Uşbu matn tamagirlikni öziga kasb qilgan kaslar haqida emas, iffatli va şarafli, insofli va diyonatli…
Uşbu matn tamagirlikni öziga kasb qilgan kaslar haqida emas, iffatli va şarafli, insofli va diyonatli odamlarning muhtojlik domiga tuşib qolişlari haqidadir. Muhtojlik – inson uçun ne’mat. Ğaflatga tuşgan bölsa, uyğonadi. Xudoni unutgan bölsa, eslaydi. Köplab musibatlar qatorida muhtojlik şunday yaxşi sifatlarga ega. Bundan taşqari muhtojlik nafsingni egadi – u seni boşqalar eşigi tagida yordam sörattirib, yuzingni sarğaytiradi. Muhtoj odamning qalbi titrab, çorasiz ahvolga tuşadi. Şu payt uning nidosiga – yordam sörab aytgan söziga labbay degan insonning darajasi qançalik yuksalmoğini bila olasizmi? Bir inson aytadi: “Oğir ahvolga tuşib qoldim. Odamlarga foydang tegsa, keraksan. Xoh ilm, xoh mablağ bölsin – foydang tegsa, inson qatorida sanalasan. Birma-bir döstlar eşigini taqillatdim. Tabiiy, imkoni borlarga murojaat etdim. Şunda bir döstim falon qismini beraman dedi. Qanday ta’sirlanganimni ayta olmayman. Heç bir söz va izohsiz aytdi. Eslasam, u doim şunday bölgan”. Muhtojlikda inson bir tarafdan şa’nini saqlaşi kerak bölsa, bir tarafdan zarurat örnini qoplaşi lozim. Ikki tarafdan ikkita qiliç seni çopişga şay – qayoqqa qoçsang ham, biri seni çopadi – pul sörasang, boşing egiladi; söramasang, zarurat seni qistovga oladi. Şu jarayon döstlarni saralaş jarayonidir. Dösting senga oğirlik tuşirmay, sen uçun maşaqqatni kötaradi va seni avaylaydi. Ikkiyuzlamaçi esa sening muhtojligingni bila turib, senga yetişmovçilik haqida eslatib, öz azobingni özing tort deydi, bunday odamlar döst emas, holbuki oddiy insoniylik ham boşqa odamga şafqat qilişni taqozo etadi. Muhtoj bölmaslik uçun heç kimdan qarz olmaslik kerak. Muhtoj bölmaslik uçun moliyaviy quvvating yetmaydigan işlarga qöl urmaslik şart. Muhtoj bölmaslik uçun işlaş va topgan pulingni öz örniga sarflaşing talab etiladi. Keraksiz narsalar sotib olgan odam muhtojlikka tuşadi. Qölingda puling bölmasa, kimdandir pul olib, şerikçilik şartlarini çala qilib, iş boşlaysan va işing yurişmay qolsa, oqibatda, çala şerik bilan muammoga giriftor bölasan. Senga öta-öta şart bölmagan narsani sotib oliş uçun kredit yoki boşqa turdagi qarz olsang, har oyda sening qoningni sörib taşlaydi. Boylikni Xudo beradi, mabodo qölingda katta miqdorda boylik aylanib tursa, sendan söraşlarini kutma – muhtojlarni özing izlab top, yordam ber, oh-oh, bu işning qanday barakasi bölişini tasavvur ham qila olmaysan.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.