Mumtoz oila
YETTINÇI BOB
YETTINÇI BOB
ER-XOTIN
Uçinçi fasl
Erning axloqi
Erkak uçun eng birinçi masala – nima uçun yaşayotganini hal qilib olişdan iborat. Agar bu masala işonçli va qat’iy hal qilinmasa, har qanday tamoyil va axloqiy qoida iş bermaydi. Erkak musulmon sifatida yaşaşni öziga tanlab olgan bölsa, demak, Islom körsatmalariga muvofiq borar manzili haqida qat’iy töxtam sohibi bölişi talab etiladi, tabiiy. Erkak odam quyidagi savollarning javobini uzoği yigitlik davridayoq – uylanguniça hal qilib bölişi şart. “Nima uçun yaşayapman? Hayotdagi boş vazifam nimadan iborat?” “Qanday şaklda yaşasam, töğri böladi?” – bu örinda sevimli kasb tanlaş, sevimli hunar egallaş va yana qandaydir his-tuyğular, maişiy armon va orzular baçkanalikdan boşqa narsa emasligini erkak odam jiddiy bilişi lozim. Odam bolasi özi istaganidek, barça moddiy maqsadlarga erişmasligini anglab yetiş oqilning işi. “Ölimdan keyin ahvolim nima keçadi?” Modomiki, inson ölganidan söng ruhlar olamiga ötişi, darhol bu dunyo hayotiga mos ravişda azob yoki rohatga yöliqişini bilsa, butun olamning işi bitirilib, qiyomat qoyim bölgaç, amallar hisob-kitobi şaksiz aniq ekanligini anglasa, hayot rejasini şunga moslaş tuzuk odamning işidir. Bu masala qat’iy ravişda hal etilgaç, erkakning oiladagi ikkinçi xulqi – raşk va egalik işonçidir: “Oila meniki. Xotin meniki. Bolalar meniki. Men ular uçun ikki dunyoda ham javobgar va mas’ulman. Oilamdagi har bir hodisa mening zimmamdadir – yaxşiligi ham, yomonligi ham menga oid”. Xotin Xudoning erga bergan omonati, bu omonatga er egalik qiladi – uni qöldan çiqarib qöymaslikka urinadi. Bu eng birinçi galda xotinga taloq lafzini işlatmaslikdir. Uylangaç, taloq lafzini luğatdan, ajraşiş mumkin degan öyni aqldan çiqariladi. Xotin meniki va uni heç kimga bermayman degan fikr qalbga, nafsga, aqlga qat’iyan örnaşadi. Bu fikr orqali xotinga taloq aytiş vasvasasi butkul ketadi. Taloq aytilmasa, oila har qanday zilzilaga doş beradi. Ahmoq xotinlar taloğimni ber deb baqirişlari mumkin, ularning ahmoqliklariga ergaşmaslik, ularning bu ahmoqona talablarini bajarmaslik lozim. Unutmaslik şartki, xotinni oldingmi, u seniki; u öz otasining uyida qanday tarbiya olgani haqida unut; heç qaçon senga tayyor yetuk xotin kelmaydi; sen uni yillar davomida avaylab axloq va aql; farosat va matonat bobida kamolga yetkazasan. Xotinni ayblama. U senga mute bölişi uçun ham şunday zaifa yaratilgan. Agar uning xatolari köp bölmasa, senga nima uçun itoat qilişi kerak? Noqislar komillarga noqisligi uçun muhtojdirlar. Erkak odam sovuqqon va vazmin böladi. Dakki beriş va jazolaş işlarida aslo şoşilmaydi. Xotinning ayrim ayblariga köz yumiladi. Aytilmaydi. Xotini bilan juda xuşçaqçaq bölib ketgan vaqtlarida ham sovuqqonlik va aqlni boy bermaslik yaxşi – şunda ortiqça gap tildan çiqmaydi. Erkak odam sir saqlaşga majbur. Ota-onaning ham, aka-ukalarining ham, qarindoşlarining ham, xotinning ham sirini saqlaşi şart. Öz ota-onasidan, aka-ukasidan, opa-singlisidan nolib, şikoyat qiliş oqibatda juda katta yöqotişga olib boradi: şu ondan boşlab xotin erini özi bilmagan holda pisand qilmaslikni boşlaydi. Erkak uzoqni öylaydi – har bir söz, qaror va işning oqibatini teran tahlil etadi: “Hozir şu gapdan keyin qanday javob (reaksiya) böladi? Bu qarorni bergaç, uni amalga oşiriş mumkinmi? Bu işning oqibatida qanday natija kelib çiqadi?” Şu ma’noda xotin talab qiladigan narsalar, söraydigan işlarga aniq va qat’iy javob bermasligi, talablarning hammasini bajarmasligi, öylab köramiz deyiş bilan çeklanişi maqsadga muvofiq. Erkak xotinning istaklariga köra vaqtni şakllantirmaydi, balki öz şaroit va imkoniyatidan kelib çiqib, axloq va insofga tayanib vaqtni tartiblaydi: xotin qança vaqtda onasining uyiga boradi; qança vaqtda yangi kiyim kiyadi; qança vaqtda unga gul yoki şirinlik hadya qilinadi; qança vaqtda dam olgani boğ-roğlarga boriladi – şu kabilarning barçasini er nazorat qiladi.
