Til

Mumtoz oila

Sakkizinçi bob

Sakkizinçi bob — rasm

Sakkizinçi bob

QAYINYURT

Ikkinçi fasl

Qaynota

Qaynota kelinlar bilan deyarli muloqot qilmaydi. Uning maqomi juda baland bölgani sababli u va kelinlar orasida parda bor. Bu parda heç qaçon kötarilişi, bu pardaga heç qaçon zaxmay yetişi mumkin emas. Qaynota oilada eng haybatli insondir. Uning sözi toğdek oğir. Uning qaraşlari, uning borligi, uning ovozi barça nizolarni bostiradi; uning hukmi hamma tomonidan sözsiz qabul qilinadi. Bu darajaga erişiş uçun qaynotaning obrösiga zid gap bölişi mumkin emas. Qaynota hamişa bosiq va sokin yuradi. Köp vaqtini ibodatga va foydali işga sarflaydi. Heç qaçon keraksiz işlar bilan maşğul bölmaydi. Kelinlar qaynotani aslo noqulay holda körişlari, undan keraksiz sözlarni eşitişlari mumkin emas. Qaynota hammani tinglaydi. Uning oldida hamma öylab, sözlarini saralab gapiradi. Söng qaynota bitta gapiradi – hamma unga itoat qiladi. Qaynota nimtabassumli, viqorli, jazolaşda şoşmaydigan, şafqatda me’yorni biladigan, öz qadri va salobatiga mos harakat qiladigan odamdir. U masjidga har jamoat namozi uçun çiqsa afzal. Qaynota – uyning mehvari, uyning ustuni. Unga qarab hamma özini töğirlaydi, unga qarab rejalar tuziladi va yönalişlar aniqlanadi. Qaynota kelinlar himoyaçisidir. Qaynonaning şikoyatlarini eşitarkan, uni kengfe’l bölişga, sabrga, şukurga çaqiradi; muhim masala va muammolarni heç qaçon kiçiklar oldida hal qilmaydi. Heç bir keliniga qattiq gapirmaydi, erkalamaydi, balki yaxşi gapirib qöyadi. Qaynotalar öz vazifasini töğri bajarsa, qaynonaning xato işlariga yöl qöymasa, xato sodir bölgan taqdirda ham adolat va qat’iyat ila uni tuzatsa, doimo kelin tarafda tursa, ayni paytda, kelindan nuqson körinsa, buni özi emas, kampiri yoki öğli orqali bildirsa, oila osoyişta va mustahkam böladi. Qaynota kelinlardan ranjisa, buni bildirmasligi, sukut saqlaşi va ranjiganligi sababli kelindan özini yana uzoq tutişi unga yaraşadi. Şunda kelin farosati bilan xatosini özi topib, tuzatişga urinadi. Qaynota heç qaçon kelinlar bilan bir dasturxonda ötirmaydi, bu uning maqomiga ziddir. Qaynota öğillar va nevaralar bilan alohida ötiradi. Bugun kelinlar qaynotasini örtoqdek körişlari, ular bilan öpişib söraşişlari va boşqa adabsiz, ortiqça harakatlar mumtoz oila nizomiga ziddir va buning natijasida, qaynota oiladagi vazifasini töğri bajariş haqqidan, imkonidan ayrilib qoladi. Bunga yöl qöymaslik lozim.

Akrom MALIK

1 720marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    SAKKIZINÇI BOB

    QAYINYURT Birinçi fasl Umumiy masalalar Sovet davrida eski qadriyatlarni çil-parçin qiliş uçun tizimli va maqsadli işlar olib borildi. Eng birinçi nişon oila edi. Oila parokanda…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.