Hayot
Duşmanning nomussiz laşkari emas,
Duşmanning nomussiz laşkari emas,Qurşasa, ne’matlar qurşadi faqat.Biz esa köngilga yasadik qafas,Şukur qiliş juda böldi maşaqqat.Sokin onlar bizga qilmas kifoya,Közimiz nuriga toqatimiz yöq.Tuğyonimiz aslo topmas nihoya,Işimiz – qalblarga sançmoq erur öq.Hayot ato etgan nafas ham hatto,Tanimizga singgan alvon taomlar –Heç biriga kulib boqmaymiz aslo,Qulab tuşmaydimi osmonlar – tomlar!Porlayotgan quyoş – motamzadalik,Tundagi oydan ham topmagaymiz zavq!Oğir salomlarga olmoqlik alik,Çunki sevinişga zarra sabab yöq!Tongning gözalligi, kunduz ğayrati,Şomning sirliligi, keçaning sehri;Ofiyatli maskan, döstlar xizmati,Ota-onamizning beminnat mehri –Heç biri şodlikka arzimas, hayhot,Mudom noliş, ğazab bizlarga odat.Hamişa qilamiz dod-voy-u, faryod,Sira töxtamaymiz biror dam, soat.Közga kim körinsa, öşadir yomon,Yonimizda bölgan kaslar-ku, nokas.Biz aytgan sözlardan boşqa söz yolğon,Biz – quyoş, özgalar – tuproq, tikan, xas.Qalbni oğritmoqni qilib oldik vird,Sabru şukur bizga duşmandir, duşman.Hatto özimizga emasmiz hamdard,Nari turing, bizni uşlamang, quçmang!Bu işlar, bu holat, ayo odamzod,Şaytonning fe’liga taqliddir butkul.Yaxşiki, mavjlanib turibdi hayot,Tiriklay yonmadik, bölmayapmiz kul!Lazzatlar, rohatlar quçoğida tanAgar çeksa bir bor kiçik iztirob –Neçun yaxşiliklar hurmati uçunKiçik sinovga ham bera olmas tob?Neçun mayda ğamni toğdek köramiz,Lek toğdek qayğuga solmaymiz nazar?Jahannam ötiga özni uramiz –Jannat sari qilib muborak safar?!Robbim, ğazabingdan bizni qörigil,Senga isyon qilib holimiz ayanç...Holimiz – mudhişdir, taşlab qöymagil,Rahmatingni bizga aylagil tayanç!..Ofiyat bağrida, zikr boğida,Sabr niholidan bergaysan hosil!..Nonkör bandalarni tavba çoğidaŞukur ne’matiga etgaysan vosil!Zotan, kömilsa-da, boylikka, molga,Nafsining qölida bölgança mazlum –Şukurni unutib dahşatli holgaTuşgan banda, demak, har nedan mahrum!Biroq yemak uçun bir burda noni,Içmakka bir kosa suvi bölib, bas –Şukurni öziga odat qilsa kim,Jahonda u qadar boy odam bölmas!05. 09. 2024.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.