Til

Mumtoz oila

YETTINÇI BOB

YETTINÇI BOB — rasm

YETTINÇI BOB

ER-XOTIN

Uçinçi fasl

Erning axloqi

Kitobning ilk sahifalaridan boşlab oila rahbari erkak, er kişi deya qayta-qayta ta’kidlab kelmoqdamiz. Ayollarni abadiy mazluma köradigan toifalar bu takarrurdan ranjiyotgan bölişlari ehtimol. Çunki tarğibot va taşviqot, ayniqsa, yoşlar ongidan ayol erkakning itoatida bölişi lozim degan fikrni siqib çiqardi. Endi özbek qizlari ham agressiv ravişda ayollarning erkiga heç kim xöjayin emas, ayollarning haqqini çeklayapsizlar deya ayyuhannos sola boşladilar. Ayollarni tarbiyaga çaqiriş, ularga odob-axloqdan gapiriş qiyin bölib qoldi. Ayollar özlarining foydalari qayerda-yu, zararlari qayda ekanligini bila olmaydigan holga tuşdilar. Ularning onglarida er xotinning xizmatkori, er xotinning barça istaklarini bajaruvçi jin degan tasavvur şakllandi. Er tun-u kun xotinni rozi qiliş uçun yelib-yuguradi, xotin xonim esa bundan faqat bahramand böladilar, vaqti-vaqti bilan janjal çiqarib, erni sudga berib bir neça sutkaga qamatib yuborişlari ham joiz. Ijtimoiy tarmoqda keça-kunduz zulm körgan xotinlar haqida har xil xabarlar çiqadi; indama, sukut qilma deya kimlardir birdamlik e’lon qiladi; har bir minbar va tokçadan ayollarning “muqaddasligi” va “bedaxlligi” haqida tinimsiz va’zlar yangraydi. Ayolning vazifasi, mas’uliyati haqida heç bir gap aytilmagani holda erning vazifasi va mas’uliyati haqida qaytqa-qayta uqtiriladi. Holbuki, masala öta nozikdir. Er va xotin muammolarini faqat qozilik va hukm qiliçi bilan qanday hal qiliş mumkin?! Buning imkoni yöq, bu şakldagi yondaşuv er va xotinni özaro uzoqlaştirişga yetaklaydi; erga çiday olmaydigan, ersiz mustaqil yaşaydigan, erga şart qöyadigan xotinlar toifasi köpayib, oilasiz ayollar adadi – sanoği kundan-kun oşyapti. Deyarli har bir işxonada ana şunday ayollar uçraydi; turmuş qurmay yoşini qirqdan ötkazganlarga heç kim ajablanmaydigan “bağrikenglik” zamoni ham tajalliy aylamoqda. Erfaqat moddiy-jismoniy juft emas degan haqiqat xayollarni tark etdi, er ayolning ruhiy-ma’naviy hayotida, aqliy-hissiy muvozanatida qanday muhim örin tutişi unutildi. Erning bor ekanligining özi xotin zoti uçun qanday ham ulkan qalqon ekanligiga köz yumildi, ersiz ayol ruhan ğarib va beçora ahvolga tuşişi heç kimga qiziq bölmay qoldi. Şu sababdan ham er nimaga kerak deb hayqiruvçilar paydo böldilar. Holbuki, er, eng avvalo, ayol ruhining hamdami; xotin oddiy buyum emas, er uçun ruhiy-hissiy muvozanat beruvçi yöldoş-ku! Er va xotin nikoh ila sakiynat va xotirjamlik topişi nima uçun zikr qilinmaydi? Nima uçun er va xotin nikohdan söng birdan halovat tuyişi esga kelmaydi?! Ayollarning ongidan erga itoat qiliş kerak degan tuşunça butkul çiqarib yuborilgaç, yigitlarga ham sen oila boşliğisan deb singdirilmagaç, oilani eplay olmaydigan xotin tabiatli erkaklar sinfi şakllandi. Ularning asosiy xususiyatlari şuki, işlamay, xotinning qöliga qaraydi; topganini xotin qöliga topşiradi; xotinning şallaqiligidan bezib, hammasiga qöl siltab qöygan; xotinning şantajidan, huquq idoralariga şikoyat qilişidan çöçib yaşaydi; xotindan ajralay desa, xotin taraf laşkar bölib kelib, er tarafga jismoniy hujum qilişgaça yetişi va bu jihatdan özini aybsiz tutişi hodisalari ham köp uçrayapti; ustiga-ustak, mahkamalarning aksari ayollar hisobiga hukm beradi; ayollar darrov bolalaridan qurol sifatida foydalanib, ularni ijtimoiy tarmoqqa çiqaradilar; qonunda aliment miqdori ikki baravar oşirilgani erkakka ikki karra yuk bölib, uning hayoti va ruhiyatiga qanday ta’sri etişi heç kimni qiziqtirmaydi; xotin desa bezillab qolganlar, xotinlar janjalidan yurak kasaliga uçraganlar juda ham köp. Yana şu holda jamiki oilaşunoslar faqat ayollarni ehtiyot qiliş haqida va’z öqişadi, ayollarni sabr va matonatga da’vat etilmaydi; erkakdan ham erkak böliş talab qilinmaydi, askinça, xotinning yöriğiga yurişi, uning köngliga qaraşi lozimligi zör berib uqtiriladi.

