Til

Hayot

Köpinça seskanib ketaman nogoh,

Köpinça seskanib ketaman nogoh,Butun vujudimda öynaydi titroq.Eşik taqillaydi, taqillar badxoh,Izlayman içimda yoqqani çiroq.Eşikning ortida turgan ul zotningHatto kimligini bilgim kelmaydi.Qança rangin bölsin, ammo hayotningTikanli boğida kulgim kelmaydi.Eşik ortidagi zotdan qörqaman,Olib ketmoq uçun kelgandek göyo.Oynada özimga özim boqaman,Qanday rangsizdirsan, ey kulrang dunyo!Qalbim yaralangan – oqadi qoni,Nafsim tubanlikdan söylar hikoya.Toşib xasta ruhning ohu fiğoni,Ba’zan safariga istar nihoya.Sevdim gözallarni xoru xas bölib,Hamma bir-bir ketgay, qalb – karvonsaroy.Içkari faryodga ketdiyu tölib,Ammo mehmonlarga bor hamişa joy.Kelib ketgan bisyor, ammo heç bir zotKörmas dard-alamning xom-aşyosini.Mezbon himmatlidir, sohibi sabot,Körsatmas heç kimga diydiyosini.Oyoq osti bölsa bu beçora kas,Har ötgan, albatta, ötsa tepkilab;Ehtimol, yaxşilik şu, ajab emas,Qadar undek qilsa har kuni elab.Mayli, oliftalar, mayli, uçganlar,Mayli, sir kaşfiga bermaganlar doş.Dunyoni erkalab, suyib quçganlar,Bir kun közingizni suğorsin közyoş.Çunki qaqrab qolgan közdan xayr yöq,U aslo yoritmas köngil xonasin.Sizga bir nuqtadan özga sayr yöq,Ammo yuragingiz bir kun qonasin.Şunda közingizga köringay hayot,Şunda eşitgaysiz eşikdan taq-taq.Ketişni istamay qilib ohu dod,Ammo qolgingiz ham kelmaydi mutlaq.Akrom MALIK

3 090marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.