Til

Mumtoz oila

SAKKIZINÇI BOB

SAKKIZINÇI BOB — rasm

SAKKIZINÇI BOB

Uçinçi fasl

Qaynona

Qaynona der ekanmiz, biz bu yerda kelinning qayin onasi haqida gapiramiz, kuyovning qaynonasi keyingi fasllardan birining mavzusi böladi. Qaynona ayol kişi bölgani uçun ayollarga xos ayrim nuqsonlardan xoli bölmaydi, lekin uning orqada kamida 20 yillik oila hayoti tajribasi bor. Şu tajriba qaynonani donişmand, oqila va dadil onaga aylantirgan. Qaynona kelinga onadan yaqindir. Çunki ona qizini uzatdi, endi qiz unga tegişli emas; endi qiz umri oxirigaça qaynona xizmatida böladi va uning uçun bu ayol onasidan yaqinroq ayolga aylanadi. Kelin – qiz emas, u qaynonaga qizdan yaqinroqdir. Qiz onaning bağrida uzoği 20 yil nari-beri bölar, ammo Xudo umr bersa, qaynona qölida 30 – 40 yil tarbiya köradi. Öz-özidan qizning hayotida qaynonaning örni öta muhim örin hisoblanadi. Qaynona kelin olarkan, kelin uyiga kirib kelmasidan avval muomalaning barça qoidalarni işlab çiqişi kerak. Buning uçun niyatni töğri qilişi, kelinga xolislik ila mehr va şafqat közi ila qaraydi. Uni öğlining yöldoşi sifatida biladi. Kelinga qilingan yaxşilik – öğilga qilingan yaxşilik. Kelinga körsatilgan hurmat – öğilga körsatilgan hurmat. Kelinning qadri – öğilning qadri. Kelinning ofiyati – öğilning halovati. Qolaversa, xalqning gapi gap: öğlingga yoqay desang, xotinini maqta. Şundan kelib çiqib, qaynona qalbidagi niyatni qayta-qayta tekşirsin: “Kelinimni ehtiyot qilaman, unga yaxşi gapiraman, unga nisbatan adolatli va şafqatli bölaman”. Qaynona kelin bilan dugona emas – bu boş qoida. Ayrimlar kelin tuşirişdan avval nomzod bilan yaqinlaşib ketar emiş, bu faqat ziyon keltiradi. Qaynona va kelin muomalasi muayyan davrlarga qarab farq qiladi. Yangi kelinga jiddiy, ohista, muloyim muomala kerak. Çunki uning hayotiy tajribasi kam, yoş, xom va xato qilib qöyişi tabiiy. Dastlabki ön yil qaynona kelinni biroz uzoqda tutişi joiz, ya’ni kelin bilan kam gaplaşadi, u bilan hazil-huzul qilmaydi, sirlaşmaydi, piçing va kinoyalar qilmaydi, bitta aybi uçun darhol tanbehlamaydi, balki ikki marta qat’iy va yumşoq ogohlantiradi, keyin tanbehga ötişi mumkin, lekin hammasidan avval har bir işni özi qilib körsatişi kerak, çunki kelinning uyidagi tartib va u olgan ta’lim qaynona istagandek bölmasligi, uning didi va xohişiga mos kelmasligi mumkin.