Xotin boşidagi erni his etişi, heç qaçon mustaqil qaror berişi mumkin emasligini bilişi va şunga köra yaşaşi lozim. Xotin köngli tusagan narsani tezda qölga kiritsam deydi; vaziyatni hisobga oliş, şaroitga qaraş esiga kelmaydi; muammolarni yeçişda faqat yuzaki qaraydi – bu xususiyatlarni erkak bilişi şart. Xotin asabiylaşsa, hayajonga tuşsa, jaholat körsatsa, erkak şunday qilişi şart emas. Örtadagi muammo janjal, haqorat, uriş bilan hal bölmaydi. Xotinning aqli istaklari ado etilmaganligi sababli zaiflaşib qolsa ham, janjal vaqtida erning ğazabini keltiriş uçun qasdlaşişi ham ehtimoldan xoli emas. Şuning uçun er aqlni yöqotmasligi, xotirjamlik va sokinlikni qöldan boy bermasligi töğri iş. Şunda xotin qarşisidagi odamning qançalik ulkanligini va özi uning oldida qançalik zaif va kiçikligini idrok etib, taslim böladi. Er tahlil va tafakkur bilan xotinning fikrlaşini, aqlini östirişi lozim. Buning uçun özi şu qadar fikrli hamda xotin qarşisida sabrli bölib, yuqori maqomda turişi talab etiladi. Er özi bilan xotin orasidagi farqlarni bilib olgani öziga foyda. Er aqlli, sabrli – xotin aqlni yöqotuvçi va şoşqaloq. Er har bir sözni öylab gapiradi – xotin öylamasdan gapiradi. Er xatosini tan olişga qodir – ayol xatosini tan olmaydi. Er bir tomondan keladigan gapga işonmaydi, xususan, xotinning hamma axboroti töğri emasligini biladi, çunki ayol zoti munosabat va xabarlariga öz tasavvuri, hayajoni va nafrat hamda muhabbatini qöşadi – xotin deyarli har bir xabarga çippa-çin işonadi; hatto bir-biriga teskari gaplarni ham rost deb öylaydi; ayolni hissiy boyitilgan narsalar – közyoş, musiqa va şu kabilar tezda işontiradi; eşitgani ta’siridan çiqa olmay qoladi; eşitganini hujjat sifatida boşqalarga ham yetkazaveradi; aybdor bölsa ham özini oqlayveradi. Er savollarga şoşilmay javob beradi; öylab fikr bildiradi; işlarini vazminlik ila bajaradi – xotin savolni eşitsa, bas, tuşunişi ham şart emas, javob beradi; fikr bildirişdan avval ham, keyin ham deyarli öylamaydi; işlarini tez va maqtaniş uçun qiladi. Er qat’iy, kuçli, şafqatli, rahmlidir – ayol qat’iy kuç qarşisida egiluvçi; maqsadga yetiş uçun yolğon töqib, makr qiluvçi; rahm-u şafqatni unutib qöyguvçidir. Ba’zan kallasiga kirib qolgan narsani qöyib yubormaydi. Xotinning asosiy maqsadi – erini rom qiliş, erni hayron qoldiriş, undan maqtov eşitiş, erdan lutf va mehribonlik körişdir. Bu omillarni anglab, er maqtovni ham, hayratini ham, lutf va mehribonligini ham reja bilan xarjlaşi kerak – haddan oşgan yumşoqlik natijasida xotin heç qanday yaxşi gap va iltifotni qadrlamay qöyadi; özi bexabar holda erni hurmatsiz qilişga ötib ketadi. Xotinning oldidan çiqmay ötiriş, u bilan har narsani gaplaşiş erning ziyoniga işlaydi. Hamma narsani me’yoriga amal qiliş talab etiladi. Er xotiniga çöntakdagi puli, oladigan oyligi, topadigan daromadi, qarzlar miqdori, kelajakdagi rejalari; gaptaşir (telefon) kaliti – kodi; boradigan joyi, döstlari va şu kabi narsalar haqida aytmasa, faqat foyda topadi. Çunki bu kabi ma’lumotlar xotin kişining öylarini çalkaştiradi; jahli