Til

Mumtoz oila

ÖN UÇINÇI BOB

ÖN UÇINÇI BOB — rasm

ÖN UÇINÇI BOB

OILADA RÖZĞOR BUYUMLARI, KIYINIŞ VA IJTIMOIY TARMOQ

Rözğor buyumlari har bir oila uçun zarurat. Ularni bir neça qismlarga bölib örgansak böladi: 1. Oşxona buyumlari. Bunga qozon, öçoq, tandir, toğora, çelak, çömiç, lagan, tovoq, kosa, piyola, qoşiq, sançqi, piçoq, mantiqasqon, tova, çovli, elak, supra, öqlov-taxta, jöva kabi eskidan foydalanilgan narsalarni kiritsak, keyingi vaqtda qöllanadigan göştqiymalagiç (myasorobka), isitgiç (mikrovolnovka), muzlatkiç, qorgiç (mikser) va elektr bilan işlaydigan boşqa narsalarni ham qöşişimiz lozim. Taomlaniş inson hayotining ajralmas qismi ekan, demak, taom tayyorlaş uçun kerakli narsalarni şay qilib qöyiş, ularni ozoda saqlaş ham zarurat. Hozir şaharlarda köpçilik köçadan ovqat yeyişga, köçadan ovqat buyurib, çaqirişga örganib ketdi. Lekin bu narsaning unçalik yaxşi emasligini avvalgi boblarda mulohaza qildik. Şu sababli oşxona anjomlarini şay qilib, oşxonani ham havas qilarli şaklga keltirib qöyiş kerakki, uyimiz bekalari ulardan bahuzur istifoda qilsinlar. Farzandlarimizning onalari, qizlarimiz, opa-singillarimiz, qöyingki, oşxonani lazzat makoni, köngil bayrami uçun bahona biladigan ayollarimiz uçun çiroyli şaroitlar hozirlab beraylik. Ular non, somsa yopadilarmi, manti yoki xonim pişiradilarmi, hasip solib, şörva qaynatadilarmi, göşt qovurib, lağmon çözadilarmi, çuçvara tugib, dölma öraydilarmi, mastava-yu ajabsanda, moşxörda-yu moşkiçiri, atala-yu holvaytar, ğilmindi-yu qatlama, dimlama-yu qozon kabob va, nihoyat, palovxontöra-yu şavla – qaysi birini tayyorlab, zavqlanib, dasturxonga tortişni istasalar, barça “qurol-yaroğlar” tayyor tursin-da! Göşt-u dumba yoğlari, sabzi-yu kartoşka, piyoz-u sarimsoq, bulğori-yu garmdori, guruç-u greçka, nöxot-u loviya, moş-u jöxori, xullas, taom uçun zarur narsalar ham tökin tursin. Şakar va novot, oqqant-u parvarda, asal va sariyoğlar bilan ham ta’minot etaylik. Şunda bekalarning vazifasi oşxona anjomlarini köz qoraçiğidek avaylab, masalliqlarni grammlab, ya’ni misqollab işlatsinlar, rözğor degani mana şunday tökin va farovon bölsin! Nonuşta-yu tuşlik, alvon-u keçkiliklarni hozirlaş oşxonada öziga xos marosimga aylansin, butun oila a’zolarni mazali taomlar bilan siylab, ayollarimiz huzur va halovatga tölsinlar, biz ham tilimizdan bol tomib ularni maqtaylik! Eng asosiy qoidani yana bir takrorlaymiz: har bir narsani köz qoraçiğidek avaylang, bitta bölsa-da, piyola sinmasin! Bir tomçi bölsa-da, yoğ yerga tomib uvol bölmasin!

