Mumtoz oila
Haqiqat hamma narsadan baland turadi.
Yaqinda maktabda öquvçi öqituvçiga qöl kötardi va bu juda katta şov-şuv böldi. Şunda qanday qilib öquvçilar bu darajaga qadar yetib keldi degan savol meni öylantirdi. Va maktablarda erkak öqituvçilarning deyarli yöqligi va qariyb 99,9 foiz ustozlarning ayollardan iborat ekanligini boş omil sifatida kördim. Farzandni ulğaytirişda ota va onaning örni birdek muhim bölgani kabi öğil bolalar tarbiyasida erkak muallimning örni qançalik muhim ekanligi rad etib bölmas darajada oydin haqiqatdir. Bola özidan kattalardan rang oladi. Ayolning tabiati qandayligi esini tanigan har bir insonga ma’lum: — ayollar hissiyotga beriluvçandirlar, ular qaror qabul qilişda uzoqni köra olmaydilar; — ayollar şoşqaloqdirlar, tezda janjal qilişlari şundan; — ayollar xatolarini tan olmaydilar, juda katta maşaqqat bilan xatosini böyniga olişi mumkin; — ayollar nazokatli va ziynatlanişga öçdirlar; — ayollar mehribon va şafqatli bölib, qattiqqöllik va dağallik ularga yotdir. Bu ularning ayollik sifatidir, bundan boşqaça bölişi mumkin emas, şu ma'noda, uşbu sifatlar ayollarga körk, erkaklarga aybdir. Öğil bola – bölajak oila boşliği. Undan vatan himoyasi, kuç-quvvat, jiddiylik, barqarorlik, hislarini boşqariş, sovuqqonlik va bir qança mas’uliyatlar talab etiladi. Bu sifat va xulqlar öğil bolada olti-yetti yoşlaridan boşlab şakllanadi. Eng muhimi, bu xislatlarni ayol emas, erkak zoti örgata oladi, qolaversa, bu xususiyatlar sözga qarab emas, ibratga qarab örganiladi. Aynan şu muhim davrda – 7 – 18 yoşlar orasida, öğil bola şaxs sifatida şakllanadigan davrda bizning jamiyatimizda bola otasini deyarli körmaydi; faqat onasi bilan muloqot qiladi; maktabda esa faqat ayollardan iborat ustozlar qölida qoladi. Natijada, uni tiyib turadigan, unda qat’iyat, odob-axloq, insof-diyonat, tafakkur va mulohazakorlikni şakllantiradigan kuç mutlaqo mavjud emas. Bola esa yengiltak, xayoliga nima kelsa, şuni qiladigan; va’dasida turmaydigan; oila mas’uliyatini his etmaydigan; qarorlari tez özgaruvçi; mustaqil qarorga ojiz bölgan; qörqoq, ayni paytda tajovuzkor; öziga köp oro beradigan bölib katta bölmoqda. Endi unga erkaklarga xos qattiqqöllik qilinsa, bemalol ustoziga qöl kötaryapti; ustoz ayollarni sökyapti; bu hol esa deyarli ommaviy tus olib bormoqda. Ayrim dalillar: 1-video 2-video 3-video 4-manba 5-manba
Bu haqiqatni, ojizona fikrimça, har bir oqil inson tasdiqlaydi, şu sababli, kamina maktablarga kuçli va aqlli, ilmli va tadbirli erkak muallimlarni qaytariş çorasini köriş lozim deb öylayman. Hozir yigitlarimining mas’uliyatsiz, tekinxör, oila qurişga tayyor emasligi zamirida ham biz aytib ötgan sabablar yotadi. Yaqinda “Xarakter” online loyihasini boşlagan edik. Maqsad – yigitlarda erkakça xarakterni şakllantiriş; va’dasiga vafo qiladigan; oilaparvar; ayollarni qadrlaydigan; öziga işongan