Mubtalolik – yomon balo. Biror zararli va qaytarilgan işga berilib qolişning nomi – mubtalolikdir. Qaysi…
Mubtalolik – yomon balo. Biror zararli va qaytarilgan işga berilib qolişning nomi – mubtalolikdir. Qaysi işdan Xudo va payğambar qaytargan bölsa, qaysi işni oqil va donişmand, pok va uluğ insonlar yoqtirmasa, öşa işda inson va insoniyat uçun xatar bor. U işning ozi ham, köpi ham odambolasini oğir ahvolga soladi. Bunday işlardan kişi özini qöriqlaşi uçun unga aql berilgan. Aqlni muhofaza etiş va östiriş uçun adab va xulq ato qilingan. Adab va xulqni özlaştiriş va hayotga tatbiq etiş bilan aql ziyoda böladi, aql köpaysa, rivoj topsa, odam özini muhlik illatlardan saqlaşi osonlaşadi. Adabni öziga boş mezon va qoida qilgan xalqlarning peşonasi yoruğ, hayotlari qayğudan foriğ. Adabni lozim tutmaganlarning keça-yu kunduzi vujudida oğriqdir. Eng yomon işlardan ham inson adab vositasi ila qutulib ketsa, ne ajab. Adab va hayo egizdir. Adab – köpligi odob – har kim va har narsaga u munosib muomalani qilişdir. Hayo – nomunosib işlarga izn bermaydigan tuyğudir. Hayo qalqondir, bu qalqon qöldan tuşsa, duşmanlar hujumidan halokat sodir böladi. Adabga ayrim misollar: ota-ona oldida oyoq uzatmaslik, çordona qurib ötirmaslik; kitob bor xonada yalanğoç bölmaslik; odamlar içida yengi kalta kiyim kiymaslik; kitoblarni yerga qöymaslik; har qanday joyda ham ovozni baland qilib xoxolamaslik; heç kim yöq bölsa ham, hayosiz narsalarga tikilmaslik; qayerda yomonlik sodir bölsa, öşa yerdan tez ketiş. Yomonliklarga fahş va içkilik misol böladi. Erkak ham, ayol ham hayoga muhtoj. Hayo közdan boşlanadi. Közni nojoiz joylarga tikmaslik, nojoiz sözlarni eşitmaslik va nojoiz sözlarni aytmaslik hayodir. Tanani oçmaslik hayodir. Hayoning asl joyi – qalb. Qalbda nojoiz öylar kelişidan uyaliş – hayoning asli. Özining va özganing sirini aytmaslik – hayo. Özining va özganing ayblarini yaşiriş – hayo. Özini maqtamaslik, maqtov talab qilmaslik, maqtovdan noqulay holga tuşiş – hayo. Kimlar bilandir aytişmaslik, janjal qilmaslik – hayo. Boşqalarning ortidan gapirişdan uyaliş – hayo. Hayo pardasi tezda kuyadi. Kuygandan söng uni qaytariş mumkin emas. Odambolasi adab va hayosi tekşirib tursa, uni yöqotmaydi, agar hayo lozim örinlarda qalbda uyaliş hissi bölmasa, buning uçun köp yiğlaş kerak. Ajab emas, şu yiği sababli Xudo hayo ato aylasa. Bugun adab va hayo gapiriş noqulay. Çunki adab va hayo bugungi holimizdan uyalib, qoçib ketgan bölur edi. Bizga eng keragi adab va hayo, ammo olamda uruği qurib borayotgan hayot daraxti – adab va hayo.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.