Til

Mumtoz oila

Nega ba’zan avval kuçli sevgi, keyin nafrat paydo böladi? Sevgi – bir tomonning ikkinçi tarafga talpinişi. Bu…

Nega ba’zan avval kuçli sevgi, keyin nafrat paydo böladi? Sevgi – bir tomonning ikkinçi tarafga talpinişi. Bu… — rasm

Nega ba’zan avval kuçli sevgi, keyin nafrat paydo böladi? Sevgi – bir tomonning ikkinçi tarafga talpinişi. Bu hirs yoki şahvat qasdidagi talpiniş emas, balki mazkur tama’dan ozod bölgan tuyğu uşbu matnimizning boş mavzusidir. Sevgining paydo bölişi tahqiqida şunday gaplar bor ekan: sevgi kamol sababli uyğonadi, ya’ni bir insonning muayyan masalada mahorati, ilmi, xulqi qalbda unga nisbatan iliqlik uyğotadi. Sevgi navol bois tajalliy etadi, ya’ni bir odamdan beminnat yaxşilik körgan odam unga qattiq boğlanadi. Bu holdan ayrim tuzumlar ğaraz bilan foydalangan: yetim bolalarga avval qattiq zulm qilişgan; söng kimdir uni qutqargan, öşa qutqarganiga beçora yetim qattiq muhabbat qöyadi. Sevgi jamol tufayli keladi – köz-qoşi çiroyli, qomati hipça bölganlarga ham odamning ixtiyorsiz ravişda işqi tuşib qolişi mumkin. Sevgining haddan oşişi xatarga olib boradi. Kamol va yaxşilik hosili bölgan sevgidan köra jamol – çiroy uyğotgan sevgida xavf kuçli. Bu qanday xatar? Sevgining, yoki oşiqning yuradigan yöli xaritasi bunday: avval qalbda miltillagan yoqtiriş seziladi; agar bu sevgining uruği bölsa, bir deganda guvillab butun qalbni alanga kabi qamrab oladi. Benzin sepib, ustidan gugurt çaqilganda olov qanday kötarilsa, işqning olovi ham dilning içida şunday kötariladi. Sevgi bobida inson ikki bosqiçdan ötadi: birinçi bosqiçda u sevgining tabiati va mohiyatini bilmaydi; bu haqida na ilmi, na tajribasi böladi. Bu köproq yoşlarga tegişli. Şu sababli işq oşiqni ilk hujumi vaqtida telba qilib qöyadi. U sevgilini hadsiz soğinadi; yursa ham, tursa ham uni öylab, aqldan ozib qolay deydi. Sevgisini izhor qilay desa, jur’at yöq. Jur’at qilay desa, sevgilidan bir yöla ayrilib qolişidan hadiksiraydi. Şu tariqa oşiq yonib-kuyib yuraveradi. Ammo bu işq sekin sokinlaşadi. Bu bosqiçdan eson-omon ötsa, oşiq ziyon-zaxmatsiz qutuladi. Lekin işqning ilk hujumidan ham, takror hujumidan ham ziyon çekmay xalos bölganlar juda kam.

Sevgining ikkinçi bosqiçi – oşiq işqning bir kelib, bir ketgani haqida tasavvurga ega bölgaç, uning hujumini oldindan seziş qobiliyatini qölga kiritadi. Yana kimgadir nisbatan içida talpiniş paydo bölsa, boşiga nimalar tuşajagini bilib, töfonga yoki olovga kirişga tayyorlangandek tayyorlanadi; işq uning boşiga ne musibatlar solişini aniq tuşunadi. Juda ham aqlli insonlar bu balodan qutulib qolişlari mumkin, bunda ham öşa sevgilidan qoçişdan boşqa yöl qolmaydi. Agar ilk uçqun vaqtida oşiq qoçib qolsa, yutdi. Qoça olmasa, ikkinçi uçraşuvda alanga kötariladi; keyingisida sevgili unga biror lutf qilsa, tamom, endi u ma’şuqning qulidir; keyingi safar ma’şuq unga e’tibor bermay, boşqalar bilan biroz maşğul bölsa, ana endi tomoşani köring – oşiq uçun butun jahon zimistonga çömadi; göyo qiyomat qöpadi. Bu çinakam işq va uning şifosi yöq. Mana şu oraliqda qiziq narsalar sodir böladi – agar işq çin bölsa, bu yondi-kuydilardan söng hammasi bir maromda ketadi; lekin xom bir sevgi bölsa, oşiq sevgilini yomon körib qolişi mumkin. Xomligi unga nafs aralaşib, nafs istaklari va sevgining qorişganidir. Bu aralaşma juda xavfli zahardir. Nafsning jismoniy va ma’naviy şahvati bor. Jismoniy şahvati tana lazzati suvratida körinsa, ma’naviy şahvat kibr va izzattalablik ila namoyon böladi. Nafs sevgiga aralaşsa, ikki ofatdan biri yuzaga çiqadi. Buning oqibatida sevgi atalgan tuyğu nafratga aylanadi. Oşiq sevgilisi uçun jiddiy duşmanga aylanib, unga yomonlik qilişga tutinadi. Orif va oqil odam şu sababli sevgi xatarini sezsa, unga izn bermaydi. Çunki uning oqibati ma’lum emas. Sevdim deya olamga jar solişdan tiyilmoq ma’qul. Başarti, sevgidan söng nafrat paydo bölsa, tavba qiliş va hamma işni Xudoga topşirib, ibodat bilan köproq band bölganning najotiga umid bor. Bu sevgan tarafning muammosi edi. Sevilgan taraf mabodo oqil bölsa, özini sevib qolişlaridan asraydi. Sevilsa ham, bu sevgining oqibati nafrat bölmasligi uçun beçora oşiqqa hikmat va tadbir ila muomala qiladi. Lekin buning uçun u juda himmatli bölişi kerak, aks holda, birov uçun jon kuydirib nima qiladi?! Lekin çin işq, çin pok bir muhabbat ham borki, bu maqomda ikki taraf bir-birini tuşunadi, bir-birining oldida tuproq böladi, bu yerda nafsning na şahvat-u izzatparastligi bor! Aksinça, bu muhabbat dunyoni jannatga aylantirib, oxiratda jahannam uqubatlarini unuttiradigan va qalbga çeksiz xotirjamlik beradigan, jannatni ham abadiy va tasavvurga siğmas bir makonga eviradigan bir muhabbatdir. Uni havas qiliş mumkin, xolos.

Akrom MALIK

1 560marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Ikkinçi fasl Qaynota Qaynota kelinlar bilan deyarli muloqot qilmaydi. Uning maqomi juda baland bölgani sababli u va kelinlar orasida parda bor. Bu parda heç qaçon…

    2 daqiqaMumtoz oila

    SAKKIZINÇI BOB

    QAYINYURT Birinçi fasl Umumiy masalalar Sovet davrida eski qadriyatlarni çil-parçin qiliş uçun tizimli va maqsadli işlar olib borildi. Eng birinçi nişon oila edi. Oila parokanda…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.