Til

Hayot

Döst çiqmas heç qaçon dunyo ahlidan,

Döst çiqmas heç qaçon dunyo ahlidan,Aslo torta olmas döst-çun maşaqqat.Döst-çun öta olmas lazzat bahridan,Yaxşi kunlar döstdir ul zotlar faqat!Joniga döst sabab yetsa bir ozor,Unutar vafo ne, nedir sadoqat.Umringda barq ursa yoz, köklam, bahor,Yoningda qör tökar “ahli muhabbat”.Kuz kelib, yetişsa qişdan bir nafas,Xazon barglaridek hammasi ğoyib.Qölingdan tutişga bir qöl topilmas,Mabodo yiqilsang tuyqusdan toyib.Döst kimdir? Başarti senda bir oğriq,Bir azob borligin sezsa banogoh;(Aslida, döst degan holingdan, bilgil,Aytmasingdan bölar hamişa ogoh!Toki qilmasingdan dardingni doston,Toki oqmagunça közingdan qon yoş,Sendan ğofil bölgan kasni har qaçonDöst deb atamoğing xato, qarindoş!)Xullas, döstman degan senda bir oğriq,Bir azob borligin sezsa mabodo,Unutar halovat, huzurni mutlaq,Dardu oğriğingga topgunça davo.Tunni tongga ular, kunlarni şomga,Lekin tinim bilmas, yugurar, yelar.Sening muşkulingni yeçgunça ammo,Toğu sahrolarni aylanib kelar.Sening azobingdan çekkaydir qayğu,Sening ğaming bilan olgaydir nafas.Sening xastaliging bermagay uyqu,Sensiz bu olamni körgaydir qafas.Sening şodliging-çun qon yutar kulib,Sening sihhating-çun fido qilgay jon.Diydoring qoşida baxtiyor bölib,Suhbat, sukutingdan keçmas heç qaçon.Gar şunday bölmasa döstman deganlar,Döstlik bir havasdir gödaklarga xos.Balandparvoz sözlab kökrak kerganlarŞunçaki, söz bilan qilgaydir parvoz.Özing ham döstlikni qilmasang idrok,Yolğonçi tuyğuyu havasga uçma.Köngil oynasini tutolmasang pok,Döst deya şivirlab, heç kimni quçma.Döstlik maydon erur şujo erlarga,Havoyi ösmirlar öyingohimas.Döstlik bir kitobdir – töla sirlarga,Soxta oşiqlarning ohu vohimas.Dunyo zanjir solib sudragan kaslar,Qanday döst bölsinlar, ayo odamzod!Hurligin lazzatga sotgan nokaslar,Vafo imoratin qilolmas bunyod!Akrom MALIK

3 810marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.