Qadriyatlarga sodiq holda yaşaş oson emas. Inson öziga biror qoidani qadriyat deb tanlab olsa, bu qadriyatdan…
Qadriyatlarga sodiq holda yaşaş oson emas. Inson öziga biror qoidani qadriyat deb tanlab olsa, bu qadriyatdan uni ajratiş uçun hujumlar boşlanadi. Bu öta oddiy qonuniyatdir. Nimagadir egalik qilaman desang, albatta, tortib olişni istaydiganlar topiladi. Sen özing istagan qiymatga munosib ekaningni, albatta, isbotlaşing zarur. Şu tariqa bu olamda har kim özining çegarasini çizişga va uni qöriqlaşga majbur. Heç qaçon biror yutuq yoki topilma tekinga berilmaydi, dunyo hayotida hamma narsaning badali bor. Qölingdagi har bir narsani himoyalab yaşaşing şart, himoyalamasang, şubhasiz, undan ayrilasan. Özgalarning nazdida biror kişi erişgan marra yoki yutuq oson kelgandek tuyulişi mumkin. Aslo unday emas – uning ortida kuraş va azoblar bor, faqat uni biz körmaymiz. Mabodo, oson erişilgan bölsa ham, hasadga hojat yöq – u tezda qöldan çiqib ketadi. Çunki odamzod qiynalib, jon çekib erişmagan narsasiga juda befarqdir. Qadriyatlar ham ayni şundaydir – yoş yigitça, zehnli va quntli yigitça, masalan, turli ulamolar suhbatida böladi, kitoblar öqiydi, har xil tarjimai hollar bilan tanişadi va özi uçun insoniylikning çiroyli naqşlarini çizadi – men halol bölaman, men rostgöy bölaman, men moddiyatni emas, ma’naviyatni ustun köraman, men xoin emas, sodiq bölaman, men mas’uliyatli va kuçli bölaman va hokazo. Şunday qilib, yigitça öziga qadriyatlar tanlab oldi, saraladi va mening qadriyatlarim bor deya kerilib, olamga jar soldi. Bu boylikka darhol hujum boşlanadi – hayot seni şunday holga soladiki, halol böliş qiyin böladi; şunday zulmga uçraysanki, yolğondan boşqa yöling qolmaydi; şunday muhtojlikka tuşasanki, ma’naviyatingdan sekin yuz ögirasan; nafs va şayton şunday hiyla qiladiki, fitnalar girdobida qolib, özing ğofil holda xiyonatkorga aylanasan; şu qadar çarçab, holdan toyasanki, mas’uliyat sen uçun tuşga öxşab qoladi; yelkangga közga köringan va körinmagan yuklab qalaştiriladiki, madoring tugab, men kuçsizman deyişingga töğri keladi. Va bu fursatga kelib, qarasang, qadriyatlaring talon-tarojga uçrabdi; birorta ham qadriyating qolmabdi – şuni aytadilar-da, qölingdagi boylikka, albatta, tajovuz böladi deb. Bundan kelib çiqadiki, sen qadriyatlarni öylab tanlaşing kerak; tanlab oldingmi, ularni hamişa himoya qila olmoğing lozim; buning uçun uluğlarning, senga çindan qayğuradigan biror komil şaxsning yöriqlariga quloq osmoğing joiz. Ertalab uyğonganida odam bolasi men bugun kunimni yaxşi xulqlar ila ötkazaman deya niyat qilsa, har qanday ham holda bir marta çuqur nafas olib, keyin gapirsa, ança maşaqqatlarning oldini olsa kerak.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.