Natijada, erkak va ayollar ikkiga ajraldi – ikki tarafda ham bir-biriga begonalaşuv közga taşlanmoqda. Erkak va xotinlar göyo duşmanga aylanmoqda. Bu holatlar tabiiy emas, balki öta xatarli ijtimoiy fojialarning ilk daraklaridir. Sababi ösib kelayotgan qizlarda erkakning ma’nan ustunligi haqida heç qanday tasavvur yöq; yigitlarda mas’uliyat va rahbarlik töğrisida tarbiya va tuşunça mavjud emas; ular quradigan oila ertaga özbek zehniyatiga aloqasiz bir oila böladi; göyoki ikki tomonning tengligi ustiga qurilgan, ya’ni na xotin, na erning ustunligi ta’minlangan oilada heç qaçon oila halovati bölmaydi; oila degani nikohgaça nikohsiz işlar, spektakl töylar; asal deb nomlangan zahar oylar, keyin asabiyliklarga töla bir voqealardan iborat bölib qoladi. Er ajralaman desa, qonun uning ustiga yuklamalarni ayovsiz yuklaydi; ayol jabrdiyda maqomida erga istagança zulm va haqsizlik qiladi; ajraliş oqibatida erning topgan-tutgani birgalikda topilgan mulk deya xotinga heç qanday maşaqqatsiz rasmiylaştirilib, katta hajmdagi aliment va onalik tölovlari yoziladi. Undan keyingi avlod, ya’ni hozirgi bolalarning bolalari tuzadigan oila ayni paytda Ğarb va Turkiya oilalaridan heçam farq qilmaydi; balki erlar uylanişni, xotinlar erga tegişni istamasliklari haddan oşiq köpayadi; uylanmagan erkaklarning köpligi, söqqaboş bölib yaşaş, balki qandaydir yotoqdoş, töşakdoş bilan tabiiy ehtiyojlarini qondiriş odatiy tus oladi. Natijada, ota-onasiz bolalar, bola abortlarining ulkan adadi heç kimni hayron qoldirmaydi. Qadriyatlardan gapiriş kulguli körinadi; xotin erga itoat qilsin desang, örta asr, feodalizm deb baholanadi, balki qonunga, erkinlikka qarşi çiqyapsan deya yoqaga yopişuvçilar ham topiladi. Şuningdek, xotinlar onalikni oliy baxt deb biliş örniga, onalikni yuk deb oçiqdan oçiq aytadilar; özimga vaqtim qolmayapti, bolam bor; ikkita, uçta bolam bor – hayotim faqat ularga qaraş bilan ötyapti deya bolaga ğamxörlik qiliş, unga mehr körsatişni çeksiz fojia sifatida baholaydilar; ular uçun bu tuban xudbinlik tabiiy körinadi va bu holda bunday tabiatli va bunday e’tiqodli xotinga heç qanday nasihatning foydasi bölmaydi. Bir haqiqat aniqki, ayol tabiatan zaifa hamda mute yaratilgan. Deyarli har bir ayol içida bir tobe va ojiza yaşaydi. Ayolning haddan oşib, çegaradan çiqib ketişi erkakning ma’naviy quvvati yetarli emasligidandir. Erkak özining özgarmas fikrlari, hayotiy mezonlari va metindek mustahkam qadriyatlariga ega bölmasa, har qanday mute ayol uning qöl ostida itoatsiz böriga aylanadi. Ammo erkak ma’nan baquvvat, ruhan kuçli, aqlan yetuk bölsa, oila bobida sobit va adolatli, marhamat va muruvvatga asoslangan qadriyatlariga ega bölsa, şu qadriyatlarga sodiq holda yaşaşdan çekinmasa, ajdahodek xotin ham unga yumşoq bölib taslimiyat keltiradi. Erkak özining axloqi ustida işlamasa, komil axloqini şakllantirmasa, siqiladigan, içadigan, noliydigan bir nusxaga aylanadi. Natijada, oilada göyo ikkita ayol yoki ikkita çala erkak yaşayotgan böladi – latta erkak va erkaklaşgan xotin. Şu sababli biz bu faslda erkakning axloqi haqida astoydil va har tomonlama töxtalişga qaror qildik.

Davomi bor

Akrom MALIK

2 250marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Ikkinçi fasl Umumiy qoidalar Er va xotinning oilada alohida vazifalari, xulqlari bölişi bilan bir qatorda ikkisi uçun ham umumiy bölgan qoidalar mavjud. Bu qoidalarni har…

    4 daqiqaMumtoz oila

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Birinçi fasl Çimildiq va nozik masalalar Oson pul topişni istagan va hayo, iffat va uyatni yiğiştirib qöygan insonlar uçun bugun er-xotinlarning nozik munosabatlari yaxşi…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.