Til

Hikmat

Olamning işlari ötkinçi mudom,

Olamning işlari ötkinçi mudom,Ya’ni bu olamning özi singari.Istasang baxtiyor yaşaşni tamom,Bor baxtli bölmoqning eski sirlari.Hayot ma’nosiyu, inson hayoti,Qalbning taskiniyu, aql haqidaYangi gaplarda yöq ruhning najoti,Faqat eski sözlar – ölmas aqida.Agar varaqlasang, köhna kitoblar,Eski qalamlarning tökkan siyohi –Insonning zotiga aylab xitoblar,Der: “Odam – dunyoning mahkum sayyohi!Sayohat qiladi bu makon içra,Vaqtning yölagidan yurib boradi.Ölim deb atalgan manzilga titrab,Yuragi bezovta urib boradi.Qöllar uşlay olmas, körmas nigohlar –Quloqqa tinglanmas ovozi baxtning.Içingdan kuydirab çiqadi ohlar,Ammo qanday rangda bayozi baxtning?!Buni biliş uçun heç imkon yöqdir,Aql hududiga siğmas baxt siri.Biroq qaysi kasning niyati oqdir –Yuzida porlagay saodat nuri.Baxtning maskanidir – oila şubhasiz,Oila osmonida bor oy-u quyoş.Oilasiz zulmatdir hayot jabhasi,Holbuki, oilaning ildizi – bardoş.Erni quyoş desak, oy erur ayol,Farzandlar bu kökning yulduzi – guli.Şunday baxti bilan boy erur ayol,Arziydi yaşasa hamişa kulib!Baxtning qörğonini asramoq uçunEr-xotin kuraşgay bamisli jangçi.Agar kuraşmasa, şayton biror kunQalbni öldiradi tiğini sançib.Erning işi erur – donişu hikmat,Tun-kun otaligin tutmoq yodida.Oila karvoniga u boşdir albat,To qiyomatgaça yöl bor oldida.Erning qadamidan çaqnasin ötlar,Közlari qat’iyat ila porlasin.Qanday kemtik bölsa, er uni butlar,Har dam karvonini nurga çorlasin.Ayol-çi? O ayol! Ey zaif xilqat,Zaifligi içra quvvati pinhon.Sening haqingdagi katta haqiqat –Haqiqating anglab bölmas heç qaçon.Gohida şafqatni qözğatasan sen,Goho muhabbatning buloğidirsan.Dunyo sen bilan tor, ham sen bilan keng,Azob zindoniyu, baxt boğidirsan.Bilki, yaralaşning hikmati şunday –Seni erga tobe yaratdi Xudo.Ammo guldek gözal ayladi hamdaErni senga tomon qaratdi Xudo.Er bilan tugalsan, er bilan yetuk,Er bilan hayoting ravşan, nurafşon.Er bilan qadding tik, qomating tetik,Er bilan topgaysan qiymat, şaraf-şon.Eringni şodlantir, könglin qölga ol,Közini quvontir, etmagil isyon.Yuzingni gul ayla, sözlaringni bol,Senda sevgi nuri bölsin namoyon.Aldanma şaytonning hiylasiga heç,Izlama taskinni boşqa maskandan.Yurakdan har qanday tugunlarni yeç,Erga köngil bergil çin dildan, çindan.Sabr qil gohida kelsa uyulib,Nasimdek esmoği senga boğlangan.Uloqtir kibrni nafsingdan yulib,Baxtli yaşamoqqa özing çoğlangin!Sen fido böl, albat, er fido bölgay,Uni erkiga qöy, erkak u, axir.Itoatdan ayol gar judo bölgay –Hayotin aylagay aççiq va taxir.Şoşmoq tabiatin taşla, iltimos,Sabr arqonini uşlaşni örgan.Şoşganlar azobdan bölmagan xalos,Sabr qilgan faqat rohatlar körgan!Vasvasa tunida qolib adaşma,Kezmagil tuğyonning vodiysida sen.Jahl otaşida sut kabi toşma,Imkonsiz – er bilan bölmoq senga teng.Şunçaki, taslim böl, quroling bölsin –Mehr olovi-la yongan öqing – noz.Tabassuming bilan orazing tölsin,Dağal bölma aslo, mayin qil ovoz.Fahming ötkir bölsin, farosating – tez,Nafosatni libos etgil fe’lingga.Ering olov bölib yonsa qaysi kez,Aylan şu ondayoq yangi kelinga!Yaşagil eringga faroğat berib,Amr berma unga, berma köp savol.Şunda baxt atalgan gullarni terib,Ötarsan dunyodan baxtiyor, xuşhol”.Bu eski dunyoning eski bir gapi,Ammo baxt kaliti şu eski sözda.Kimning bölsa dilda buyuk matlabi,Bu hikmatni sursin e’zozlab közga.Közlarimiz mungli, köngillar – siyoh,Asli örin yöqdir bunday ğamlarga.Dunyoning sayrida yurgan, ey sayyoh,Yengilma köplarga yoki kamlarga.Dunyoda sakiynat, oxirat uçunJannat qasrlarin bugun qurgaysan.Yiğlama, jigarni aylamagil xun,Şarafli xulq uzra sobit turgaysan!19.09.2024.Akrom MALIK

3 620marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.