Til

Hayot

Qançalar urinmay, qança kuraşmay,

Qançalar urinmay, qança kuraşmay,Mutlaq ğolib böliş maşaqqat böldi.Köngil borasida işim yurişmay,Dard-u hasrat doği bağrimga töldi.Heç qaçon bir işni qilmadim oddiy,Heç qaçon şunçaki solmadim nazar.Heç inson zotini körmadim moddiy,Doim qalb yurtiga ayladim safar.Doim yutib ketdi köngil özimni,Doim solaverdim qalbimga quloq.Hayotimda hatto bitta sözimniAyta olmadim heç dildan besöroq.Sevgisiz quçmadim kimnidir quçsam,Sevgisiz heç joyga qadam bosmadim.Ma’nolar kökiga, mabodo uçsam,Dard-u şavq bölmasa, qanot yozmadim.Hatto yuzlaşmadim amr etmasa dil,Olamda heç qaçon inson zotiga.Gohida içiga siğmasa-da qil,Köngil taşna erur işqning totiga.Ya’ni ul işqdirki, koinotdan keng,Balki kattaroqdir yetti falakdan.Qayğuyimning böyi quyoş bilan teng,Ohim alangasi ötdi falakdan.Dardimga tabib yöq, yöqdir çoraras,Dardmandni dardi bor zotlar taniydi.Siniblar ketsa-yu, ğam nomli qafas,Özimni ehtiyot qilsam, qaniydi.Akrom MALIK
Qançalar urinmay, qança kuraşmay, — rasm

3 780marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.