Til

Hayot

Qayoqqa qoçişni bilmaydi goho,

Qayoqqa qoçişni bilmaydi goho,Içidan yeb kelar bir qayğu nogoh.Kerilib yurgani qiynaydi uni,Berilib yurgani qiynaydi uni.Içgan suvlaridan xijolat tortar,Keçgan öylaridan anduhi ortar.Oyoq çözganidan uyaladi u,Dunyo kezganidan uyaladi u.Ikki sabab ila holi uşbudir,Dilga insof tilab holi uşbudir:Biri şulki, uni kömdi ne’matlar,Yomğir kabi yoğdi turfa ziynatlar.Lek şukur qilolmay şarmanda bu qul,Hatto fikr etolmay yiğlab turar ul.Yana bir sabab bor uyalmoğiga,Ğam çekib yuragi qiynalmoğiga —Qanday qilib sevdim deya Xudoni,Tark etolmaslik mumkin dunyoni?!Yor qoşiga bormay hijronlar aroKönib yaşaysanmi, ey yuzi qaro?!Yorim Xudo deya aytarkan ammoYolğonçi oşiqdek bölib doimoHatto yaşaşdan ham uyalar behad,Yori buyurgandek yaşolmay, hayhot.

4 460marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    YARADOR QUŞ

    Oğriqdan qayerga özini Urişni bilmaydi bir quş.

    Hayot

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.