Nevaralar tuğiladi, oila turli tadbir-marosimlar, motam-u bayramlar ötadi - ön yil davomida qaynona-kelin sekinlik bilan qadrdonlaşib boradi. Qaynona özini darrov yomon va jahldor suvratda körsatmaydi, zotan, buning hojati yöq; lekin röğor tutişning qonunlariga oğişmay rioya qiladi: qaynona uyqu vaqtlarini nazorat qiladi – avval özi erta uyğonişi kerak; bomdod namoziga turadi; kelinga şuni tayinlaydi; zikr va duolardan söng uy va hovlida tonggi tozalaş işlari böladi – yozda suvlar sepiladi, supuriladi, çanglar artiladi; qişda qorlar kuraladi, uy içlari supuriladi va hokazo; oilaga nonuşta tayyorlanadi – uyda qilingan qiyom-u qaymoqlar, sut-u saryoğlar, asal-u novvotlar, parvarda-yu oqqantlar, non-u kulçalar, xandon pista-yu bodomlar, yeryonğoğ-u osmonyonğoqlar, mayiz-u turşaklar, qaynoq qora çoy-u kök çoylar bilan guldor dasturxon ustida nonuşta qilinadi. Nonuştadan avval va söng duo öqiladi. Har bir kunning rejasi bölişi şart – nonuştadan keyin nevaralar maktabga, erkaklar işga jönatiladi; köplab qişloq oilalarida ayollar dalaga işga olib çiqiladi, imkon bölsa, ayollarni katta miqyosdagi ketmon işiga jalb qilmagan ma’qul körinadi, uyda – hovlida şunday iş qilişsa, özlari istaşsa, mumkin, albatta. Ora-orada jismoniy mehnat zarurat böladi, lekin dehqonçilik kabi işlarni ularning kuçiga tayanib qilmaslik kerak. Qaynona har bir kun uçun hovlida aniq maqsadli iş taşkillaşitirişi kerak: bir kun banka yopiş, bir kun palos yuviş, bir kun körpalar jildini yuviş, bir kun pardalarni yuviş, bir kun hovlidagi gullarni parvarişlar, bir kun non yopiş va hokazo. Hovlida kelinlar neça nafar bölmasinlar, albatta, iş bilan band bölganlari yaxşi. Peşindan keyin asrgaça bölgan oraliqda kelinlarga istirohat beriladi. Ammo yana soat neçada çiqişlari va qaysi işni qilişlari belgilanadi. Keçkilikdan söng, xuftonni öqib, kelinlar qaynonaga: “Yaxşi yotib turing, oyijon!” – deb, özlariga berilgan makonga çiqadilar. Ikkinçi ön yillikda qaynona kelinga biroz imtiyoz beradi, uni özi bilan mehmonga olib borişi mumkin, oilaning ayrim masalalarida maslahat söraydi. Uçinçi ön yilda kelinga endi ança erkinlik beriladi. Lekin qaynona heç qaçon öz hukmfarmo maqomini qöldan çiqarişi mumkin emas. Bu maqom oila mustahkamligi uçun ham şart. Qaynona kelinlarni öğillarning yoşiga qarab farqlaşi kerak – katta öğilning xotini kiçik öğilning xotiniga nisbatan tafovutli darajada mavqega ega bölişi yaxşi. Kiçiklar had va çegaralarini bilişlari uçun bu zarur. Qaynona heç qaçon qudalarini ğiybat qilmaydi, kelinga otang bundoq, onang bundoq deyişi aqlga siğmaydi. Kelinning şaxsiyati, nafsoniyatiga tegmaydi. Kelin qaynonadan ham çöçib, ham hurmat qilişi kerak. Qaynona kelinga şunday şaklda xizmat aytişi kerakki, kelin xizmatni şaraf deb bilsin, qaynona xizmat aytmasa, kelin siqilib qolsin. Qaynona kelin bilan aytişmaydi, baqirişmaydi, bu oila axloqiga jiddiy zarar yetkazadi. Muloyimlik va yumşoq söz boş mezon sanaladi. Oqila qaynona heç qaçon kelindan heç kimga şikoyat qilmaydi. Balki kelinda uçraydigan kamçiliklarni tadbir va aql bilan hal qilişga urinadi. Bu borada şoşmaydi, uluğvorligini saqlaydi. Xulosa qilib aytsak, qaynona kelindan masofa saqlaşi, unga ham yumşoq, ham qat’iy gapirişi, jiddiylik va rahmatini birdek körsatişi, bosqiçma-bosqiç kelinning maqomini kötarib borişi maqsadga muvofiq körinadi.

Akrom MALIK

1 510marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Ikkinçi fasl Qaynota Qaynota kelinlar bilan deyarli muloqot qilmaydi. Uning maqomi juda baland bölgani sababli u va kelinlar orasida parda bor. Bu parda heç qaçon…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.