Til

Hikmat

Hamma maqtab qolsa, qoçganing yaxşi,

Hamma maqtab qolsa, qoçganing yaxşi,Maqtov – joning uçun yoqilgan olov.Haddingda jim turgil tuproqqa öxşab,Axir, sen emassan laşkarga yalov.Agar yalov bölsang edi boşqa gap,Hilpirab har yoqqa borsang yaraşgay.Gar çindan emassan e’tibortalab,Boş egib, sukutda yursang yaraşgay.Sezsangki, qaysidir işingdan nogohSenga esib kelgay maqtov şamoli.Şu işsiz ölmasang, qilmagan avlo,Toki balolardan qolgaysan xoli.Har kasning oğzidan soçilgan maqtov –Har qaysi oğizdan saçragan tupuk.Tupuklar yoğdirmay har bitta tarnov,Tez-tez xato qilib turgan ham tuzuk.Toki xatoyingdan quvonsin avom,Toki muhabbati bölmasin ziyod.Toki bir kun umring topganda itmom,Çekib yurmasinlar yasama faryod.Akrom MALIK

2 920marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.