Iymon
Gunoh qilgan mömin bejiz oh çekmas,
Gunoh qilgan mömin bejiz oh çekmas,Çunki "oh"i bordir gunoh sözining.Gunoh köngil aro juz tikan ekmas,Şul bois yoşi bor mujrim közining.Gunohning uç qismin qilgayman ta’rif,Zotan, hamrohingni bilganing yaxşi.Yarim umring unga aylamişsan sarf,Yarmi puşaymonga bölgaydir baxşiş.Gunohning ilk turi közga berkilgan,Hatto özing undan bölgaysan ğofil.Söngra özing bilgan, yo qasddan qilganGunohki, ul işdan azoblar hosil.Söngra elu xalqqa oşkora jurming,Yaxşi-yomon undan birdek boxabar.Bu gunoh-la, hatto qilinib zikring,Doği qismatingga bergaydir xatar.Senga bu ilmni ayladim ijmol,Endi tafsilidan söz oçay biroz:Teran bilki, asli şunday erur hol –Gunoh bir daraxtdir bahaybat, daroz.Bu daraxt ildizi – pinhona gunoh,Tanasi – özingga ayon qilmişing.Ming bora dod bölsin, yuz ming bora oh,Mevasi – ul işning ayon bölişi.Yaşirin gunohdir ğaflatu şahvat,Kibru riyo erur uning borliği.Közlaring kör bölib, öylaysan faqat –"Menda odamzodning uluğvorligi".Heç kimni nazarga ilmaysan hargiz,Har kimni özingdan sanagaysan past.Xoru haqirlardan böldim deb aziz,Özingni bilasan hammadan çapdast.Haq sözga bir dam ham qilmassan toqat,Heç kasda körmassan fayzu fazlni.Madhingga körsatib yuksak sadoqat,Közlaysan olqişlar tölgan manzilni.Şu qadar ğaflatga botgaysan çuqur,Öz holing özingga mutlaq körinmas.Botqoqning ta’midan qilgança huzur,Jisming najot sari zarra urinmas.Şunda ixtiyoring ketgay sassiz, jim,Ketma-ket gunohlar qilgaysan sodir.Ammo ul gunohni bilmagay heç kim,Va qaytay deysanu, bölmassan qodir.Har safar vijdoning çekar iztirob,Har safar gunohdan qilgaysan tavba.Lekin kun ötaru ahvoling xarob,Gunohga botgaysan sabab-besabab.Ammo içing bilan bölmagay işing,Yana tildan ketmas ğiybatu fasod.Tobora köpayib yomon qilmişing,Endi elu xalqqa foş böladi, dod.Şul bois eng avval puşaymon yegilÖzing ham bilmagan gunohing uçun.Har kuni qoşingga yop-yolğiz kelgil,Fikr ayla – ne deding, ne qilding bugun.Hamişa uringil bölmoqqa ogohÖz holu holatu haroratingdan.Toki yiqilmagil özing qazib çoh,Ayrilib şuuru farosatingdan.Agar ojiz bölsang bu işga, zotan,Har kim kela olmas öziga yolğiz.Bir murşid dargohin qilgilu vatan,Özingni topşirgin unga çökib tiz.Şoyad Xudo senga qilib inoyat,Şoyad yetib qolsa pirlardan nazar.Şoyad oçilsayu rohi hidoyat,Şoyadki, kamaysa yölingda xatar.Robbim, bor holatim Özingga ayon,Qanday aqlim ketgan böldiyu fursat –Uyalmay bu sözlar ayladim bayon,Gunohdan sözlaşga qilmişman jur’at.Afv et bu jur’atim, keçir, Xudoyim,Qulingman özini etmagan idrok.Rahmating boğidan bersayding joyim,Mayli, öşa boğda bölsam hovuç xok...Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.