çiqqan vaqtida qaysi gapni gapirayotganini unutib, nima desa degan vaqtlarida şu narsalarni ham bozorga solib yuboradi. Er xotinning hamma gaplariga e’tibor beradi, ammo javob bermaydi. Lekin xotinning sözlarini eslab qolişi lozim, çunki bu gaplar orqali xotinning xulqi, tabiati, fikrlari qanday şakl olayotganini, kayfiyati qanday özgarayotganini tahlil etadi, şunga yaraşa iltifot va e’tibor körsatiş strategiyasini tuzadi. Şunday qilib, erkak xotinni töliq boşqaradi; xotinning ta’sir doirasiga tuşmaydi; xotinining hissiyot va aqlini butkul öziga moslaydi; xotindan tayanç yoki moddiy manba sifatida foydalanmaydi, ya’ni uning işlaşini, öziga moddiy yordam berişini talab qilmaydi; xotin loy bölsa, erkak – qolipdir; qolip qanday bölsa, ğişt şunday şakl oladi.
Ba’zan ayrimlarning xotinga dalda beriş kerak degan gaplari yoki buyuk erkakning ortida buyuk xotin turadi degan falsafasini eşitib qolamiz; er şu darajada ruhan baquvvat, aqlan yetuk, axloqan metin bölişi kerakki, uning borligi va nigohlari xotinga dalda bölsin; er yaxşi tarbiya bersa, xotin uning oyoğiga tuşov emas, balki buyuk işlari uçun yordamçi ham bölişi mumkin, lekin er şu holda ham öz maqomi va axloqiy qoidalaridan çiqib ketişga haqqi yöq. Har qanday xotin erining amrlarini bajarişga qobildir. Bir isyon qilar, ikki isyon qilar; lekin er şoşilmay, vazminlik bilan, öz fikri va amrida qat’iy turib, davom etsa, xotin, albatta, erga böysunişdan boşqa çora topmaydi. Xotinim menga böysunmaydi deyiş erkakning gapi emas, xotin erning hamma amrlarini töliq va komil bajaradigan salohiyatga ega emas, axir. Ayrim çala işlariga indalmaydi; xotin me’yordagi nuqsonlari borligi bilan xotin. Agar u er istaganidek, nuqsondan xoli bölsa, u holda, u xotin emas, er bölib qoladi-ku. Keraksiz va ham köp ğazab erning obrösiga salbiy ta’sir qiladi. Xotinga noörin ğazab qilinmaydi, aksinça, uning zaifaligidan kelib çiqib, şafqat bilan yondaşiladi. Er xotiniga: “Sening asosiy vazifang – oilani gullatiş, obod qilişdir!” – degan ğoyani singdirişdan töxtamasligi şart. Bugungi kun xotinlari ana şunday tarbiyaga muhtoj. Er xotini haqida onasi yoki opa-singlisidan eşitadigan maqtovdan şodlanib, şikoyatlardan ranjimasin; ularning gapiga qarab xotinga munosabatni özgartirmasin; yoki aksinça, xotinning gapiga suyanib, ota-onasi, aka-ukasi, kelinlari, opa-singillariga nisbatan muomalasi, öylari özgarmasin – ikki taraf ham ayol zotiga mansubdir; ularning baholaşlari aniq va ravşan qusurli va biryoqlama bölib, barça fikrlariga xotinning hissiy munosabati yaşiringan; ana şu narsaga erkak asir tuşib qolmasligi; har bir holatni aql tahlili bilan tekşirişi lozim. Er xotinning röyxati asosida rözğorga bozorlik qiladi, lekin özi şaxsan oziq-ovqatlar hisobini olib yurişga mas’ul – ayol kişi isrofga yengil qaraşi heç gap emas; ortiqça ovqatlar qilib aynitiş, axlatga taşlab yuboriş, guruçlarga qurt tuşişga yöl qöyib beriş kabilar bölmasligi uçun erkak bozorlik me’yorini yaxşi özlaştirsin, çunki rözğorlikni tökin qiliş natijasida isrof köpayib, oila barakadan ayrilişi mumkin.
