Hikmat
Tildan çiqqan sözlarim gözal-gözal kiyingan,
Tildan çiqqan sözlarim gözal-gözal kiyingan,Agar tilga olsangiz, tuşar göyo öyinga.Ammo meni bosadi oğir-oğir taşvişlar,Köksimga qönib göyo ölaksaxörlar – quşlar.Sözlarim yaxşilikka xizmat qilsa, qaniydi,Aziz zotlar ularni izzat qilsa, qaniydi.Zolimning yuragini tişlamasa sözlarim,Mazlumning yuragini xuşlamasa sözlarim;Haqiqatga yetaklab borolmasa sözlarim,Köngillar orasida söralmasa sözlarim;Ularni davralarga kiritmoqdan ne naf bor,Fikrni har tomonga yuritmoqdan ne naf bor!Sözlarim ölik bölsa, qayga kömgayman, Xudo?..Közlarim oçiq holda közni yumgayman, Xudo…Sözlarimni foydamga hujjat qilgaysan Özing!Ölik dillarga obi hayot qilgaysan Özing!To uni öqiganning qalbi tirilsin, minba’d,Yöllari faqr-u fano tomon burilsin, minba’d!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.