Til

Hikmat

Zamon donişmandi, hikmatda quyoş

Zamon donişmandi, hikmatda quyoşBölgan zot oldiga keldi bir voiz.Şijoati toşgan edi hamda yoş,Ustod qarşisida sekin çökdi tiz.Dedi: "Insonlarga yaxşi söz aytsam,Çorlasam hammani yaxşilik tomon.Köp davra kördimu, Allohga qasam,Yaxşilik neligin bilmasman hamon".Murşid boşin egib çömdi fikrga,Balki har öyini taftiş etdi ul.Nihoyat zaboni keldi zikrga;"Bolam, söz aytişda doim hazir böl!Yaxşilik, yomonlik nedir? Ey hamdam,Aqling töğri sözni aytmas begumon.Adaşib ketmoğing aniqdir, odamOjiz neku badni farqlaşga, işon.Zotan, olam kengdir, vaqt ham uzun, bil,Yaxşilik, yomonlik qorişib ketgan.Yetmiş yo sakson yil yaşab, insof qil,Kimning aqli haqni anglaşga yetgan?!Şul sabab dilga sol Haq kalomini,Nabiyning sözini uqmoqqa intil.Ado et valiylar ehtiromini,Şu yöldan haq sari çiqmoqqa intil.Ya’ni yaxşi nima, yomonlik nedir,Senga ayon etgay ilohiy hikmat.Yöqsa, qanday sözni tilingga keltir –Hammasi behuda bölgaydir albat".Akrom MALIK

3 030marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.