya’ni noliş va kimlarnidir ayblaşdan avval odamzod öz qalbi daftarining varaqlariga toza va pokiza sözlarni yozmoği kerakki, u bu sözlarni taqdir yöllarida öqib borişga majbur. Sözlar çalkaşgandek. Qasd qilingan ma’no qayoqqadir qoçgandek tuyulyapti. Aralaş taomlar va nopok ovqatlar odamni xasta va halok etgani kabi har xil sözlar va tekşirilmagan, tasdiqlanmagan ma’lumotlar; hayosiz tasvir va ovozlar, umuman şu kabi narsalarning hammasi köz va quloq quvurlaridan qalb quduğiga oqib tuşadi va qalbni, alaloqibat butun vujudni buzadi. Qalb buzilsa, u harom narsalarga mayl qiladi; nafs qutursa, inson uni böysundira olmay qoladi; aql adaşsa, odam töğri qarorlardan uzoqlaşadi va hokazo. Endi nima demoqçi edik, yaxşisi, raqamlab aytaylik, esimizda yaxşiroq saqlanmoği uçun: 1. Nafsimizga emas, haqiqatga ergaşsak, ma’qul. 2. Nolimay va norozi bölmay, qalbimizni tuzatişga, içimizni tozalaşga uringanimiz yaxşi. 3. Köz va quloqlarimizni tiyiş bilan içimizni pok tutişga muvaffaq bölamiz.

Akrom MALIK

2 690marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Haqiqat hamma narsadan baland turadi.

    Yaqinda maktabda öquvçi öqituvçiga qöl kötardi va bu juda katta şov-şuv böldi. Şunda qanday qilib öquvçilar bu darajaga qadar yetib keldi degan savol meni öylantirdi. Va…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.