Til

Mumtoz oila

YETTINÇI BOB

YETTINÇI BOB — rasm

YETTINÇI BOB

ER-XOTIN

Ikkinçi fasl

Umumiy qoidalar

Er va xotinning oilada alohida vazifalari, xulqlari bölişi bilan bir qatorda ikkisi uçun ham umumiy bölgan qoidalar mavjud. Bu qoidalarni har bir oilada örganilişi, farzandlarga ustozlar vositasida ta’lim berilişi kerak. Agar bu qoidalarni ikki tarafdan biri bilmasa va amal qilmasa, muammolar tugamaydi. Eng birinçi qoida şuki, er xotinning, xotin erning mulki emas. Er xotinning quli yoki xotin erning çörisi emas. Ikkisi ham Xudoning huzurida öz amallari uçun javob beradi. Er öz nafsidan kelib çiqib xotinni azoblamasligi, zulm qilmasligi, xorlamasligi qançalar şart bölsa, xotin ham öz aqli va nafsiga tayanib, erga past nazar va bepisandlik bilan qaraşi mumkin emas. Ikkinçdan, oilada er rahbardir. Bu özbek xalqining eski qadriyat va dunyoqaraşidagi özgarmas haqiqatdir. Bu haqiqatni er ham, xotin ham birdek idrok etişi va qabul qilişga majbur. Er hamişa sönggi qaror unga oidligini, xotin doimo erga hamma jihatdan böysunişi kerakligini yodda saqlamoği lozim. Uçinçidan, oiladan maqsad – kimningdir hokimiyatini ta’minlaş emas, balki oilani boqiy saqlaş, inson kabi halovatda pok holda yaşaşdir. Har qanday jamoada rahbarga sözsiz itoat etilgani kabi oilada ham rahbarga sözsiz itoat etiladi. Er va xotin har qanday holda ham oilani saqlab qoliş uçun kuraşadilar. Maqsad – oila doimo mustahkam bölsin. Törtinçidan, har bir oilaning muammosi uning öziga tegişlidir. Heç kim – ota-onalar ham, aka-ukalar ham, ustoz-murabbiylar ham, imom-u sultonlar ham oila muammosining asl sababini bila olmaydilar. Ya’ni er va xotin özaro muammolarini zinhor taşqari çiqarişlari mumkin emas. Ikkisi ham birdek oila sirlarini muhofaza etsinlar, kelişmovçilik va nizolarini olamga yoymasinlar. Çunki taşqari sizgan sir va muammo oilaning – er va xotinning obrösiga juda salbiy ta’sir etadi, bu zahmatni keyin ketkazib bölmaydi. Beşinçidan, er-xotin bir-birini avaylaşi va tuşunişi darkor. Har qanday holda bir-birlarini ozorlaşdan çeklanmoqqa urinsinlar. Xoh til bilan, xoh qöl bilan – ikki tomon bundan tiyilişni öziga oliy şior etib olsin. “Men xotinimni urmayman! Unga zulm qilmayman!” – “Men erimga zulm qilmayman! Uni ehtiyot qilaman!” Oltinçidan, er ham, xotin ham hayotga tarallabedod qilişga kelmaganliklarini, hayot qiyinçilik va rohatdan iborat ekanligini anglaşi kerak. Er va xotin bir-biriga sabr qilişi şart. Xatolarini keçirişlari gözal. “Bu – mening erim!” – “Bu – mening xotinim!” – yetarli, bir-birining qusurlariga çiroyli sabr qilmoq va keçirmoq uçun kifoya. Yettinçidan, oilaning öz içki qonunlari bölişi va unga ikki tomon ham rioya etişi talab etiladi. Er-xotin bir-biriga işonsin. Bir-birining şa’ni va obrösini saqlasin. Taşqaridan oila işiga aralaşganlarning töqson töqqiz foizi oilani buzuvçilar hisoblanadi. Agar er xotinni yomonlasa, xotin erni yomonlasa, ularning gaplari rost yoki yolğon ekanligi farqsiz – dunyoga yoyiladi, hatto imom bir kişi şunday dedi deya jumada jamoatga aytib beradi.

