Til

Hikmat

Sening ğam çekmoğing istarmidim men?

Sening ğam çekmoğing istarmidim men?Qalbing oğriqlari menga kerakmi?Eplamas işingga qistarmidim men?!Sen-çun yiğlamagan yurak yurakmi?!.Mevasiz butoqni kessa gar boğbon,Mevali şoxlarga quvvat köpaygay.Sen ham ğovlab ketma desam, ey öğlon,Pixlaring çarxlanib, pating hurpaygay?!Boğbonning qölida körib tokqayçi,Ehtimol, bir titrab oladi nihol.Balki biroz oğriq şarobin içib,Quvvatini tiklab oladi nihol.Şul bois, çöçima, qilma iştiboh,Jallod deb boqmagil boğboningga heç.Agar bölmasaydi senga xayrixoh,Tuğyonlaring içra qöygay edi tinç.Tuz nasiba bölsa, hali köp yillarTasbeh donasiday bir-bir tizilgay.Yulmasa ğörani begona qöllar,Bir kuni mevalar pişib uzilgay.Bir kun vaqt yetgaydir – sen ham yetilib,Şiraga tölgaysan, şirin pişgaysan.Daraxtning şoxidan şodon qutulib,Oxiri uzilib yerga tuşgaysan.Keyin kimdir yegay, bölgaysan hazm,Kirgaysan tuproqqa uruğ misoli.Daraxtdek ösişga qilganda jazm,Azobdan gohida qolmas majoling.Bugun oğir kelgay itoat yuki,Göyo seni kimdir qulday tutmoqda.Boşingdan mazallat tuproğin tökib,Gulday vujudingni bosib ötmoqda.Ezildim, nafas deb qilgaysan faryod,Bunday qafaslardan ketsayding qoçib!..Lekin soqov kabi şafqatsiz hayotSenga sirlarini qöymagay oçib.Şunçaki, jimgina boqib turgaydir,Ohu-voylaringni qilgay tomoşa.Sapçisang, boşingga qamçi urgaydir,“Qayga borgaysan, – deb. – Bunçalar şoşa?!”Şul bois, amin böl, dodlama ortiq,Dema: “Pardalarning ortin köray-çi!..”Zotan, yetuklikni aylagay tortiqBoğboning qölida tutgan tokqayçi.Akrom MALIK

3 110marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.