Iymon
Heç kim haqli emas biror bandaga
Heç kim haqli emas biror bandagaYopmoqqa tavbaning eşiklarini.Öralib yaşagin, mayli, jandaga,Lek sindirma dillar beşiklarini.Dilning beşigida umid tebransin,Har dam yaxşilikka ulğaysin inonç.Köngling eng avvalo, umid örgansin,Haqning rahmatidan topolsin quvonç.Başarti, kimningdir suvrati aldab,Köngil asroridan ogoh zot deyaQoşiga borsangu, egilsang titrab,Yiğlasang, ruhiga ruhingni suyab.Lek tunga aylansa bulutli kuning,Yirtilsa, töfonda umid yelkani,Va tuyqus foş bölsa asrori uning,Ayon bölsa qalbi xarsang ekani!Bilsangki, qalbsizga qalbing oçibsan ,Körsangki, körlarga tutibsan qöling,Imkon qadar yugur, uzoq qoçib san,Qaytadan izlagil öz töğri yöling.Çunki qalbsizlarning olami zulmat,Faqat uqubatdan sözlar hikoya.Qança yaqinlaşsang unga beminnatKirli qayğularing topmas nihoya.Heç qaysi odamni qilmagay pisand,Har kimni jahannam ahlidan bilgay.Öziga taxt yasab osmondan baland,Sözlasa, hamişa osmondan kelgay.Adaşma, aldanma, uzoqlarga qoçQalbsiz odamlarda yöqdir xosiyat.Robbing dargohida yiğla, diling oç,Taqvo oğuşida ayla xuş niyat.Jaholat mastligi tarqasa agar,Körgaysan, ne zindon çohiga tuşding.Şunda irfon sari aylagung safar,Şunda ma’rifatning kökida uçgung.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.