Farzand tarbiyasi inson hayotidagi eng asosiy masalalardan biri. Har bir xalqning öziga xos tafakkuri,…
Farzand tarbiyasi inson hayotidagi eng asosiy masalalardan biri. Har bir xalqning öziga xos tafakkuri, zehniyati bor. Özbek xalqi uçun hayo, odob, kattalarga hurmat, otaga itoat, farzandga şafqat, özini köz-köz qilmaslik, xususan, oila içini elning köziga körsatmaslik kabi qoidalar juda muhimdir. Özining qadimiy ildizlariga ega, avloddan avlodga ötib kelayotgan an’analari bölgan oilalar, ya’ni ajdodlaridan, ota-onasidan tarbiya olgan oilalar uçun bu tamoyillar eng asosiy masala sanaladi. Bu oilalar sirli va haybatli oilalardir. Bu oilalarda otaning gapi gap, sözi söz. Aka ukalarga boş. Uka akaga itoatda. Kengfikrli yondaşuv, oiladan taşqaridagi birovga, çet elda yaşaydimi u, katta mansab egasimi, modomiki, işonçga kirmagan ekan, hatto işonçga kirgan taqdrida ham unga ergaşmaslik, muomala-munosabatda yotlarga taqlid qilmaslik bunday oilalarning boş mezonidir. Bunday oilalarda tarbiyaning yangi usullari qidirilmaydi; ota-ona bolamga qanday muomala qilay, qanday tarbiya beray deb boş qotirmaydi, unda sulolaning içki qoidasi va namunasi bor – şu şaklda işlayveradi. Bunday oila bolalarini youtubega olib çiqmaydi, xotini bilan er-xotin podcast qilmaydi, bayram sovğalari haqida olamga jar solmaydi, turli şaxsiy masalalarni ijtimoiy tarmoqqa joylab, xoh ibrat bölsin, xoh illat bölsin – şarmandalik qilmaydi; turkiy xalqlar eski zamonlarda oilani avrat deb atagan ekan, aynan şunday söz Sayfi Saroyining 1392-yil yozilgan “Turkiy Guliston” kitobida ham kelgan – bir söz bilan aytganda, şarafli oilalar avrati bilan şon-şuhrat qozonmaydi, sababi avrat begonalar közidan berk turişi kerak. Ayrimlar siyosiy qoçqin, keyin fuqarolik olib qaysidir begona davlatga joylaşgan ekan, ular öşa yerdagi zehniyatdan ta’sirlanib, xotin-bola-çaqasidan jamoatçilikka ma’rifiy spektakl qöyiş uçun istifoda aylasa, bu teatrlarga qarab angraymaslik va aldanmaslik kerak. Ular öşa yerdagi muhit va ta’sir içidadirlar. Ular öşa yerning jöğrofiyasi asosida fikrlaydi. Ular uçun qizning betgaçoparligi öta tabiiy hol, bizda esa otalar turmuşga çiqqan qiziga tik qaramaydi. Ularda öğil otaga qarab falon işingiz xato deyişi mumkin, lekin bizda xöp böladi ota deyiladi. Ota köngli biz uçun uluğ, ular esa ota könglini ham, haybatini ham nazarga ilmasliklari oson. Ular bunday muloyim suvratda adabsizlikni tarğib qilişsa, yoğli sözlar bilan eski axloqqa zimdan zarba berişsa, indamay qarab ötiraylikmi? Çetda turib oila haqida yurt içidagilarga ta’lim beriş – bu ma’naviy bir hujumdir. Ular bizning oilamiz içki ruhiyati va şaklini qurib berişga aslo haqli emaslar. Marhamat qilib, Vatanga kelib yaşasinlar, xalq bilan birga aççiq-çuçukni totsinlar, şu yerda odamlarga yaxşilik qilib qöysinlar, özining qanday yaxşi odamligini hammaga körsatsin, isbotlasin; keyin köramiz – bunday odamlar gapirişga haqlimi, yöqmi?! Xuddi şu gap özidan siyosiy muxolifat yasab olgan xoinlarga ham tegişli. Şuningdek, qandaydir sayt va axborot manbalariga ham. Bu kaminaning yondaşuvi, xulosasi, agar sizlar şunday odamlarga oilangiz tarbiyasini işonsangiz, bu sizning tanlovingiz. Agar yöq, kimdan çora söray desangiz, eng avval oilangiz uluğlaridan maslahat oling, agar unday odamlar bölmasa, mahallangizdagi ilmli, diyonatli, işonçli insonlardan, xususan, ahli ilm imomlardan yöl sörang, internetdagi soxta muloyim şayx-u şayxnisolardan emas.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.