Mumtoz oila
OLTINÇI BOB
OLTINÇI BOB
OILA QURIŞ
Ikkinçi fasl Kelin tanlaş
Avval sahifalarda aytilgan sözlarni qayta takrorlaymiz: öğil uçun jufti halolni tanlaş va olib beriş ota-onaning burçidir. Oila quriş, ya’ni xotin olişning bir neça yöllari bor: birinçi yöl şuki, erkakning özi öziga xotin topadi. Ikkinçi yöl boşqa biror kişi, uning ustozi, dösti yoki hurmatli odamlar xotin topib berişadi. Uçinçi yöl ota-ona topib beradi. Erkakning, ya’ni ilk marta uylanayotgan yigitning öziga özi xotin topişi kindigini özi kesişidir. Bunday hol ikki şaroitdan birida sodir böladi: yo yigit yetim ösgan bölişi lozim, toki u bu işni qilişga majbur qolsin. Yo ota-ona eskilar yölini esdan çiqarib, befarqlik qilib, özingga özing xotin top yoki köz ostingga birortasini olib yur deb tayinlaydi. Uylaniş yoşiga yetgan yigit, boringki, 25, hatto 30 yoş bölgan taqdirda ham unda öziga xotin tanlaş ilmi yetarli bölmaslik ehtimoli yuqori. Agar u köça-köydan öziga juft izlaydigan bölsa, xato tanlov qilib qöyişi mumkin. Natijada, öz xotinidan rozi bölmay yaşaydi yoki qisqa vaqt yaşab, ajraşib ketiş xatari mavjud. Bundan taşqari, er xotinining barça sifat va xulqsizliklariga könib yaşagan taqdirda ham, tuğilajak farzand nobop ona qölida qolib, qiynaladi. Masalan, tili yomon, dunyoparast, rözğorga uquvsiz, befarosat, johil va haddini bilmaydigan xotinning bolasi bölişdek musibat olamda yöq. Ayolning xulqi, asosan, onasining aksidir. Lekin böydoq va tajribasiz yigit xotinlarning xulqi va farqi haqida qayoqdan bilsin? Şu sababli aksar hollarda ota-ona kelin tanlaşni öz zimmalariga olişlari, öğillar ham bu masalada ularga itoat qilganlari yaxşi. Kelin tanlaşda uşbu qoidalarga e’tiborli böliş foydadan xoli emasligini hayot tajribasining özi körsatib kelmoqda: 1. Kelin qaysi hududdan – joydan ekanligi muhim. Yaxşi joyda yaxşi xulq va baraka böladi. Yaxşi joyda – yaxşi şahar, yaxşi mahalla va yaxşi qişloqda ulğaygan qizda baraka bor. Çunki muhitning özi asosiy tarbiya işini bajaradi. 2. Kelin yaxşi oiladan bölmoği kerak. Yaxşi oila – ota-ona tayinli, kasbli, ilmli yoki ilm ahliga muxlis; halol kasb-hunar qilgan; yomon nom qozonmagan oiladir. Bir qizning ulğaymoği uçun kamida 18 yil kerak deb olsak, ota-onaning yaxşi-yomonligi, oilaning ahvoli mana şu 18 yilda atrof-javonibga kunday ravşan bölib qoladi. Ya’ni 18 yil oila özini tanitmoği uçun yetarli. Har qanday oila haqida öşa oila yaşaydigan mahalla işonçli ma’lumotni 18 yilda keragidan ortiq darajada bilib böladi. Otasi yolğonçi, haromxör, zolim bölsa; onasi tarbiyasiz, çaqimçi, ğiybatçi bölsa, buni hamma biladi. Bunday oiladan yaxşi bir qizning unib-ösişi mahol, qiz har qança aktrisalik qilib, çiroyli kiyinib, öqimişli va sipo qiyofada özini öqiş yoki işda körsatmasin, oiladagi tarbiya uning heç kim körmaydigan tarafida saqlanib, rivojlanib boradi. Uning zohiriga aldanib, zör qizga uylandim deya öylagan yigit bir ajdahoga uçrab qolişi heç gap emas. Şu sababli, qiz yetişgan oilani suriştirmoq kerakki, toki bu işonçli va yaxşi umr yöldoşi topişni katta ehtimol bilan kafolatlaydi, xotin oilada körgan tarbiyasini erining oldida ham takrorlaydi. Agar uyida onasi it kabi bobillab, uning otasini yerga urib yurgan bölsa; erni hurmat qilmaydigan bir xotinning qizi bölsa, bunday qizning qalbida heç qaçon erga hurmat va muhabbat bölmaydi; u ham onasining işini özi qurgan oilada ulkan bir pastkaşlik, çuqur bir tubanlik ila davom ettiradi va rivojlantiradi. Demak, qizning yaxşi oiladan ekanligi eng ahamiyatli omil ekan. Şuningdek, agar qiz hamon kelin bölib yaşayotgan onaning qizi bölsa, ya’ni ularning oilasi hamon butun bölib, alohida ajralib çiqmagan bölsa, nur ustiga nur. Qaynonali xotinning bolalari, juda katta ehtimol bilan tilla böladi. Çunki yaxşi qaynona-qaynota oila adab va xulqining kafilidir.
