Mumtoz oila
ÖN TÖRTINÇI BOB
ÖN TÖRTINÇI BOB
MEHMONGA BORIŞ VA MEHMONNAVOZLIK HAMDA QÖŞNIÇILIK
Bora-bora xalqimizning zehniyatidan mehmon va mezbon tuşunçasi çiqib ketyapti. Ayrim xudbinlar odamlarni mehmon qilma deb tarğibot ham qilmoqda. Lekin biz bunday xudbin va xoin, vatangado va kafangadolarning sözi bilan işimiz yöq. Ular fitna va fasod qilişda davom etaverişadi, biz esa mehmondorçilik va mehmonnavozlik mohiyati, uning adab-axloqi va urflaridan sözlaymiz. Çunki insonlarning bir-birlari uçun maxsus tayyorgarlik körib ovqat pişirişlari va bu ovqatlarni dasturxonga tortib, öşa insonlarni mehmonga çaqirişlari öta muhim amaliyotlardan bölib, uning ham ijtimoiy, ham ma’naviy ahamiyati beqiyosdir. Avvalo, bu odamlar örtasidagi hamjihatlik va ahillikni mustahkamlaydi. Bu mehr-oqibat, qalblarning yaqinligi asosi demakdir. Ikkinçidan, insonlarda jömardlik, saxovat va yaxşilik qiliş xislatlarini tarbiyalaydi. Bu xudbinlikdan qutqaradi. Odamlargina topgan taomlarini bölişib, jamlanib, şukur va oçiq yuz ila tanavvul qiladilar. Hayvonlar topgan ovqatini tagiga bosib, irillab, pala-partiş yamlamay yutadi. Qorni töygaç, undan qolgan sarqitga boşqa zaif hayvonlar kelişadi. Insonlar mehmonnavozlik sababli hayvondan farqlanadilar. Mehmonnavozlik bu köçada biror oşxona yoki restoranga bir guruh kişini çaqirib töydiriş emas, bu uyga çaqiriş va uyda tayyorlangan taomlar bilan ikrom qilmoqdir. Uşbu bobda mehmonga boriş va mehmonga çaqirişning odoblari haqida söz yuritamiz. Xalqimizda bir kun tuz yegan joyingga qirq kun salom ber, çaqirilmagan joyga borma, çaqirilgan joydan qolma, er tilagan joyda aziz degan maqollar bor. Şu va boşqa hikmatlardan kelib çiqib mehmonga borişning eng muhim qoidalarini keltiramiz: 1. Çaqirilgan joyga, albatta, boriş kerak. Borolmagan taqdirda bu haqda mezbonga uzr ayib qöyilişi lozim. 2. Çaqirilmagan joyga bormaslik darkor. Köpçilik aytilgan bölsa-yu, siz aytilmasangiz, buni töğri qabul qilgan holda mehmonga borilmaydi. 3. Har qanday xoh ziyorat uçun, xoh ziyofat uçun borar ekansiz, heç bölmasa, qölingizda ikkita non yoki bir hovuç quruq çoy bölişi tavsiya qilinadi. Agar imkoniyat bölsa, yaxşigina bozorlik kötarib oliş lozim, xalqda eşikni tepib oçiş degan ibora bor, ya’ni qöyni-qönji tölib kelgan odam qöli band bölgani sababli kelgani hovli yoki xonadon eşigini tepib oçişga majbur böladi. 4. Mezbon körsatgan joyga ötiriş, uy içiga köz taşlamaslik, dasturxonga qöyilgan noz-ne’matlardan olib ötiriş kerak. 5. Mezbonni malollantirmaslik uçun keç tuşmay ketişga izn söraş lozim. Agar mezbonning uyi tor va kiçik bölsa, yotib qoliş mumkin emas. Muhim nukta şuki, keliş ixtiyor bilan, ketiş ijozat bilan degan naql bor. Buning ma’nosi şuki, mehmonga borgan odam biroz ötmay qandaydir rejam bor, ketaman deb pitirlamagan ma’qul. Balki me’yordagi miqdorda ötiriş, söng odob bilan izn söraş lozim. 6. Ovqatlanarkan, dasturxonni toza tutiş, pista-bodomlarni çaqib yesa, pöstlarini tartibli qilib uyib qöyiş, taomdan söng kosa va idişlarni sunnatga muvofiq yoğlarini yalab, hatto çoy quyib içiş kerak.
