Iymon
Qabrda qolganga öxşayman goho,
Qabrda qolganga öxşayman goho,Atrof sukunatda, özim yop-yolğiz.Senga suyanaman, Xudoyim, tanho,Nur bermasang umrim butkul qoronği.Közimni töldirar ğariblik yoşi,Kimsizlik kunjida qoldim munğayib.Botib döstlarning ham mehr quyoşi,Tanam qadam bosar behol munkayib.Kimni sevsam uni yöqotdim, evoh,Sevgi desa, dilda uyğonar hadik.Hijron daşti bölgaç boşimda panoh,Sevmoqqa köngilning siqqaymi haddi?!.Bu qanday iş böldi – ojizdir aqlim,Işqim bor-yöğimni etmoqda halok.Kimni sevib unga talpinsa qalbim,Undan boşim uzra yoğilgay balo.Birma-bir tark etdi soğinsam kimni,Ularga ergaşib aqlu huş ğoyib.Kelib kör, ey hijron, xarob holimni,Azobdan ganj yiğib ketmişman boyib!Sevma deya dilga bergayman farmon,Ammo itoatga begonadir ul.Işq tiği sançilib, daryo bölgaç qon,Kim aytgay: qotil kim, kim erur maqtul?!Faqat uzun ohlar örlagay kökka,Faqat uzun tunlar haromdir uyqu.Yurakni töldirib qip-qizil çöqqa,Holimga açinib yiğlagay qayğu.Ohim sevgilimga yetsa, kifoya,Baxtliman: “Kim, – desa –Bu kas, notavon?”Ayriliq doriga osildim, şoyad,Şahodati işqqa körilsam ravo!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.