bir tabiatni tarbiyalaş. Bu bir qança amaliy bosqiçlardan iborat. Ana şu loyiha e’loni doirasida: “Maktablarda 12 yil xotin öqituvçilar ta’limini olgan öğil bolalarda erkak xarakteri şakllanmayapti. Şu sababli bugun 18 yoşli yigitçalarda hamon dunyoqaraş mavjud emas, harakatlari, hissiyot va munosabatlarida xotinlarning xususiyatlari közga taşlanadi. Xotin tarbiyasining natijasida öğil bola erkakka xos qat’iyat, birsözlilik, dağallik, mardlik va tadbirli tafakkurdan mahrum bölib ulğayadi”, – deb yozgan edik. Aynan şu qismiga ikki nafar ayol muallimadan e’tiroz keldi. Birlari: “Men 20 yillik öqituvçi sifatida bu xatni sizga yozyapman. Oxirgi yozgan postingiz erkaklar uçun bölsa ham buni men kabi ayol ustozlarga haqorat deb bilaman. Umrimizni bolalar ta'limi uçun bağişlab, bu yöldagi maşaqqatlarni mayli, şu bolalar kelajagi buyuk bölsin deya özimizni ovutib endi sizdan bu kabi gaplarni eşitaylikmi? Yaxşi iş qilmabsiz. Attang”, – deb yozibdilar.
Birlari esa: “...köpçilik yoşi uluğ va oilasini halol yöl bilan boşini tebratayotgan ustoz ayollarni dilini oğritadigan post bölibdi. Mayli edi, haqiqat bölsa ham bu tariqa olib çiqişmaslik kerak edi balki”, – debdilar. Hurmatli ustozlarim! Sözlarim qalbingizni oğritgani uçun uzr sörayman. Fikr bildirib, xat yozganingiz uçun rahmat! Bu yerda sizlarga heç qanday haqorat mavjud emas yoki mehnat va maşaqqatingizni inkor etiş ham yöq, balki vaziyat jiddiyligini bayoni bor. Ikkingiz yozgan matnda ham ayollarga xos ta’sirçanlik sezilib turibdi. Aksinça, Akrom Malik, töğri aytasiz maktablarimida erkak ustozlar köpaysa, yaxşi bölardi degan e’tirof ayni çuqur bir söz bölur edi. Şuningdek, xotin sözidan ranjibdilar, holbuki, xotin sözi aslida, davlatga rahbarlik qiluvçi ayol degani. Ayol esa oilaga ğamxörlik qilguvçi degan mazmunga ega. 👉 Qarang. Keling, haqiqatga tik qaraylik, hayotga nazar solaylik va bugun öğillarga çinakam erkak tarbiyasi yetişmayotganini tan olaylik va masalani amaliy jihatdan hal qiliş çorasini köraylik. Aks holda, biz bu masalada yanada jiddiy muammolar girdobida qolamiz. Orientatsiya buzilişlari holatlari fojiali tarzda köpayiş xatarini ham nazardan qoçirmaylik. Dunyoqaraşi hamon gödakniki kabi qolib ketayotgan öğillarimiz ertaga oilani qanday qilib boşqarişlari haqida köproq boş qotiraylik. Şunda bizning sözlarimiz sizga botmaydi, balki juda ham ma'qul kelib, qöllab-quvvatlaşni boşlaysiz. Umid qilamanki, uşbu qaraşlarimizni muhtarama opa-singil muallimalarimiz töğri tuşundilar hamda öz farzandlari tarbiyasida ham bu jihatni hisobga oladilar. Kasb tanlayotgan yigitlarga qarata aytamizki, aziz döstlar! Öqituvçi böling! Bugun maktablar erkak ustozlarga muhtoj, sizlarning qaroringiz butun Vatan va xalq kelajagi uçun muhimdir! Maktablarga qaytingizlar, erkak muallimlar!
Akrom MALIK


Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.