Hayotimizdagi işlar ikki qismdan iboratdir: bizning ixtiyorimizdagi işlar, bizning ixtiyorimizdan taşqaridagi…
Hayotimizdagi işlar ikki qismdan iboratdir: bizning ixtiyorimizdagi işlar, bizning ixtiyorimizdan taşqaridagi işlar. Aqiyda ilmida inson ixtiyorini kulliy ixtiyorning juz’i deyiladi. Kulliy ixtiyor – ixtiyor qilmoqning hammasi Xudodadir; bu ixtiyorning kiçik qismi insonga ham berilgan, uning nomi juz’iy ixtiyor deyiladi. Yoki bu ma’noni istitoat kalimasi ham ifodalaydi. Inson soat neçada uxlaşi, uyğonişi; yaxşi sözlarni aytişi yoki yomon sözlarni tanlaşi; halol mehnat qilişi yoki harom-hariş yeb-içişi; ibodat qilişi yoki undan yuz ögirişi – bularning barçasi juz’iy ixtiyordagi yoki istitoatdagi işlardir. Çunki aql bu işlarda odam ikki işdan birini tanlaşini tasdiqlaydi: soat keçki öndayoq uxlaş ham mumkin; gaptaşirni titib, har narsani körib tunni yarmidan ötkazib, uxlolmasligi ham mumkin; kitob öqiş yoki youtubeda sanğiş – bularning qay birini bajariş har kimning öz qölida. Lekin erkak yo ayol bölib tuğilişi; kimning farzandi bölişi; qaysi yurtda qaysi zamonda dunyoga kelişi; rizqning keng yo tor bölmoği, ajalning muddati va şu kabilar insonning ixtiyoridan taşqaridadir. Odamzod ixtiyoridan taşqari işlar uçun qayğurmasligi matlubdir. Çunki uni özgartirişning aslo iloji yöq. Lekin özi qila oladigan va imkoni doirasidagi amallar haqida ğam çeksin. Özining nafsiga böysunib qilgan gunohlarini zimmasiga olib tavba qilsin; dangasalik ila har xil malomatlarga giriftor bölgani uçun özini ayblasin va bu işlarni qilib tugatgaç, ötmiş xatolarini takrorlamaslikka intilsin. Ya’ni nafsini zanjirdan çiqarmasin; erta uxlab, erta uyğonsin; mehnat qilsin; halol yeb-içsin; zulm qilmasin; harom yurmasin va hokazo. Ba’zida insonlarni ularning yaqinlari tark etadi. Bu ikki sabab ila yuz beradi. Birinçisi, ölim döstlarni ayiradi. Ikkinçisi ketgan tomonning xohişi bilan böladi. Odam heç qaçon boşqalarning xohişiga egalik qila olmaydi, bu uning ixtiyorida emas; demak, qaysi sabab bilan bölmasin, ketganlar haqida ğam çekmaslik lozim. Çunki bu sening qölingda emas edi. Odamlarni öz ixtiyorlariga qöy. Har kim öz hayotini yaşasin, boşqalarga xöjayinlik qilaman desang, hatto buni yaxşi niyatda, öşa boşqaning foydasi uçun qilsang ham, nafratga uçraysan. Imkoniga köra harakat qilgan yutadi. Xudo adolatli Zotdir. U har kimga şunday imkon berib qöyganki, uning barçasini işlatgan odam, albatta, qalbi, nafsi va aqli rozi böladigan natijaga erişa oladi. Buni anglay oliş uçun hikmat közi lozim, xolos. Közni esa yo jaholat, yo ğaflat pardalaydi. Sözimiz söngida aytaylik: insondagi juz’iy ixtiyor ham Xudoning ixtiyoridadir. Buning qandayligi va sirini banda anglaşdan ojiz, zotan, ojiz bölmoği tabiiy, çunki u banda, U esa Xudo. Xudoning hamma işini tuşuniş bandaning işi emas. Bandaning işi itoat va böysunişdan iboratdir.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.