Til

Vatan

TEMUR TUZUKLARI MANZUMASI

Hamd2Na’tXudoning amrini bajarib ötmoqYer yuzin hoqoni bölgandan yaxşi.Öp deya zaminga yuzingni tutmoqToju taxt bağrida ölgandan yaxşi.Çunki bu sunnati Rasulullohdir,Uning sunnatida mutlaq yöq nuqson.Ön tört asr bunga xolis guvohdir –Azizdir sunnatga ergaşgan inson.Maşaqqatli davr, zulm zamoni –Makkada möminlar qon yutar edi.Eng arzon matohdek musulmon joniIymon insonlarni qörqitar edi.Yiğildi Makkaning zodagonlari,Qildilar boşlari qotib maşvarat:“Ne qilsak, Muhammad notavonlariDinidan yuz burib çekkaydir hasrat?!Ilonning boşini ezmoq xöb işdir,Buloqning közini yopolsak, qani.Muhammadning sözi qanday xonişdir,Uning ham tilini topolsak, qani!Sörab köraylik-çi ne istagay u,Balki boy bölmoqqa havasi bordir?!Tilloyu kumuşni gar qilsa orzu,Beraylik, şu bilan tinç bölsin, axir.Erkakning sevinçi ayoldir albat,Gözal jononalar – jonning huzuri.Agar suluvlarni xohlar Muhammad,Beraylikki, topsin köngil sururin.Boyligu, çörilar yetmasa agar,Agar talab qilsa toju taxt, davlat.Vahiy deb dinini tutmasa agar,Podşoh bölsin, taxtga çiqsin, marhamat!Unga itoatga egilgay şaksiz,Arablarning asli – qurayşiy ellar.Faqat bizga vahiy, tavhid keraksiz,Şundan voz keçsa, bas, har neki tilar!Barçasin qilgaymiz unga muhayyo –Topgay şonu şuhrat, qudratu quvvat.Sözimiz söz erur – buzilmas aslo,Dinidan şu onda voz keçsin faqat!”Bunday takliflarga Rasuli XudoHatto ra’ylarini etmay ovoraKeça-kunduz bölib rohatdan judo,Haqning dini uçun izladi çora.Ya’ni Haqqa qullik oldida, ey jon,Olam sultonligi tengmidir, ajib?!Bundan ortiq tole bormi, ey inson,Haq sevgisi senga gar etsa nasib!Ey Habibi Xudo, ayo Payğambar,Xulosatul olam, xotamun nabiy!Sizga işq-la tobe bölsa kim agar,Dunyo emas hargiz uning matlabi!Siz rahmati Rahmon, nuri hidoyat,Qoronğu yöllarni yoritgan quyoş.Siz butun olamga Haqdan inoyat,Muluku malakut Sizgadir muhtoj.Şohlar, hatto ming yil ötirsin taxtda,Toj kiyib ming yillar davlat sörasin.Ammo Sizsiz qolgan davronlar soxta,Qurtlar yeb bitirgay bek-u törasin.Çun Sizga körsatdi ehtirominiXuddi qullar kabi boş egib Temur.Har qayda yuborib öz salomini,Asli, soyangizda keçirdi umr.Ya’ni sunnatingiz ayladi barpo,Sözingizni bildi hamişa baland.Şul sabab poyida titradi dunyo,Şul bois yuksaldi keksa Samarqand.Hamişa boşiga qöymiş, yo Rasul,Ahli siyodatning pok avlodini.Şuning-çun Xudovand ayladi qabul,Söngi dam yotganda Temur dodini.Ya’ni orzu qildi sohibqiron zotBoşin qöyib yotsa – bu Haqdan ato,Payğambar avlodi – Sayyid BarakotOyoği ostiga qabrida, hatto.Har qança madhingiz qilsak, erur oz,Qani, yölingizda yurolsak mudom!Eng avvalo, Sizga har dam yetsin, bozOlu ashobga ming salovat, salom!Akrom MALIK

3 110marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.