3. Kelinni öziga teng maqomli oiladan izlamoq lozim. Ya’ni ilm odamlari özlari kabi olimlardan kelin qilsin, dehqonlar dehqondan, savdo ahli savdogardan, boylar boydan, kambağallar kambağaldan, örtahol örtaholdan qiz olişi eski odat va qoidalar qatoriga kiradi. Bir qizning yangi oilaga kelib, ildiz otib ketişi murakkab hodisa. Tenglik qoidasiga amal qilinsa, qizning yangi xonadonga moslaşişi muammoli keçmaydi, çunki tarbiyada, iş-faoliyatda, dunyoqaraşda umumiylik bor. Boyning erka ösgan qizi kambağalning şaroitiga moslaşib keta olmasligi öta aniq bir hayotiy haqiqatdir. Ilm ahlining qizi öqimaganlar oilasiga kelin bölib tuşsa, bu oiladagi dağallikdan ozor çekadi. Kambağalning qiziga uylaniş ham ikki tarafni qiynaydi: avvalo, qulayliklar kelin bölmişning xulqiga salbiy ta’sir qilişi mumkin; u özini bu muhitda qanday tutişni bilmay qoladi; boy qaynona unga bepisand qaraşdan özini saqlaşdan ojizdir. Umuman olganda, tenglik eng muhim masaladir. Teng bölmagan oilalarning quda-andaçiligi bir umrga ikki tomonni noqulay holga soladi. Kamdan kam hollarda bunday muammo bölmasligi mumkin, xolos. Dunyoqaraş va moliyaviylik tenglikni hamişa ustuvor masala sifatida biliş lozim. Şuningdek, nasab omili ham bor. Xalq orasida nasabi jihatdan uluğlanadigan oilalar özlari kabi nasabdorni tanlasalar, şaraf va oilaviy merosiy urflarini soğlom saqlab qoladilar. Qizning barça sifatlari oila va nasabdandir. Qiz yaxşi oiladan bölsa, garçi erka ösgan bölsa-da, ayrim rözğor işlarini bilmasa-da, hatto ovqat pişirişga nönoq bölsa-da, yangi xonadonida ularni örganib ketişida qiynalmaydi. Çunki unda zot bilan kelayotgan qobiliyatlar bu masalada ustunlik beradi. Ya’ni u oilaga oid işlarga tezda qöli kelişadi va eplab ketadi. Yaxşi va soğlom xotindan yaxşi va soğlom bolalar tuğiladi. Xulqli va adabli xotin xulqli va adabli bolalarni tarbiyalab beradi. Xotin hatto öqimişli bölmasa-da, agar olimning qizi bölsa, olimlikka layoqati bor bolani dunyoga keltira oladi. Şu bilan kelin tanlaşga oid gaplarimizni tugatamiz. Kelinning maişiy işlari – mehnatkaşligi, rözğor tutiş va boşqa jihatlari oilada şakllangani uçun uni tanlaşda asosiy omil hisoblanmaydi, uçraşuvga çiqadigan kuyov kelinning taşqi tomonidan köngli tölsa, kifoya; yaxşi oilaning qizi yaxşi xotin böla oladi. Kuyovlar hozirgi kundagidek uçraşuvlarga çiqib nomzod bilan har qança valaqlaşsa-da, toki uşbu aytilgan qoidalarga muvofiq kelin tanlanmas ekan heç qaçon munosib juftni topa olmaydilar. Şu sababli, hurmatli ota-onalar eski qoidalarni tiriltirsinlar va bu masalada juda jiddiy yondaşsinlar.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.