Endi esa mehmonnavozlik adablarini bayon qilsak. 1. Mezbonni oçiq çehra bilan kutib olinadi, mehmon kelganda uyda bolalardan kimdir xato qilsa, heç kimga tanbeh berilmaydi. 2. Dasturxonga mehmonlar uçun eng sara ne’matlarni qöyiş lozim. Keyingi paytlarda özbek xalqining eng yaxşi narsalarni mehmon uçun, hatto bolalarning qöli yetmaydigan joyda saqlaşini tanqid qiluvçilar köpaygan. Aslida, bu mehmonning izzatidir. Bu boladan narsani qizğaniş emas, balki bolaga mehmonning qadr va qiymatini körsatiş hisoblanadi. Eng yaxşi narsani özi emas, balki boşqalarga iliniş haqidagi himmatning amaliy örnagidir bu. Xulosa şuki, mehmonga sara taomlar tayyorlaşda baxillik qiliş uyatdir. Mehmonning hurmati ham tökin dasturxon orqali izhor qilinadi. 3. Kutilmagan mehmon kelib qolsa, unga kutilgandan köra yaxşiroq izzat qilinadi. Toki u ogohlantirmay, çaqirilmagan holda kelganida xijolatda qolib ketmasin. 4. Mehmonning holati, kayfiyatiga qarab, uni uşlab qolmaslik kerak. Agar mezbon keçqurun kelgan bölsa, yotib qolişi uçun şaroit hozirlaş, ibodatlari uçun qulaylik yaratib beriş darkor. 5. Mehmon kelganda uyda dasturxonga qöyiş uçun narsalar bölmasa, ovqat uçun masalliq tugagan bölsa, qöşnidan qarz olib bölsa-da, mezbonlik şartlarini bajo keltiriş talab etiladi. Mehmonga dasturxon yozib, bir piyola çoy qöymaslik himmatga ziddir. Avval çoy qöyib, non uşatib, söng mezbonning muddaosiga quloq beriş töğri iş. 6. Mezbon ketarkan, qöliga kiçik bölsa-da, hadya beriş eski udumlardan sanaladi. Hadyaning afzali – pul. Mehmon musofir va biroz qöli kalta bölsa, yölkira qiladi. Yöqsa, daströmol yoki tasbeh, döppi yoki muşk va hokazo narsalarni hadya qilib, mehmonning duosini oliş lozim. 7. Eng asosiy qoidalardan biri – mehmonning uç kungaça mezbonda haqqi bor. Mezbon ketaman demasa, uç kungaça oğrinmay ikrom qilinadi. Nega kelding deyilmaydi. Törtinçi kun tongdan keyin oçiq şaklda sörovga ötiş mumkin. Şunday qilib, mehmondorçilik bilan boğliq masalalarni qisqaça mulohaza qildik, endi esa qöşniçilik haqlari haqida ham sözlaymiz. Bugun qöşnilar eski zamonning qöşnilari kabi emas. Burungi vaqtlarda qöşnilar qarindoşdan yaqin bölişgan. Hozir şaharlarda yon qöşnilar bir-birlarini tanimaydilar. Bir-birlariga xavotir va işonçsizlik bilan qaraş hissi ham bor. Qöşniçilikning bir qança odoblari bor. Xususan, ularning ayrimlariga töxtalib ötamiz: 1. Biror joydan hovli yoki uy olişdan avval qöni-qöşnilarni suriştiriş kerak. Yaxşi odamlar bilan qöşni bölgan yaxşi. Agar qarindoşingiz qöşningiz bölsa yoki qöşningiz qarindoş bölsa, nur ustiga nur. 2. Yangi köçib kelgan qöşnini darhol yöqlab çiqib, yordam taklif qiliş lozim: “Assalomu alaykum! Qöşni, men falonçiman, mana bu joyda yaşayman. Siz yangi kelibsiz. Tanişib olsak. Taşakkur. Sizga qanday yordam bera olaman? Biror yordam kerak bölsa, ikkilanmang!” Mabodo özingiz köçib borsangiz, joylaşib olgaç, qöşnilarning hammasining uyiga kirib birma-bir tanişib, ularga kiçik ehson ziyofati qilib beriladi. Bu orqali ular bilan yaqindan tanişiladi. Tabiiyki, yangi qöşni uyiga zarur narsalar yoki pul hadyasi bilan boriladi. Qöşni xuşxulq va insofli bölsa, Xudoning rahmati. Agar badfe’l va axloqsiz bölsa sabr qilinadi va yaxşi muomala bilan könglini oliş kerak. Heç qaçon qöşni haqida yomon gapirmaslik lozim. Yomon qöşni haqida sukut qilinadi. Qöşni töy qilsa, xizmatda turiladi, qöşni uyida aza bölsa, bel yelka tutiladi. Zarurat tuğilsa, qöşni uçun, qöşnining mehmonlari uçun öz uyingizdan xona ajratib ham berasiz. Qöşni nimadir sörab çiqsa, albatta, sörovini bajo qiliş kerak. Qöşni muhtojroq bölsa, doim yordam qölini uzatiş, agar siz boy bölsangiz, siz ham undan nimadir narsa sörab turişingiz lozim. Bu bilan sizga ham u kerakligini bildirasiz. Qöşni uyiga taom çiqariş eski udumlarimizdan. Buning uçun sabab bölişi şart emas. Lekin bayramlarda, albatta, qöşniga ham sovğa va oş çiqariş kerak. Maqsad – qöşni bilan ahil yaşamoqdir. Yaxşi qöşni bilan musibatlar yengil ötadi. Qöşni bilan qadriyatlaringiz teskari bölgan taqdirda, masofa saqlaysiz, lekin holidan xabar olib, yaxşilik qilaverasiz. Sir bermaysiz va yomonligi, xiyonati yetişidan ehtiyot bölasiz. Qöşni aldasa, keçiriş; qöşnini aldamaslik; yomonlik qilsa, sabr körsatiş; yaxşilikda bardavom böliş; qöşni bolalarini tarbiya qiliş uçun nazorat etiş kerak. Yaxşi qöşniçilik bilan odamzod juda köp musibat va balolardan qutuladi. Yaxşi qöşni ketganingizda uyingizga qorovullik qiladi; şa’ningizni himoyalaydi; oğir kuningizda qöllaydi. Qöşnisi bor odam yolğiz va baxtsiz bölmasligi kerak. Qöşni qöşniga xiyonat qilmasligi şart. Har bir oilaga yaxşi qöşnilar nasib qilsin va yaxşi qöşni böliş nasib etsin! Bu bobda mehmonlar va qöşnilar haqida gaplaşdik, bu ikki toifa ham kişilardan kenglik va mardlik talab qiladi, mehmon va qöşnini boşga kötariş insoniylikdandir.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.