Ularning ğiybatlarini qiliş hamma odamlarga yoqadi – bir guruh erni, bir guruh xotinni yomonotliq qiladi. Aslida, ikki guruh ham ayni şu onda şaytonning laşkaridir – şayton ularning tillari bilan oilani buzişga urinadi. Ular göyo er yoki xotin uçun qayğursalar-da, oila buzilib ketmagunça tinçimaydilar. Göyo bir taraf nobop va ahmoq xotindan yigitni qutqarmoqçi; ikkinçi taraf esa zolim erdan ayolni ozod etmoqçi. Ikki taraf ham er-xotinning iç-içdan bir-biriga talpinişini his etişdan ojizdir. Bir haybatli odam çiqib, ikki tomonni yaraştiriş haqida öylamaydi. Natijada, er-xotin orqasi oçilgan masxarabozdek xor-u zalil, şarmandayi şarmisor bölganlari qoladi. Endi qaysi davrada gap ketsa, albatta, ikkisidan birining şa’niga loy çaplanadi. Hujjat sifatida özlarining gaplari keltiriladi. Beçora gödaklar uçun ota-ona haqida tahqirli söz eşitişdan oğiri yöq, ammo ayrim befarosatlar öşa gödaklarga ota yoki onani yomonlaşdan ham tap tortmaydilar, bu işlari bilan gödakning pokiza qalbini tovonlari bilan toptaydilar. Şu sababli turmuş quradigan yigit va qiz ikki quloğiga quyib olişlari joizki, “Heç qaçon oilamning sirini sotmayman!” “Heç qaçon erimning sirini sotmayman!” “Heç qaçon xotinimni yomonlamayman!” “Heç qaçon erimning şa’niga yomon gapirmayman!” Biliş kerakki, er-xotinni bir-biriga yomonlaydigan odam katta ehtimol bilan şaytondir. Şayton uçun er-xotin janjali va oila buzilişidan katta baxt yöq. Er-xotin orasiga nizo va duşmanlik uruğini sepiş şaytonning işidir, bu işni qiladigan insonlar eng jirkanç odamlardir. Ular odam emas, ular hayvon ham emas, ular çirkin tabiatli yaratiqdirlar, xolos. Biliş kerakki, er-xotin bir-birini heç qayerda maqtaşi mumkin emas. Xotin erini maqtasa, uning sözini eşitgan tarbiyasi sust va xayoli parişon xotinlarning xayollari çuvalaşdi; öz eri qolib, dugonasi, opa yoki singlisining erini komil şaklda körişni boşlaydi. Er öz xotinini heç qayerda madh bilan zikr qilmasinki, begona boşqa er öz xotini qolib, döstining, aka yoki ukasining xotiniga köngli sust ketadi. Hatto ahmoqlarça öz xotiniga kelib, boşqa birovning xotinini maqtaşi ham mumkin. Er ham, xotin ham oila uning komil baxti ekanligini tuşunişi kerak. Oila uning uçun eng qimmatlisidir. Boylikning qimmatlisi yaşiriladi. Odamlar tilida oilang haqida duv-duv gap qilib yurişidan köra xijolatli holat bölmasa kerak. Pinhon bir şaklda – har bir odam öz oilasi bilan baxtiyor yaşasa, qanday ham gözal! Baxtli odam baxti haqida dunyoga köz-köz qilmasinki, tezda ayrilib qoladi. Oilasi bor odamning baxtsiz bölişi aqlga siğmaydi, oilasi bor erkak yoki ayol özini baxtsizman deb öylayotgan bölsa, nonkör va nokas ekan, ahmoq va farosatsiz ekan. Oiladek baxtni körmagan maxluq, oilasini gulzor-u bahoriston qilib qöymagan yaratiq, albatta, baxtsizlikka, balki bundan beş battariga mahkumdir.

Akrom MALIK

1 960marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Birinçi fasl Çimildiq va nozik masalalar Oson pul topişni istagan va hayo, iffat va uyatni yiğiştirib qöygan insonlar uçun bugun er-xotinlarning nozik munosabatlari yaxşi…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.