2. Xöjalik asboblari. Oşxona buyumlari ayollarning quroli bölsa, erkaklar uçun xöjalik asboblari xizmat qiladi: ketmon, belkurak, buragiç (otvertka), ombir (plostkagupsa), arra, bolta, bolğa, teşa, andava, randa, mixsuğirgiç va şu kabi narsalar. Bu qatorga temirarra, toqqayçi, poyteşa, drel, bolgarka, tunukaqayçi, arava kluçlarilarini ham kiritiş mumkin. Erkak kişi uyidagi nosozliklarni – devorlarni suvaş, kranlarni tuzatiş, köçgan, singan, uzilgan narsalarni tuzata olişi şart. Bularning bari, aslida, oson, faqat biroz qunt va e’tibor talab qilinadi, xolos. Albatta, hovlida yaşaydigan oila yerning har bir qariçini kökartirib, yaşnatib qöyadi, bu işga boş böliş ham erkakning vazifasidir. Oşxona buyumlari öz javonida turgani kabi xöjalik asboblari ham alohida xonada saqlanmoği lozimki, har bir xizmatçi uskunani ehtiyotlaş uning xizmatini mukofotlaşdir. Şuningdek, qassoblik, ya’ni hayvon böğizlaş bobida ham erkakda tajriba bölsa, yaxşi, şunday tajriba orttirilsa, hayvon söyadigan piçoq va qayroqlarga ham ega böliş tavsiya etiladi. Oilada zarur böladigan asboblar haqida gaplaşdik, endi esa kiyiniş masalasiga töxtalamiz. Aql ulğaygan odam tor va yorqin ranglardan parhez qiladi. Ya’ni yengi uzun, juda ham keng bölmagan, salobatli liboslar kiyadi. Ayollar emas, erkaklar ham özlarining bilaklari va boldirlarini oçiq tutişdan saqlanişlari odobdan sanaladi. Şu ma’noda yoz-u qiş yengli liboslar, rangi jiddiy va oçiq liboslar har bir kişiga yaraşadi, şubhasiz, libos bu did masalasi, lekin uning havo ötkazuvçi bölişi maqsadga muvofiq. Vafo har bir insonga zarur xislatdir, ammo u juda kam insonda böladi. Vafodor inson, hatto liboslariga ham vafo saqlaydi. Sifatli libos olib, uni uzoq muddat kiyiş qanoat va vafodandir. Har mavsumda yangi kiyim oliş unça töğri emas. Buning ikki sababi böladi: sifatsiz libos tanlangani uçun u xizmat qila olmaydi; ikkinçisi, libos sifatli bölsa-da, yangi narsaga öçlik hali hoy-u havaslardan zafar qozonilmaganiga dalildir. Şubhasiz, uy va köça uçun alohida liboslar böladi. Inson uyda kiygan libosini köp urintiradi va uy libosi tez eskiradi. Agar köça libosini ham uyga kiyaverilsa, u ohori va yangiligini yöqotadi. Holbuki, köçaga çiqqan odam çiroyli va yangi kiyim kiysa, maqbul. Bu bilan insonlar köziga yaxşilik qiladi, insonlar köz orqali çiroyli libosdagi odamni körsalar, qalblariga ixtiyorsiz bir iliqlik kiradi. Şuningdek, bayram va töylar uçun ham özgaça bir libos saqlansa, yaxşi. Çunki kişilar bayram va töylarda xursandçilik qiladilar, çiroyli va yangi kiyimlar kayfiyatni kötaradi. Albatta, kiyimparastlik, öziga jilo va ziynat berişda haddan oşiş qançalik xunuk bölsa, özini e’tiborsiz taşlaş, kir va yirtiq kiyimlar kiyiş, özini faqir va beçora körsatiş ham şunçalik yoqimsizdir. Soç va soqollarni tartiblaş, muşk kabi xuşböylardan foydalaniş zaruratdir. Yangi liboslar kiyilayotganda kiçik yuviniş, ya’ni böyin va qöllarni suv bilan poklaş muhim, bu libosni pok tutişga yordam beriş bilan birga odamdan noxuş hid çiqişining oldini oladi. Oçiq-soçiq, yaltir-yultur, tor-tirriq kiyiniş şarmandalikka yaqin, hurmatli odam keng-möl, sidirğa va jiddiy, yopiq va uzun kiyinadi. Sport uçun çiqarilgan kiyimlarini sport va uy uçun, köçaga esa yengli köylak va şimlar kiygan maqbul. Ayollarning libosiga kelsak, bu ma’lum masala – özini hurmat qilgan ayol begona közlarga özining körsatiş mumkin bölmagan joylarini körsatmaydi; yarim yalanğoç yurib, bundan faxrlanadigan ahmoqlar qatorida turmaydi, öz erkinligi yoki fikrining hurligini tanasini oçiq körsatiş bilan isbotlaydigan darajada nodonlik qilmaydi. Şuningdek, boşiga römol örab, unga hijob nomini berib, beldan pastini köz-közlaşdek illatdan uzoq turadi. Qisqa qilib aytganda, libos inson içki olamining taşqaridagi körinişi hamdir. Endi esa ijtimoiy tarmoq haqida töxtalsak. Oilada zaruratsiz tarmoqlarda faol bölmaslik, har xil materiallar tagiga hisbelgilar qöyib, har xil gaplarni yozişdan saqlaniş boş qoida bölişi kerak. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqda yiroq turiş, undan faqatgina aniq maqsadlar bilan foydalaniş tavsiya etiladi. Ota-onalar bolalari qöliga gaptaşir bermasliklari, bersalar, doimiy ravişda tekşirib turişlari şart. Asosiysi, bolangiz vayner yoki şunga öxşaş toifa safiga kirib, bekor işlar bilan maşğul bölib qolmasin. “Mumtoz oila” risolasida oilada uçraşi mumkin bölgan barça masalalarni qamrab olişga urinmoqdamiz. Bunda özaro yaqin mavzularni jamlayapmiz. Uşbu bobda rözğor buyumlari, kiyiniş va ijtimoiy tarmoq mavzularini bir joyda zikr qildik. Çunki bu mavzular oilaning içki yoki ma’naviy emas, balki moddiy-jismoniy masalalari bilan boğliq körindi.

Akrom MALIK

1 760marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ÖN IKKINÇI BOB

    OILADA TA’LlM VA ILM Ilm haqiqatlarni bizga anglatguvçi vositadir. Ilm bölmasa, ilm bilan maşğul bölmasak, har birimiz jaholat botqoğiga botamiz. Tasavvur qiling: har bir oila…

    5 daqiqaMumtoz oila

    ÖN BIRINÇI BOB

    OILADA TAOMLANIŞ, SALOMATLIK VA TOZALIK Salomatlik va poklik hamişa yonma-yon. Oilada poklik va salomatlikni saqlaş bir-biriga uzviy boğliqdir. Tabiiyki, salomatlikning yana bir…

    7 daqiqaMumtoz oila

    ÖNINÇI BOB

    OILA IQTISODI Har bir oila öz moliyasini özi hal qilişi kerak. Bu olamda halol mehnat orqali rizq topişdek halovat yöq. Rizq bilan boğliq ikki masalani hal qilib olişga zarurat…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.