Ayrim erlar xotindan işlaşni talab qilib, xotin topgan pulni çöntakka ikkilanmay urar emişlar. Bunday erlar allaqaçon erlik röyxatida yöqdir. Xotin erga tegaman deb, xotinga tekkan ekan. Xotin işlayman desa, Xudoga ibodatni, erga xizmatni, bolaga tarbiyani qoyillatganidan söng boşqa erkak yoki xotinlarga boş egmaydigan, mustaqil şaklda bajariladigan işni qilişi joiz bölsa kerak. Ham öz eriga, ham boşqa erkakka boş egiş unçalik ham mantiqli holat körinmaydi. Xotin umri davomida birgina erkak – öz zavjiga boş egib yaşarkan, u çin malika, u çin qiroliça, u hur – ozod ayol, u asilzodadir. Lekin öz eri qolib, boşqalarining amr-u farmonlariga muntazir turiş, avvalo, ayolning tabiatiga va erning hamiyatiga mos kelmasligi haqida öylab köriş kerakka öxşaydi. Er xotin modomiki, jamoa bölib yaşarkanlar, ularning nikoh ahdi bilan tuzilgan ittifoqi Xudoning huzurida yozilgan ekan, er xotinga öz örnida qattiqqöl, öz örnida iltifotli bölişi tabiiydir. Bu amaliyotlar uçun erning usta siyosatçi bölişi talab etiladi. Er ekanman, bir oila ekanmiz deya turli adabsizlik va ahmoqliklarni qilmasligi, özini kezi kelganda tiyişi, hamma voqea-hodisaga aql va işonç, vazminlik va sabr közi bilan qaraşi şartdir. Xotinning xatosini aytişda şirin sözli va qat’iy böliş kerak. Muloyimlik ortidagi qat’iyat xotinning nafsiga yoqmasa ham, qalbini maftun qiladi.
Xotin uzoq vaqt eri bilan yaşar ekan, uning aqli köpayadi; farosati teranlaşadi; mas’uliyatni his qilişni boşlaydi; xudbinlikdan qutuladi; asta-sekin nafsi emas, aqli ustun kelişni boşlaydi; erdan ta’sirlaniş natijasida undan ham aqlli maslahatlar, jöyalik takliflar çiqadi – bu narsani er nazardan qoçirmasligi va joiz topilsa, amalda qöllaşi mumkin. Er qattiqqöl bölaman deya oilani zimiston va zulmat qilmasin; hammaning ovozi öçgan, hamma bir-biridan bezgan bir makonga aylantirmasin; şuningdek, mehribon-u bağrikeng bölaman deb oilani sirk yoki masxaraxona qilib qöymasin – oila osoyişta, mehr-muhabbatga tölgan; odob-axloq amal qiladigan; hamma bir-birini suyaydigan; hamma talpinadigan dargoh bölsin. Xulosa qilib aytganda, er xotinning egasi, uning murabbiyi, uning nazoratçisi, uning dösti; bolaga qanday ehtiyotkorona muomala qilsa, xotinga şunday muomala qilişi joiz; oilaning imoratini mustahkam uşlaş deyarli hamma jihatdan erga boğliq; er hamma mas’uliyatni yelkaga oladi; ustalik va tadbir; farosat va qat’iyat; matonat va hikmat; siyosat va rayosat bilan xotinni, pirovardida, oilani uşlab turadi. Biz er xotinni erkalasin, sovğa bersin degan maişiy masalalarga töxtalmadik, tabiatida erlik komil şaklda mavjud bölsa, bu işni har bir erkak farosati bilan qilaveradi, bozorga soliş şart emas.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.